Arxiv

Farg‘onadagi atrraksion buzilishi natijasida bir ayol vafot etdi
4 yanvar 2020, 14:01

Farg‘onadagi atrraksion buzilishi natijasida bir ayol vafot etdi

Farg‘ona shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida Booster Max attraksioni buzilishi natijasida bir ayol vafot etdi. Inshoot 2019 yil dekabr oyida o‘rnatilgan.

Abdufatto Nuritdinovning kassatsiya tartibida berilgan shikoyati rad qilindi
4 yanvar 2020, 13:55

Abdufatto Nuritdinovning kassatsiya tartibida berilgan shikoyati rad qilindi

Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov)ga nisbatan 2019 yil 30 dekabrdagi tayinlangan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi o‘zgartirishsiz qoldirildi.

Mingbuloq hokimi aholidan kechirim so‘radi, prokuratura qonuniy chora ko‘radigan bo‘ldi
4 yanvar 2020, 13:19 1

Mingbuloq hokimi aholidan kechirim so‘radi, prokuratura qonuniy chora ko‘radigan bo‘ldi

Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyev feremerlar topshiriqni vaqtida bajarmagani uchun ularni haqoratlaganini tan oldi. Bu holat boshqa takrorlanmasligini bildirdi.

Transport kartalari sotuvga chiqarildi
4 yanvar 2020, 13:08

Transport kartalari sotuvga chiqarildi

Yanvar oyidan poytaxt jamoat transportlari — avtobus hamda metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etila boshlandi.

O‘zbekiston hududiga kiradigan tovar va transportlar bo‘yicha bojxona tartibi o‘zgaradi
4 yanvar 2020, 12:24

O‘zbekiston hududiga kiradigan tovar va transportlar bo‘yicha bojxona tartibi o‘zgaradi

«O‘zbekiston bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini takomillashtirish to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qo‘lbola pirotexnika vositasi portlashi oqibatida maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
3 yanvar 2020, 19:02

Qo‘lbola pirotexnika vositasi portlashi oqibatida maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida bir necha yoshlar tayyorlagan qo‘lbola pirotexnika vositasi portlashi oqibatida maktab o‘quvchisi hayotdan ko‘z yumdi.

Abdufatto Nuritdinov ishi ochiq sud majlisida qayta ko‘rib chiqiladi
3 yanvar 2020, 18:10

Abdufatto Nuritdinov ishi ochiq sud majlisida qayta ko‘rib chiqiladi

Andijonlik bloger Abdufatto Nuritdinovga oid ma’muriy ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tadi.

Komil Allamjonov Abdufatto Nuritdinovning qamalishiga izoh berdi
3 yanvar 2020, 17:06

Komil Allamjonov Abdufatto Nuritdinovning qamalishiga izoh berdi

AOKA rahbari Komil Allamjonov andijonlik bloger Abdufatto Nuritdinovning qamoqqa olinganiga izoh berar ekan, tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum etish normasini tezroq bekor qilish zarurligini ta’kidladi.

Osloda bir yil ichida birorta ham piyoda halok bo‘lmadi
3 yanvar 2020, 16:30

Osloda bir yil ichida birorta ham piyoda halok bo‘lmadi

So‘nggi bir yil ichida Norvegiya poytaxti Oslo yo‘llarida birorta ham piyoda yoki velosipedchi halok bo‘lmadi, o‘lim bilan yakunlangan birgina holat qayd etildi va unda haydovchi vafot etdi.

«Zoyir Mirzayev qo‘ylarni so‘yishga topshiriq bermagan» — Qashqadaryo hokimiyati
3 yanvar 2020, 16:13

«Zoyir Mirzayev qo‘ylarni so‘yishga topshiriq bermagan» — Qashqadaryo hokimiyati

Qashqadaryo hokimiyati bug‘doy dalasini payhon qilgan qo‘ylar hokim v. b. topshirig‘i bilan so‘yilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Zoyir Mirzayev bunday topshiriqni bermagan, deya ma’lum qildi ma’muriyat.

Dam olish kunlari ob-havo bulutli bo‘ladi
3 yanvar 2020, 15:47

Dam olish kunlari ob-havo bulutli bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda bulutli ob-havo saqlanib qoladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Shifokorlar va dorixonalar o‘rtasidagi «kelishuvlar»ga taqiq qo‘yiladi
3 yanvar 2020, 14:15

Shifokorlar va dorixonalar o‘rtasidagi «kelishuvlar»ga taqiq qo‘yiladi

Shifokorlarning farmatsevtika tashkilotlari va dorixonalardan moliyaviy mukofot va rag‘bat olishiga taqiq qo‘yiladi. Retsept yozish talablarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etiladi.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amalga kiritildi
3 yanvar 2020, 13:40

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amalga kiritildi

1 yanvardan soliq imtiyozlari faqat Soliq kodeksi bilan taqdim etiladi. Ayrim soliqlar bo‘yicha imtiyozlar faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.

Toshkentda asosiy archa yaqinida dronlar shousi takroran o‘tkaziladi
2 yanvar 2020, 16:55

Toshkentda asosiy archa yaqinida dronlar shousi takroran o‘tkaziladi

Bugun, 2 yanvar kuni 19:30 dan so‘ng Toshkentda Hyatt mehmonxonasi va Milliy kutubxona yaqinida dronlar shousi o‘tkaziladi.

“Farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” instituti joriy etiladi
2 yanvar 2020, 14:57

“Farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” instituti joriy etiladi

2020-yil 1-iyuldan boshlab “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” instituti joriy etiladi.

Maktablarning 10−11-sinflarida fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitiladi
2 yanvar 2020, 10:08

Maktablarning 10−11-sinflarida fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitiladi

O‘quvchilarning o‘zlari qiziqqan fanlarni chuqur o‘rganishiga sharoit yaratish maqsadida maktablarning 10−11-sinflarida fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitiladi.

Maykl Pompeo tashrifi kechiktirildi
1 yanvar 2020, 23:44

Maykl Pompeo tashrifi kechiktirildi

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi hamda «C5+1» formatidagi vazirlar uchrashuvi kechiktirildi.

1 yanvar kuni 1111 nafar bola dunyoga keldi
1 yanvar 2020, 23:37

1 yanvar kuni 1111 nafar bola dunyoga keldi

O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kuni 18 soat ichida 1111 nafar bola dunyoga keldi.

«Keng ko‘lamli islohotlarimizni faol davom ettiramiz» — prezident
1 yanvar 2020, 01:10

«Keng ko‘lamli islohotlarimizni faol davom ettiramiz» — prezident

Biz milliy yuksalishning muhim bosqichiga qadam qo‘ymoqdamiz. 2020 yilda ham iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarimizni faol davom ettiramiz, dedi prezident Yangi yil tabrigida.

Shavkat Mirziyoyev yil yakunlarini sarhisob qildi
31 dekabr 2019, 20:10

Shavkat Mirziyoyev yil yakunlarini sarhisob qildi

Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning oxirgi ish kunida parlament palatalari rahbarlari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan uchrashib, yil yakunlarini sarhisob qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting