Arxiv

Dollarning rasmiy kursi arzonlashdi
18 may 2020, 12:15

Dollarning rasmiy kursi arzonlashdi

Dollarning rasmiy kurli 7,6 so‘mga arzonlashdi va 10129 so‘m etib belgilandi. Xorijiy valyutalar kursi o‘tgan hafta ko‘tarilgan edi.

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga 1,2 mln rubl yordam puli tarqatildi
18 may 2020, 12:06

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga 1,2 mln rubl yordam puli tarqatildi

Rossiyada bo‘lib turgan birinchi 202 nafar o‘zbekistonlikka 1,2 mln rubllik yordam puli tarqatildi.

Afg‘onistonda siyosiy inqirozga barham berildi
18 may 2020, 10:39

Afg‘onistonda siyosiy inqirozga barham berildi

Afg‘onistonda siyosiy inqirozga prezident Ashraf G‘ani va uning siyosiy raqibi Abdulloh Abdulloh kelishuvi bilan barham berildi. Unga ko‘ra, Ashraf G‘ani prezident maqomini saqlab qoladi va Abdulloh Abdulloh esa Afg‘oniston Oliy milliy yarashuv kengashi raisi bo‘ladi. Shuningdek, sobiq vitse-prezident general Abdulrashid Do‘stumga marshal unvoni berilishi kelishilgan.

Koronavirus bemorlari soni 2762 nafarga yetdi
18 may 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 2762 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 9 nafarga ortib, jami 2762 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 494 kishi davolanmoqda. Ayni paytda 49 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 502 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

Kuchli shamol Xorazmda tomlarni uchirib yubordi
17 may 2020, 22:59

Kuchli shamol Xorazmda tomlarni uchirib yubordi

Kuchli shamol Xorazmda tashkilotlar va uylarning tomlarini uchirib yubordi. Daraxtlar va elektr tarmoqlariga ham zarar yetdi.

Yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi
17 may 2020, 15:24

Yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor yurak qon -tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Marhum xalqaro yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan.

Koronavirus holatlari 2738 taga yetdi — kunlik statistika
16 may 2020, 23:57

Koronavirus holatlari 2738 taga yetdi — kunlik statistika

O‘zbekistonda kun davomida 52 ta yangi COVID-19 holati qayd etilib, jami holatlar soni 2738 taga yetdi.

To‘g‘on o‘pirilganda Qozog‘istonga suv yetib bormasligi aytilgani tasdiqlandi
16 may 2020, 18:56

To‘g‘on o‘pirilganda Qozog‘istonga suv yetib bormasligi aytilgani tasdiqlandi

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov 1 may kuni Sardoba suv omborida to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida Qozog‘iston so‘roviga javoban suv omborida tezroq suv yopiladi va suv xavfsiz yo‘naltiriladi deb aytilganini “Gazeta.uz"ga tasdiqladi.

Koronavirus bemorlari soni 2700 nafardan oshdi
16 may 2020, 17:07

Koronavirus bemorlari soni 2700 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni yana 28 nafarga ortib, jami 2719 kishini tashkil etmoqda. Kun davomida aniqlangan COVID-19 holatlari 33 taga yetdi.

Italiya 3 iyundan chegaralarni ochadi
16 may 2020, 16:49

Italiya 3 iyundan chegaralarni ochadi

Italiya hukumati 3 iyundan boshlab mamlakatning bir viloyatidan ikkinchisiga o‘tishga ruxsat beradi. Shu bilan birga, 18 may kunidan bitta viloyat ichida sayohat cheklovlari bekor qilinadi. Mahalliy hokimlarga ijtimoiy masofalanish tadbirini amalga oshirib bo‘lmaydigan hududlarni vaqtincha yopib ko‘yish vakolati beriladi.

Prokuratura: Sardoba suv ombori bo‘yicha 4 ta asosiy tergov taxmini mavjud
16 may 2020, 15:31

Prokuratura: Sardoba suv ombori bo‘yicha 4 ta asosiy tergov taxmini mavjud

Prokuratura Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi yuzasidan olib borilayotgan jinoiy ish bo‘yicha 4 ta asosiy tergov taxminini tekshirmoqda. Ular — loyihalashdagi xatoliklar, qurilish me’yorlariga rioya etmaslik, ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar va tabiiy ofat taxminlari. Jami 170 nafardan ziyod kishi so‘roq qilindi.

Sirdaryodagi suv toshqinida halok bo‘lganlar soni 6 nafarni tashkil etmoqda
16 may 2020, 14:23

Sirdaryodagi suv toshqinida halok bo‘lganlar soni 6 nafarni tashkil etmoqda

Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinidan eng kamida 6 kishi qurbon bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan.

Sirdaryoda toshqin oqibatlarini bartaraf etishga 1,5 trln so‘m ajratiladi
16 may 2020, 14:08

Sirdaryoda toshqin oqibatlarini bartaraf etishga 1,5 trln so‘m ajratiladi

Sirdaryo viloyatidagi suv toshqinida ko‘rilgan zararlar hisoblab chiqilmoqda. Jumladan, 4351 ta xonadon, 19,593 ming ga ekin maydonlari zarar ko‘rgan, 31,7 ming boshdan ziyod uy hayvonlari yo‘qolgan. Ushbu talafot oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat byudjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratiladi.

To‘g‘onning loyihaviy konstruksiyasi tuproq va toshli bo‘lgani ma’lum qilindi
16 may 2020, 13:52

To‘g‘onning loyihaviy konstruksiyasi tuproq va toshli bo‘lgani ma’lum qilindi

Sardoba suv ombori to‘g‘oni loyihaviy konstruksiyasidan kelib chiqqan holda tuproq va toshli bo‘lgan. Beton va armatura esa faqatgina suv chiqish joyida qo‘llanilgan — suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari.

Koronavirus bemorlari soni 2691 nafarga yetdi
16 may 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 2691 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 5 nafarga ortib, jami 2691 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 522 kishi davolanmoqda, ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 474 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

COVID-19: kunlik holat
16 may 2020, 03:09

COVID-19: kunlik holat

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2686 taga, sog‘ayganlar esa 2158 nafarga yetdi — kunlik asosiy o‘zgarishlar.

Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi 16 maydan ochiladi
16 may 2020, 02:28

Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi 16 maydan ochiladi

Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi 16 maydan ochiladi. Biroq bolalar maydonchasi, kinoteatr va umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopiqligicha qoladi.

Koronavirus holatlari 30 taga ko‘paydi
15 may 2020, 19:09

Koronavirus holatlari 30 taga ko‘paydi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari 30 taga oshib, jami 2682 taga yetdi. Yangi COVID-19 holatlarining 5 tasi xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar, 3 tasi Qozog‘iston, 2 tasi Rossiyadan kelganlar orasida qayd etildi.

Markaziy bank ilk bor turmush darajasi haqida tahliliy ma’lumot berdi
15 may 2020, 19:05

Markaziy bank ilk bor turmush darajasi haqida tahliliy ma’lumot berdi

Markaziy bank aholi o‘rtasida xarajatlar va daromadlar bo‘yicha so‘rov o‘tkazib, ularga inflyatsiyaning ta’sirini o‘rgandi. Kam daromadli aholi xarajatlarining katta qismi oziq-ovqat, kam qismi ta’lim va transport kabi xizmatlarga sarflangan. Shuningdek, 2019 yilda aholining 38,7 foizi oyiga 2−4 mln so‘m daromadga ega bo‘lgan — to‘liq hisobot va takliflar.

Rossiya TIV rasmiy vakilining O‘zbekistonda davlat tili haqidagi fikrlariga munosabat bildirildi
15 may 2020, 17:49 1

Rossiya TIV rasmiy vakilining O‘zbekistonda davlat tili haqidagi fikrlariga munosabat bildirildi

“O‘zbekiston rasmiy davlat tiliga ega suveren mamlakat. Qolganlar ham shu suverenlikni hurmat qilishi shart”, — Rasul Kusherbayev. Deputatlar Rasul Kusherbayev, Akmal Burxonov va boshqalar davlat tilida ish yuritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi yuzasidan Rossiya TIV rasmiy vakilining fikrlariga munosabat bildirishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting