Qon bosimi ko‘tarilganligi bois, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘z sog‘ligini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqdi.
Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi «Xonobod-Andijon» markaziy suv quvurining «Anjirzor» ko‘chasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi. Hozirda ta’mirlash va sozlash ishlari yakuniga yetkazilgan.
Lokomotiv parki oldidagi temir yo‘l kesishmasida shlagbaumni chetlab o‘tmoqchi bo‘lgan «Nexia» haydovchisi boshqa bir mashinaga borib urildi. Natijada «Lacetti» haydovchisi muvozanatni yo‘qotib, mashina yon tomoni bilan turib qoldi.
IIV TikTok platformasidagi videolar mualliflarini fuqarolarning osoyishtaligi va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish mayda bezorilik hisoblanishi va qamoq bilan jazolanishi haqida ogohlantirdi. Ota-onalarga murojaat qilib: «Farzandlaringizni nazorat qiling. Yoshligidan taltaytirib, keyin afsuslanib yurmang», deya qayd etdi.
Quyi palata deputati Doniyor G‘aniyev energiya inqirozi davrida uyini isita olmagan, farovon hayotini ta’minlashga imkoniyati bo‘lmagan odamlarga islohotlarning nima keragi bor, degan savolni o‘rtaga tashladi. U bunda aybdor rahbarlar iste’fosi eng maqbul yo‘l ekanini qayd etdi. «Aslida demokratik davlatlarda bunday inqirozlar ortidan rahbarlar o‘z ixtiyori bilan iste’fo beradi», — dedi deputat.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Forish» tog‘ poligoniga tashrif buyurib, uning yangilangan infratuzilmasi va Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi.
O‘zbekistonning ayrim hududlarida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari (suv hisoblagichi borlar uchun) narxlari 1,5−3 baravargacha oshirildi. Navoiy viloyatida eng yuqori tariflar qayd etilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Yoshlar forumi va prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida belgilangan tadbirlar uchun 41 trln so‘mga yaqin mablag‘ zarur bo‘lishi mumkin.
Xalqaro «Oskar» mukofotiga O‘zbekiston nomidan nomzod sifatida tanlangan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi vaqtida taqdim etilmagani uchun ishtirokchilar ro‘yxatidan olib tashlandi. Film prodyusseri uni O‘zbekiston «Oskar» qo‘mitasiga o‘z vaqtida topshirganini ma’lum qildi. «O‘zbekkino» matbuot kotibi film hali «Oskar»da ishtirok etish imkoniyati borligini ta’kidladi.
Poytaxtdagi Shayxontohur tumanida noqonuniy diniy ta’lm beruvchi xujra aniqlandi. Unda ta’lim olayotgan voyaga yetmagan bolalar o‘qlov bilan urilgan. Ota-onalar o‘z farzandlarining ta’limi uchun 150−200 dollar pul to‘lashgan.
2020 yilda iste’mol sektorida inflyatsiya 11,1 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 15,3 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 8,8 foiz va xizmatlar 7,1 foizga qimmatlashdi — batafsil ma’lumotlar.
Parlament saylovlarida Qozog‘istondagi hukmron partiya Nur Otan 71,09% saylovchilar ovozi bilan g‘olib bo‘ldi.
Shu kunga qadar Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Dilfuza Azizova Samarqand tumani hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Yangi koronavirus aniqlangan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR bilan aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiq muddati 1 fevralgacha uzaytirildi.
Haftaning o‘rtalarida havo harorati biroz pasayadi, Toshkent viloyati va mamlakat sharqidagi tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Juma kuni kunduzi havo +15 darajagacha isiydi.
O‘zbekistonda psixologiya fanini o‘rganishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, psixologiyaning o‘qituvchilarni tayyorlashdagi o‘rni va boshqa sohalarga ta’siri to‘g‘risida tibbiy psixolog Abdullajon Begmatov maqolasida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifini Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rish bilan boshladi. Davlat rahbari mutasaddilarga bugun dunyoda kuzatilayotgan xavf-xatarlardan kelib chiqib, jangovar tayyorgarlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish, xorij tajribasini o‘rganish, eng ilg‘or axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Dollarning rasmiy kursi 23 so‘mga qimmatladi va jami 10 473 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In mamlakatning barcha fuqarolari koronavirusga qarshi bepul emlanishini ma’lum qildi.
Jizzaxdagi ko‘p qavatli uy qulashining sabablarini o‘rganish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi. Unga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarlik qiladi. Binoni “Chorvador-Qorako‘l-Baraka” MCHJ qurgani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting