Krantas Group va To‘ytepa metallokonstruksiyalar zavodi Toshkent viloyatida harbiy va maxsus texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Jumladan, yengil zirxli avtomobillar, avtotsisterna, traktorlar, yuk va axlat tashuvchi, qor tozalovchi va boshqa mashinalarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Prezidentga taqdimot qilingan loyiha 55 mln dollarga baholanmoqda.
O‘zbekiston elektr stansiyalaridagi «texnik muammolar» tufayli Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan energiya quvvati 450 MVtdan 300 MVtgacha tushib ketdi. Afg‘on OAVlari buning natijasida Qobulning katta qismida elektr taqchilligi yuzaga kelganini aytmoqda. Hozirda quvvat 400 MVtgacha tiklandi. Energetika vazirligi shartnomada kelishilgan quvvatning 85 foizi miqdorida yetkazilayotganini tasdiqladi.
Respublikada mavjud bolalar bog‘chasiga 2,7 mln bolaning qariyb 61 foizi qatnaydi. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 27,7 foiz bo‘lgan. Ular bilan esa jami 116 996 nafar pedagog shug‘ullanadi. Prezident 2023-yilda maktabgacha ta’lim qamrovini 75 foizga yetkazish topshirig‘ini bergan.
Markaziy bank islom moliyasi konsepsiyasini o‘z ichiga olgan nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Nobank tashkilotlarga ko‘proq xizmatlar ko‘rsatish huquqi beriladi.
Prezident raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatining 2020 yilgi sarhisobi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Oliy bosh qo‘mondon milliy harbiy san’at tarixini chuqur o‘rganib, qo‘shinlarning tayyorgarlik usul va uslublarini yanada takomillashtirish vazifasi qo‘ydi.
Davlat rahbarining hududlarning huquq ustuvorligi indeksini joriy etishga oid qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, indeksni aks ettiruvchi 32 ta indikator hamda 182 ta mezon belgilab berilmoqda. Indeksni aniqlash natijalari har yili 1-mayga qadar aniqlanadi va OAVda e’lon qilinadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha agentlik tashkil etish bo‘yicha taklifi kiritildi. Shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlarida salohiyatli ayollarni rahbarlik lavozimiga tayinlash buyicha kvotalash tartibi masalasi ham ko‘rib chikildi.
Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, muqaddam qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar tomonidan farzandlikka olishni taqiqlash tizimini ijtimoiy xavfliligiga qarab belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Turkiya politsiyasi tomonidan shubhali shaxslar bilan telefon orqali muloqotda bo‘lganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev qo‘yib yuborildi. Unga nisbatan ilgari surilgan barcha gumonlar tasdig‘ini topmadi.
Eski namudagi banktnotalar va tangalarni amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati 2022 yil 1 yanvar etib belgilandi.
«Barakali qorako‘l chorvador» fermer xo‘jaligi rahbari Jizzaxda qulab tushgan 6 qavatli uyning egasi ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi. «Qurilish qilolmayman, deb ko‘chmas mulkni sotganman. Men uni begonalashtirdim, keyin umuman aralashmadim», — dedi fermer.
Yetib olish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari va tibbiyot muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.
12 yoshida shaxmat tarixida ikkinchi eng yosh xalqaro grossmeysterga aylangan Javohir Sindorov shaxmatchilar federatsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, e’tiborsizlik tufayli ko‘plab shaxmatchilar boshqa davlat bayrog‘i ostida musobaqada qatnashishga majbur bo‘lgan. «Agar shu ketishda davom etsa men ham shaxmat federatsiyamni o‘zgartiraman», deydi yosh shaxmatchi «Daryo» nashriga bergan intervyusida.
IIV sobiq xodimasi Xurshida Djalilova 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emasligi xulosasi bilan ishdan bo‘shatilgan. Ombudsman Oliy sud ishga tiklash bo‘yicha ajrim chiqargan bo‘lsada, nima sababdan ijrosi ta’minlanmagani bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. Uning natijasida IIV sobiq xodimasi 8 yil o‘tib, lavozimiga qayta tiklanishiga erishildi.
Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In mamlakat O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini tuzishni tezlashtirishini ma’lum qildi.
Yangiyo‘l shahrida 12 yanvar kuni 06:00 dan 20:00 ga qadar suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilib, bir qancha hududlarda uzilishlar kuzatilishi ma’lum qilindi.
Moskva shahrida Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hukumat a’zolaridan iborat bo‘lgan ishchi guruhi tuzishga kelishildi.
31 martgacha Tashkent City bog‘iga pullik kirish tartibi saqlanib qolishi ma’lum qilindi. Yangi buyruqqa asosan, ushbu uzaytirish bog‘ faoliyatini saqlab turish xarajatlarini qoplashga qaratiladi.
Afsuski, farzand asrab olishga tayyor bo‘lgan oilalarga nisbatan oilaga muhtoj bolalar ko‘p. Ammo bu holat ijobiy tomonga o‘zgarishi mumkin. Asrab olingan bolalar mehribon ota-onalarini topgan ikki oilaning hikoyalari Nelli Karimova maqolasida.
Andijon viloyatida «Cobalt» va tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. YTH natijasida «Damas» haydovchisi vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting