Innovatsiyalar vazirligi rahbari Ibroxim Abdurahmonov Xitoy vaksinasi haqida gapirar ekan, hech kim O‘zbekiston aholisidan «tajriba quyonchalari» yasamoqchi emasligini aytdi. Unga ko‘ra, preparatni qo‘llashdan oldin hamma narsani tekshirish kerak, va ko‘ngillilar kecha-kunduz shifokorlar nazorati ostida bo‘lishadi.
Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitovaning fermerlarni soya rejasini bajarmagani uchun haqoratlagani aks etgan audio tarqaldi. Hokim yaqinda koronavirusdan davolanib chiqqani va stressda qattiqroq gapirib yuborganini aytdi. Viloyat hokimligi unga «ogohlantirish» berdi.
Chirchiq daryosida, shuningdek, Yangiyol va Zangiota tumanlarida COVID shifoxonalariga tegishli chiqindilar topilgan. Bu hukumat bayonnomasiga muvofiq, tibbiy chiqindilarni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniya ishi to‘xtatilganidan bir necha hafta o‘tib sodir bo‘lmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa mazkur ma’lumotlarni rad etib, shifoxonalar hududidan chiqindilar chiqmaganini aytmoqda.
Prezident farmoni bilan ToshTA huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti negizida ikki yillik majburiy o‘qitiladigan Harbiy-tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi go‘sht narxining o‘zgarishiga uchta omil ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, yem-xashak bazasining mavsumiy kamayishi, Qozog‘istondan qoramol importining qisqarishi, avgust oyida go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishi go‘sht narxining o‘sishiga olib kelgan.
O‘zbekistonda 2021 yil 1 martga qadar Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Tegishli prezident farmoni loyihasida o‘quv rejasini takomillashtirish, umumiy haftalik o‘quv yuklamasini kamaytirish va o‘zaro uzviy bog‘liq fanlarni birlashtirish ko‘zda tutilgan. OTMga kirish testlariga abituriyentlarning mantiqiy fikrlashi va talabalikka tayyor ekanini baholovchi kompetensiyaviy testlar kiritilishi mumkin.
Parkent tumanidagi bir qator dala hovlilar joylashgan posyolkalarning birida 20 oktabr kuni suv sisternasi yorildi. «Gazeta.uz» muxbiri jabrlangan aholi va tuman hokimiyati bilan suhbatlashib, sisterna kimga tegishli ekanligi, dala hovli egalarining hozirda qanday ehtiyojlari borligi va ular nimaga suyanishlari mumkinligini o‘rgandi.
Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha so‘nggi bir oy ichida tuzilgan ikkinchi tinchlik bitimi ham shu kunning o‘zidayoq buzildi. Soat 9:00 da Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Vashingtonda imzolangan yangi sulh kuchga kirgan edi. Bitim kuchga kirishi bilan Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli kuchlari yana hujum qilganini e’lon qildi. Ikki mamlakat bitimni buzishda bir-birini ayblamoqda.
Dollarning rasmiy kursi deyarli 12 so‘mga arzonladi va jami 10 359 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi. Yer osti silkinishlari kuchi Farg‘onada 4 ballni tashkil etdi.
Abdumannob Yo‘ldoshev O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Oldinroq harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi tasdiqlanmagan 1828 nafar abituriyentning 128 nafari davlat granti asosida, 478 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.
Seshanbadan havo sovuq bo‘lishi, mamlakat bo‘ylab shamol tezligining kuchayishi va havo haroratining +13 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Qanday qilib ta’lim tizimidagi poraxo‘r ajdahoni yengish mumkin? Tizim rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan kadrlarni yetishtirishni qanday to‘xtatsa bo‘ladi? Quyida faylasuf Valeriy Xanning fikrlari bilan tanishamiz.
Rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov amerikalik Jastin Geyji ustidan muddatidan oldin g‘alaba qozondi. Jangdan keyin u yig‘lab yubordi va bu uning MMAdagi so‘nggi jangi ekanligini aytdi.
O‘zbekistonlik sportchi Liliya Shakirovaning UFC aralash yakkakurash bo‘yicha eng yirik musobaqasidagi debyuti muvaffaqiyatsiz yakunlandi. U muddatidan oldin amerikalik Loren Myorfiga yutqazdi.
Shavkat Mirziyoyev orqada qolayotgan korxonalar faoliyatini tanqid qildi va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanmayotgan tarmoqlar va hududlar rahbarlari ishdan bo‘shatilishi va sudga tortilishi haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Korrupsiya bilan oldingi tizim ko‘plarga ma’qul. Bo‘lmaydi boshqa». Prezident, shuningdek, davlat korxonalari bilan O‘zbekiston o‘z maqsadlariga erisha olmaydi, deb hisoblaydi.
Zira.uz kuz mavsumi uchun iliq, to‘yimli va tayyorlash oson bo‘lgan yettita salat retseptini tanladi. Ular asosiy taomga ajoyib qo‘shimcha yoki garnir bo‘lishi mumkin.
O‘qituvchilarning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha oshiriladi. Sinf rahbarligi uchun to‘lovlar esa 1,5 baravarga oshiriladi. Shuningdek, metodistlarlarning ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.
Maktab bitiruvchilarning 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, bu — Prezident topshirig‘i va farmon loyihasida o‘z aksini topadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting