YUNISEF Buxoro viloyatiga vaksinalarni saqlash uchun sovutish omborlarini topshirdi. Bir yil ichida O‘zbekistondagi yana to‘rtta omborxona foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi texnoparkka tashrifi paytida Qirg‘izistonga O‘zbekiston xalqi nomidan 20 ta tez yordam mashinasi sovg‘a qilinganligini e’lon qildi. Bunga javoban prezident Sadir Japarov sovg‘a uchun minnatdorchilik bildirdi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi muxtor vakili Omurbek Suvanaliyevning xabar berishicha, viloyatlarning chegara hududida o‘tish punktlari ochiladi. Avvaliga, chegara post xizmati piyodalar uchun, uch oy ichida esa — avtomobillar uchun ochiladi.
2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 892 mln dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga ko‘p.
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Toshkent shahridagi texnoparkka bordi. Davlat rahbarlari O‘zbekistonning sanoat, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Yakunda Qirg‘iziston xalqiga tez tibbiy yordam mashinalari sovg‘a qilindi.
Dam olish kunlari havo harorati keskin pasayishi va ba’zi hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Respublika hududlarida shamolning 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 23−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
2021 yil 15 martdan boshlab Turkiyaga kelishdan 72 soat oldin maxsus elektron so‘rovnomani to‘ldirish kerak bo‘ladi. Yo‘lovchilar to‘ldirilgan so‘rovnomani bosib chiqarishi yoki mobil qurilmaga yuklab olib, jo‘nash aeroportida aviakompaniya xodimiga taqdim etadilar.
Mingbuloq tumanida «G» MCHJ rahbari va boshqalar 1 mlrd so‘m imtiyozli kreditni talon-toroj qilgani aniqlangan. Ular soxta hujjatlarni tuzib, mablag‘larni naqdlashtirib olgani ma’lum bo‘lgan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining talon-toroj qilish va hujjatlarni qalbakilashtirishga oid moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi.
Senatning yalpi majlisida ichki ishlar vaziri hisobot berdi. Po‘lat Bobojonovning aytishicha, 2020-yilda ichki ishlar xodimlari 134 ta jinoyat sodir etgan. Shundan 27 tasi o‘lim bilan bog‘liq. Huquqbuzar qonun himoyachilariga ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazolar belgilanayotgani aytildi.
Davlat rahbari Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrifi chog‘ida mahallarga borib, aholi bilan muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni tinglagan edi. Senatning navbatdagi yalpi majlisida Tanzila Narbayeva ayni shu masalaga e’tibor qaratib, deputat va senatorlarni tanqid qildi. «Hududlardagi muammolarni nahotki deputatlar va senatorlar ko‘rmayapti», — dedi u.
1 apreldan 1 oktyabrgacha sement mahsulotlarini O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi. Bu mamlakatda qurilayotgan uy-joylar narxini arzonlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning ma’lum qilishicha, 150 ming kishi ochlik sabab o‘lim xavfi ostida, yana 16 million kishi oziq-ovqat tanqisligi muammosiga duch kelishi mumkin.
YUNESKO tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun 435 ming AQSH dollari ajratiladi. 2 yillik loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 150 maktab va 600 dan ortiq o‘qituvchilar jalb etiladi.
Endilikda ATTO kartalaridan tashqari «Uzcard» kartalari orqali jamoat transportlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.
Daniya, Norvegiya va Islandiya kabi mamlakatlar ehtiyotkorlik chorasi sifatida AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Avstriya, Italiya, Estoniya, Latviya, Litva va Lyuksemburg kabi mamlakatlar esa faqat bir partiya ichidagi vaksinalardan foydalanishni to‘xtatdi.
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 14 may va 31 dekabr kunini qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanishi mumkin. Bundan tashqari, 15 may, 21 iyul, 22 iyul kunlari barcha xodimlarga dam olish kunlari sifatida e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.
Kinorejissyor Bahrom Yoqubov 60 yoshida olamdan o‘tdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari suvdan foydalanish va energetika, chegaralarni delimitatsiya qilish, iqtisodiy hamkorlik va transport-logistika masalalarini muhokama qildilar. Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temir yo‘l loyihasini jadallashtirish muhimligini ta’kidladi, Sadir Japarov Sirdaryo havzasi resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomani yangilashni taklif qildi.
O‘zbekiston va Kirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya qilish masalalarini uch oy ichida hal etish belgilanmoqda, deya bayonot berdi Shavkat Mirziyoyev. “Odamlar [yechimini] kutayotgan ba’zi masalalarni biz yaqin kelajakda aniq hal etamiz. Byurokratiyasiz, fuqarolarimizga qulay va yaxshiroq bo‘lishi uchun jiddiy mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishga qaror qildik”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.
Xitoy Gonkong muxtoriyatini “bir mamlakat — ikki tizim” asosida saqlab qolgani, AQSHda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 1,9 trln dollarlik dastur qabul qilingani, Daniyada tromboz holatlari tufayli AstraZeneca vaksinasining qo‘llanishi to‘xtatilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting