3 dekabr kuni qabul qilingan prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yilda 2−3 sentyabr kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi.
Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi. Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot tizimi kabi sohalarda mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashadi. O‘qitish yapon va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev koronavirus pandemiyasi davridagi so‘z erkinligining ahamiyati haqida so‘zladi. «So‘z erkinligi, matbuot erkinligi — demokratiyaning qon aylanish tizimidir, usiz bu tushunchalar faoliyat ko‘rsata olmaydi», — deya ta’kidladi u.
Koronavirusga chalinish holatlari kamaygani sababli COVID-19 bemorlarini davolashga ixtisoslashgan yana 3 ta shifoxona — Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha odatiy ish faoliyatiga qaytdi.
Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuniga bag‘ishlab «Gazeta.uz» YUNISEF tomonidan tayyorlangan oddiy maktabga boruvchi, tengdoshlari bilan oson do‘stlashuvchi va doimo kulib turuvchi Daun sindromi mavjud bo‘lgan 8 yoshli bola haqidagi hikoyani taqdim etadi.
Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Vahob Qahhorov Buxoro viloyatining Peshko‘ tumaniga, Jarqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ziyodulla Davlatov esa Surxondaryo viloyatining Sherobod tumaniga hokim etib tasdiqlandi.
Polshada oxirgi kun davomida 13 855 ta kasallanish holatlari aniqlanib, umumiy COVID-19 bilan kasallanganlar soni 1 milliondan oshdi. Avvalroq Germaniyada ham ushbu ko‘rsatkich milliondan oshgan edi. Hozirda dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 64,5 mln ga yetdi.
COVID-19 pandemiyasi deyarli butun dunyoda ish haqining pasayishiga yoki o‘sishining to‘xtashiga olib keldi, dedi XMT. Inqiroz, ayniqsa, ayollar va kam maoshli ishchilarning daromadlariga ta’sir ko‘rsatdi.
Qozog‘istonda haydovchilik guvohnomasi va transport vositasi bilan bog‘liq bo‘lgan xujjatlari yo‘qligi uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilish kutilmoqda. Barcha kerakli ma’lumot ma’lumotlar bazasidan tekshiriladi.
San’atillo Hikmatov Jondor tumani hokimi etib tasdiqlandi. U Buxoro viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Xayrullo Jo‘rayev Buxoro tumani hokimi etib tayinlandi. U hozirga qadar «G‘ijduvon» EIZ rahbari vazifasida faoliyat yuritgan.
Yaponiya parlamentining aholini bepul emlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgani, Shimoliy Koreya xakerlarining oltita farmatsevtika kompaniyasiga hujumi, dunyoda 40 milliondan ortiq odamning qullikda yashayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Putin kelasi hafta Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.Birinchi bo‘lib o‘qituvchilar va shifokorlar emlanishi kutilmoqda.
DTM milliy test tizimida onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qildi. Dekabr oyidan ona tili va adabiyot hamda matematika fanlari bo‘yicha testlarni topshirish mumkin bo‘ladi.
Xalq ta’limi vazirligi tizimida 11 oy ichida 69,9 mlrd so‘m ish haqidan o‘g‘rilik va ortiqcha to‘lovlar amalga oshirilganligi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, 220,8 mlrd so‘m miqdoridagi moliyaviy xato kamchiliklar aniqlangan.
O‘zbekistonning UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi etib Gayane Umerova tayinlandi. U hozirda Madaniyat vazirligi huzuridagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritadi.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston fuqarolari harakatlanayotgan avtomashina bilan YTH sodir bo‘ldi. Haloqat natijasida ikki nafar inson vafot etdi. Yana besh nafar fuqaro esa og‘ir ahvolda kasalxonalarga yotqizilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.
Bir kishiga kuniga 5600 so‘m miqdorida bo‘lgan kambag‘allik chegarasi qanday belgilangan va nega bu hisob-kitob mukammal emas? O‘zbekistonda kambag‘allik mezonlarini ishlab chiqishda qanday omillarni hisobga olish kerak? Bu haqda Jahon banki iqtisodchisi Uilyam Zeyts bilan suhbatda o‘qing.
2021 yil yanvardan mol-mulk va yer soliqlarini kadastr qiymati asosida hisoblash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Birinchi bosqichda mazkur tizim kvartira, yakka tartibdagi uy-joy va dala-hovlilar uchun qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting