Eng sara kotletlar va ularga mazali garnirlarni Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.
O‘zbekistonda kun davomida 593 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 46,2 mingdan oshdi.
O‘zbekistonda yoshlar an’anaviy giyohvand moddalardan voz kechib, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar iste’moliga o‘tmoqda, deya ma’lum qildi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qariyb 5900 nafar giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi yoshlar ro‘yxatga olingan. Ularning katta qismi Andijon va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida.
“Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi tezkor va shiddatli bo‘lib, bor kuchi bilan ishlayotganini ko‘rish men uchun og‘ir. Erkaklar va amaldorlarga kelganda bu tizim ko‘pincha to‘xtab qoladi”, — dedi Saida Mirziyoyeva. U o‘g‘il farzandli bo‘lgani va ismi Shavkatjon ekanini ma’lum qildi.
11 sentyabrdan Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar rasman tiklandi. Air Astana aviakompaniyasining Olmaota — Toshkent — Olmaota reysi samolyoti Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Toshkent shahri tarkibida Yangihayot, Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanlarini tashkil etish to‘g‘risidagi Oliy Majlis Senati qarorlari tasdiqlandi.
Bosh prokuratura mashhur xonandaning voyaga yetmagan qizni zo‘rlab, nomusiga tekkani haqidagi xabar bo‘yicha bayonot berdi. Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limining jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinib, qo‘shimcha tekshiruv harakatlarini olib borish belgilandi.
Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 291-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartishni ma’qulladi. Unga ko‘ra, qonun kuchga kirgach, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilar transport vositalarini boshqarganda ularning avtotransport vositalarini ushlab turish tartibi bekor qilinadi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilmoqda. Ularning 100 mingdan ortig‘i 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, endilikda nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’lim olish, davolanish va boshqa masalalarda qator imtiyozlarga ega bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda. Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 27−32 daraja atrofida bo‘ladi.
20 avgust kuni rossiyalik muxolifatchi, korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi asoschisi Aleksey Navalniy og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan edi. 22 avgust kuni koma holatida bo‘lgan siyosatchi Berlindagi «Sharite» klinikasiga olib kelindi. Keyinchalik esa siyosatchining «Novichok» deb nomlanuvchi modda bilan zaharlangani aniqlandi. Hozirda siyosatchi o‘ziga kelgan. Voqealar rivoji — «Gazeta.uz» nigohida.
Sentyabr oyining boshidan beri Qashqadaryodagi Talimarjon suv ombori hududida har kuni 2000 dan ortiq torg‘oq qushlarini kuzatish mumkin. Ular — butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan dunyodagi eng noyob qushlardandir. O‘zbekiston Qushlarni muhofaza qilish jamiyati mavsumiy qushlar qo‘riqxonasini yaratish zarurligini ta’kidlamoqda.
Senat «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonunni ma’qulladi. Parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Narbayeva mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan jihatlarga urg‘u berdi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha delegatsiyalar rahbarlarini Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabul qildi.
Hukumat komissiyasi yaponiyalik arxitektor Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan San’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish loyihasi konsepsiyasini tasdiqladi. Muzeyga ajratilgan qo‘shimcha hududda yangi ko‘rgazma galereyasi quriladi. Mavjud binoning tomida esa yangi va eski binolarni ulash uchun xizmat qiluvchi oraliq joy — yashil terrasa barpo etiladi.
Bolalar ta’lim tashkilotlarini ochish jarayoni 14 sentyabrdan boshlanadi. Birinchi navbatda katta va tayyorlov guruhlari, oktyabrda — o‘rta, noyabrda — kichik guruhlar ochiladi.
O‘zbekistonning 10 ta hududida 248 kishida koronavirus tasdiqlanib, umumiy ko‘rsatkich 46 mingtaga yaqinlashdi. Eng ko‘p yangi holatlar Toshkent shahri (147 ta), Samarqand viloyati (47 ta), Andijon (14 ta) va Namangan (12 ta) viloyatlarida qayd etildi.
O‘zbekistonda ketma-ket to‘rtinchi kundirki koronavirus holatlari sonida ortish kuzatilmoqda. 10 sentyabr kuni yangi aniqlangan COVID-19 holatlari 749 tani tashkil etdi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni esa 45679 nafarga yetdi.
Eri tomonidan ayovsiz kaltaklanib, «pampers» yedirilgan samarqandlik ayolga viloyat hokimligi tomonidan ikki xonali uy ajratiladi. Shuningdek, ayol salomatligini tiklab olganidan so‘ng ishga joylashtiriladi.
Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodida AQSHning CNHI kompaniyasi bilan birgalikda TZST CE-220 paxta terish mashinasi — transformer ishlab chiqarilmoqda. Mazkur mashinadan chigit qadashdan tortib, hosilni yiqqunga qadar dala ishlarida foydalanish mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting