Futzal bo‘yicha mundialning ikkinchi kuni O‘zbekistonning ikki qo‘shnisi o‘z yurishini boshladi: Afg‘oniston Angola ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Qozog‘iston o‘z darvozabonining sanoqsiz seyvlari evaziga bir ochkolik bo‘ldi. Dushanba kuni yana bir qo‘shni mamlakat — Tojikiston ilk o‘yinini o‘tkazadi.
Germaniya kanslerining Samarqandga tashrifi doirasida 10 ga yaqin ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Ular orasida migratsiya, o‘ta muhim minerallar, transport, iqlim o‘zgarishi va boshqa sohalarda hamkorlik bitimlari bor.
Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida vodorod sulfid sizib chiqqan quduqda so‘ndirish jarayoni yakunlandi. Jarayonga Rossiya va AQShdan mutaxassislar jalb qilindi. Eriell oqibatlarni bartaraf etish davomida jamoatchilikka hech qanday xavf bo‘lmaganini ta’kidladi.
Prezident va Germaniya kansleri muzokaralar o‘tkazdi. Unda tomonlar migratsiya bitimini imzoladi. Qolaversa, Boshqaruv kadrlarini tayyorlash qo‘shma maktabi ishga tushirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev Lufthansa aviakompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
Samarqand shahrida Germaniya federal kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Foto.
Germaniya kansleri Olaf Shols yakshanba kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Samarqand shahri aeroportida uni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Registon maydonida esa prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Yakkasaroy tumanidagi Pushkin haykali o‘rnatilgan xiyobonda zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etiladi. 2,5 gektardan iborat mazkur hududdagi haykal, favvora va barcha daraxtlar saqlab qolinadi. Shuningdek, Shota Rustaveli ko‘chasining 1,8 km qismi 24/7 rejimidagi gastronomik ko‘chaga aylantirilmoqda.
O‘zbekistonda 14-sentabr kuni futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati start oldi. Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston futzalchilari Niderlandiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf ushbu o‘yin lahzalarini kadrlarga muhrladi.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning to‘rtinchi turida Vetnam terma jamoasidan ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ayollar jamoasi yuqori baholangan Bolgariya termasini mag‘lub etib, g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda.
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi. Marhumaning 10 ga yaqin she’riy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa, 2011-yilda yozilgan “O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin” she’ri mashhur.
“Tashabbusli budjet”ning 2024-yildagi 2-mavsumida yuqori ovoz to‘plab, yuta olmagan yana 177 ta tashabbus g‘olib loyihalar ro‘yxatiga qo‘shildi (shu vaqtgacha 1772 ta loyiha g‘olib bo‘lgandi). Ularni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
O‘zbekiston tarixda ilk bor FIFA musobaqasiga mezbonlik qilmoqda — 14-sentabrda Toshkent va Buxoroda futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatining dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston 1-turda Niderlandiya bilan durang o‘ynadi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi. Foto, video.
15−16-sentabr kunlari Germaniya kansleri Olaf Shols rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Uning mamlakatga ilk tashrifi davomida Samarqandda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev va kansler ishtirokida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy ishlab chiqaruvchisi va distribyutori ADM Global 12-sentabr kuni yangi Tiggo 8 Pro Max, Tiggo 7 Pro va Arrizo 6 Pro avtomobillari taqdimotini tashkil qildi.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning uchinchi turida Xorvatiya terma jamoasini mag‘lub etdi. Ayollar terma jamoasi raqiblari reytingi yuqori bo‘lishiga qaramay, musobaqa mezboni Vengriya ustidan g‘alaba qozondi.
Hamkorbank bankning transformatsiyasi va uning zamonaviy moliyaviy yechimlarga intilishini aks ettiruvchi yangi logotipni taqdim etdi.
Isroil Adxamov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi. U mazkur tizimga kiritilgan yangi lavozimda kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishiga mas’ul bo‘ladi.
DXX chegara qo‘shinlari xizmatchilari Rossiya, Tojikiston va Qirg‘iziston mamlakatlaridan O‘zbekistonga olib kelingan giyohvand moddalarni to‘xtatib qoldi. Mazkur holatlarda qo‘lga olingan gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasida mahbuslarga yetarli sharoitlar yaratilmagan, deya ombudsman monitoring natijalarini e’lon qildi. Kameralarda qator jihozlar yetishmaydi, choyshab va yostiq jildlari ham monitoring kuni almashtirilgan, yuvinish xonalari gigiyenaga javob bermaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting