Ayrim tumanlarda qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta uchun 200 so‘mdan ustama haq to‘lanadi. Avvalroq qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda — 1000 so‘mdan, ikkinchi terimda — 1400 so‘mdan mehnat haqi to‘lash belgilangani xabar qilingan edi.
Iyul oyi bo‘yicha o‘lim holatlari soni so‘nggi to‘rt yilga nisbatan O‘zbekistonda 26,4%ga, Toshkentda deyarli 166%ga, Toshkent viloyatida 43,8%ga, Navoiy viloyatida 51,7%ga o‘sdi. «Gazeta.uz» so‘nggi besh yil ichida yanvar oyidan iyul oyigacha bo‘lgan o‘lim darajasi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rgandi va koronavirus pandemiyasi davrida raqamlar qanday o‘zgarganligini tahlil qilib chiqdi.
Andijon viloyati Asaka tumani hokimi Inomjon Mamadaliyev egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. Uning o‘rniga Andijon viloyati Jalaquduq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Mansurbek Alixanov tayinlandi. Shuningdek, Sarvarbek Sultonov Sirdaryo viloyati Shirin shahri hokimi bo‘ldi.
Chorak asrda dunyoning birorta ham mamlakati xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha Pekin deklaratsiyasini to‘liq bajarishga yaqinlashmadi, deya ta’kidladi BMT. Dunyoda hukumat vakillari va rahbarlarining faqatgina 25 foizini ayollar, qolgan 75 foizini erkaklar tashkil etmoqda.
«Maktablar ochilishi bo‘yicha qarorni faqatgina Mahalliy Kengash deputatlari maktablarning haqiqiy tayyorligi, hududdagi sanitariya-epidemiologik holat va sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatidan kelib chiqib qabul qiladi», — ta’kidladi Sherzod Shermatov. Uning xabar berishicha, maktab ochilishidan avval uni xavfsiz va zarur vositalar bilan ta’minlanganligiga ishonch hosil qilingach, Kengash ushbu maktab faoliyatini boshlashi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
O‘zbekistonda import qilinayotgan tayyor elektromaishiy texnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi.
Rossiya OAVlariga bergan intervyusida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi vaziyat, Telegram-kanallar, uning qurol bilan ko‘rinish bergani va Mariya Kolesnikovaning hibsga olinishi haqida gapirib o‘tdi.
2020 yilning 8 oyi davomida respublika hududida 3596 ta YTH sodir etilib, ularning 991 tasi o‘lim bilan yakunlandi. 2605 kishi jarohatlandi.
O‘zbekistonda 139 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda COVID-19 dan tuzalganlar ulushi 94 foizni va davolanayotganlar soni 2297 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
8 sentyabr kuni O‘zbekistonda 443 ta koronavirus holati aniqlandi. Bir kun avval ushbu ko‘rsatkich 312 tani tashkil etgan edi.
«O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko 42 yoshida vafot etdi. Uning koronavirusga chalingani ma’lum qilindi.
Samarqandda eri tomonidan vahshiylarcha kaltaklanib, «pampers» yedirilgan ayol bilan bog‘liq holat Senat nazoratiga olingani xabar qilindi. Jabrlanuvchi esa zo‘ravonga nisbatan Jinoyat kodeksining 103 (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) va 110- moddalari (qiynash) bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini so‘ramoqda.
O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha sentyabr oyiga belgilangan charter reyslar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi. Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi.
Prezident qarori bilan «O‘zbekoziqovqatxolding» tugatilmoqda. Xoldingni o‘tgan yilning boshida tugatish rejalashtirilgan edi.
Rossiyaning «Sputnik V» koronavirusga qarshi vaksinasining birinchi partiyasi fuqarolar muomalasiga chiqardi. Xabar berilishicha, yaqin orada aholini emlash tadbirlari boshlanadi. Bundan oldin, ko‘plab farmkompaniyalar Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligini ushbu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishga shoshmaslikka chaqirayotgan edi.
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev olamdan o‘tdi. Unga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan edi. Oldinroq, tuman hokim o‘rinbosari Mansur Rahmonov vafot etgan edi.
Xalqaro armiya o‘yinlarida qatnashgan 30 mamlakat orasida O‘zbekiston harbiylari uchinchi o‘rinni egallashdi. Mamlakat terma jamoasi 3 ta musobaqada g‘olib chiqdi va yana 11 ta musobaqada sovrinli o‘rinlarni egalladi.
8 sentyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi binosida besh nafar sobiq IIB xodimiga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud boshlandi. Sudlanuvchilar yanvar oyida chorva mollari o‘g‘irligida gumon qilinayotgan fuqaro Yu. A. ni qattiq kaltaklab, uning o‘limiga sababchi bo‘lganlikda ayblanmoqda.
Aktyor Mixail Yefremov Moskvada o‘lim bilan yakunlangan YTHda aybdor deb topilib, 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, u uch yil davomida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi.
Davergeodezkadastr qo‘mitasi negizida Kadastr agentligi tashkil etildi. Qo‘mitaning qishloq xo‘jaligi yerlari sohasidagi vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkaziladi. Yangi agentlik Davlat soliq qo‘mitasi huzurida bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting