O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionatidagi yurishini muxlislar kutganidan erta yakunladi. Jamoa mundialning guruh bosqichi 3-turida Kosta-Rikaga 3:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Dastlabki ikki turda o‘zbekistonliklar atigi 1 ochko to‘plagan edi.
Xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Ular BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarimaga tortilishi yoki 15 sutkaga qamalishi mumkin.
Senat bolaga nisbatan maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Qonun bilan, shuningdek, maishiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv arizasini surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasida berish tartibi joriy qilinmoqda.
Budapeshtda o‘tayotgan musobaqaning 9-turida erkak shaxmatchilarimiz Hindiston bilan, qizlar jamoasi esa Serbiya bilan durang o‘ynadi. Tur yakunlari bo‘yicha yigitlar jamoasi 3-o‘rin, qizlar esa 27-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston futzal bo‘yicha o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Kosta-Rikaga qarshi dramatik uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. Jamoa guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Senatda tasdiqlangan bir qator qonunlar, 5 ta davlat elchisidan ishonch yorliqlarini olgan prezident, ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha mablag‘ ajratgan USAID, navbatdagi olimpiadaga tayyorlanish bo‘yicha rejalar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Toshkent shahri, 10 ta viloyat va Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan umumiy summasi 12 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlarini aniqladi.
Prezident sport sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi. Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida yengil atletika va suv sporti kabi yo‘nalishlarda natijalarni yaxshilash, Olimpiya shaharchasida xokkey majmuasi qurish, mahallalarda seleksiya ishlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
USAID Rivojlanish maqsadlari bo‘yicha grant shartnomasi doirasida O‘zbekistonga yana 6,1 mln dollar ajratdi. Umumiy summa 47 mln dollardan oshdi. Mablag‘lar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ko‘nikmalarini oshirish, 8−11-sinflarda yoshlarga tadbirkorlik va iqtisodiy ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun sarflanadi.
Qirg‘iziston parlamenti a’zolari huquq-tartibot idoralari xodimlarining ishini aks ettiruvchi surat va videolarni “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jarima yoki 7 sutkagacha qamoq ko‘rinishidagi jazo choralarini taklif qilmoqda.
Senatorlar aldov orqali pul ishlashga urinayotgan “soxta trenerlar va lektorlar"ga qarshi kurashish maqsadida ma’rifiy faoliyatni tartibga soluvchi qonunni ma’qulladi. Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs ma’rifiy faoliyati uchun jarimaga tortiladi.
Lenovo kompaniyasi ICTWEEK sammitda turli sohalar uchun gibrid sun’iy intellekt (SI) bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etdi.
Senatorlar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar 48 soat ichida YHXXga yuborilishi (va organ 15 kun ichida jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilishi) kerak bo‘lgan, aks holda haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilmaydigan tuzatishlarni ma’qulladi.
Shaxmat Olimpiadasining 8-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiyani yutib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Uchrashuvda natija durang bo‘lishi, jamoa medal olish imkoniyatini yo‘qotishi taxmin qilinayotgan paytda Nodirbek Abdusattorov g‘alabani tortib oldi. Endi ular favorit jamoa — Hindiston bilan to‘qnash keladi.
O‘zbekiston va uning xalqi sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmaydi. Bunday odamlar ro‘yxati yuritiladi. Agar bunday shaxslar O‘zbekiston hududida bo‘lsa, chiqarib yuboriladi.
Isroil armiyasi Livandagi “Hizbulloh” obyektlariga eng yirik havo hujumlaridan birini amalga oshirdi. BMT Xavfsizlik kengashi vaziyatni muhokama qilish uchun shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi.
Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar orasida inklyuzivlik ta’minlanmoqda. Ular orasida turli millat vakillari va nogironligi bo‘lgan shaxslar ham bor.
Shavkat Mirziyoyev Hindiston, Koreya Respublikasi, Mo‘g‘uliston, Germaniya, Isroil va Yevropa Ittifoqi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
BYD kompaniyasining ma’lum qilishicha, BYD Central Asia O‘zbekistondagi yagona rasmiy distribyutor bo‘lib, u mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan avtomobillarni to‘liq kafolat bilan taklif qiladi.
Skuter va samokatda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda. Yuk mashinalari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun jarima joriy etilmoqda. YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting