Arxiv

Twitter xodimlari bir umr uydan turib ishlashlari mumkin
13 may 2020, 13:15

Twitter xodimlari bir umr uydan turib ishlashlari mumkin

Twitter xodimlari koronavirus sababli o‘rnatilgan karantin cheklovlari olib tashlangandan keyin ham uyda qolib ishlashlari mumkin.

Tojikistonga Damas negizidagi tez yordam avtomobillari yuborildi
13 may 2020, 13:11

Tojikistonga Damas negizidagi tez yordam avtomobillari yuborildi

O‘zbekiston Tojikistonga koronavirus pandemiyasi davrida bemorlarga yordam ko‘rsatish uchun Damas negizidagi tez yordam avtomobillari partiyasini taqdim etdi.

Traktor tirkamalarining zovurga qulashi oqibatida uch kishi qurbon bo‘ldi
13 may 2020, 12:54

Traktor tirkamalarining zovurga qulashi oqibatida uch kishi qurbon bo‘ldi

Buxoro viloyatida traktor tirkamalarining ag‘darilib ketishi oqibatida vafot etgan ayollar soni uch nafarga yetdi.

Navoiy viloyati hokimining yangi o‘rinbosari tayinlandi
13 may 2020, 12:49

Navoiy viloyati hokimining yangi o‘rinbosari tayinlandi

Dushanov Yashin Ravshanovich Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Uxan shahri aholisi 10 kun ichida koronavirusga qayta tekshiriladi
13 may 2020, 12:08

Uxan shahri aholisi 10 kun ichida koronavirusga qayta tekshiriladi

Xitoyning Uxan shahrida koronovirus bemorlari aniqlanganligi sababli, shahar ma’muriyati Uxanning barcha 11 mln aholisini koronavirus infeksiyasiga qayta tekshirishga buyurdi. Tahlillarni 10 kun ichida o‘tkazish rejalashtirilgan.

ID-kartalarga chip o‘rnatiladi
13 may 2020, 11:46

ID-kartalarga chip o‘rnatiladi

Fuqarolarni identifikatsiyalash ID-kartasiga ma’lumotlarni saqlovchi elektron qurilma, chip o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda ID-kartalar to‘g‘risidagi nizom loyihasida keltirilgan. Loyihaga ko‘ra, ID-kartalar hujjatlar qabul qilinganidan so‘ng uch ish kunida beriladi.

2025 yilgacha qator banklarda davlat ulushi xususiylashtiriladi
13 may 2020, 11:06

2025 yilgacha qator banklarda davlat ulushi xususiylashtiriladi

Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda 2020−2025 yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025 yilgacha bir qator banklarda davlat ulushi xususiylashtiriladi va tijorat banklarini transformatsiya qilish hamda bank ishining zamonaviy standartlarini bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi.

Zarafshonda sel sababli 300 kishi evakuatsiya qilindi
13 may 2020, 10:50

Zarafshonda sel sababli 300 kishi evakuatsiya qilindi

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yog‘ingarchilik sababli sel kelgan. Uning oqibatida 4 xonadon qisman zarar ko‘rgan, 300 nafar fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Koronavirus bemorlari soni 2568 nafarga yetdi
13 may 2020, 10:20

Koronavirus bemorlari soni 2568 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 21 nafarga ortib, jami 2568 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 518 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Yangi kasallanganlarning 15 nafari xorijdan kelganlar va 6 nafari karantin tadbirlariga qamrab olinganlar bo‘lgan.

Qurilishda 74 mlrd so‘mlik o‘g‘rilik aniqlandi — bosh prokuror
12 may 2020, 23:42

Qurilishda 74 mlrd so‘mlik o‘g‘rilik aniqlandi — bosh prokuror

2019 yilda qurilish sohasida 74 mlrd so‘m, qishloq xo‘jaligida esa qariyb 90 mlrd so‘mlik o‘g‘riliklar aniqlandi, deya ma’lum qildi bosh prokuror.

Koronavirus: kunlik o‘sish, sog‘ayganlar va karantin
12 may 2020, 23:16

Koronavirus: kunlik o‘sish, sog‘ayganlar va karantin

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2547 taga, sog‘ayganlar 2040 nafarga yetdi. Samarqandda 13 maydan karantin qoidalari kuchaytiriladi, 9 ta shahardan charter reyslar tashkil etiladi — COVID-19 bo‘yicha kunning muhim yangiliklari.

Uchta tumanda mansabdor shaxslar 564 mln so‘mlik pul va mol-mulklarni talon-taroj qildi
12 may 2020, 22:53

Uchta tumanda mansabdor shaxslar 564 mln so‘mlik pul va mol-mulklarni talon-taroj qildi

Qo‘ng‘irotda 390,6 mln, Ellikqal’ada 59,6 mln, Toshkent tumanida 113,8 mln so‘mlik pul va mol-mulklar mansabdor shaxslar tomonidan talon-taroj qilingani aniqlandi. Barcha holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Bosh prokuror — tizimni nopok va nomunosib xodimlardan tozalash to‘g‘risida
12 may 2020, 21:50

Bosh prokuror — tizimni nopok va nomunosib xodimlardan tozalash to‘g‘risida

Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev tizim nopok va nomunosib xodimlardan tozalanayogani haqida ma’lum qildi. 2019 yilda prokuratura organlaridan qariyb 400 nafar korrupsiyaga moyil va xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan xodimlar ishdan bo‘shatilgan.

Senat propiska tizimiga kiritiladigan o‘zgartishlarni ma’qulladi
12 may 2020, 20:43

Senat propiska tizimiga kiritiladigan o‘zgartishlarni ma’qulladi

Senatorlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar toifasiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi — asosiy o‘zgarishlar.

2020−2021 yilgi qabul testlari faqat 2 ta mutaxassislik fanidan o‘tkaziladi
12 may 2020, 19:01

2020−2021 yilgi qabul testlari faqat 2 ta mutaxassislik fanidan o‘tkaziladi

2020−2021 o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Qabul jarayoni abituriyentlar uydan chiqmagan holda tashkil etilishi kutilmoqda. Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda har bir abituriyent uchun kamida 3 kv.m joy ajratiladi, ularda niqob, qo‘lqop bilan testda ishtirok etishi ta’minlanadi.

Xorijdagi fuqarolarni qaytarish bo‘yicha charter reyslar jadvali e’lon qilindi
12 may 2020, 18:23 1

Xorijdagi fuqarolarni qaytarish bo‘yicha charter reyslar jadvali e’lon qilindi

13 maydan 24 mayga qadar O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar tashkillashtiriladi. Mamlakatga qaytarilganlar 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

BMT bosh kotibi O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqiga hamdardlik bildirdi
12 may 2020, 18:00

BMT bosh kotibi O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqiga hamdardlik bildirdi

BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish O‘zbekiston prezidentiga yo‘llagan maktubida suv toshqinidan jabrlangan O‘zbekiston xalqi va qo‘shni Qozog‘iston xalqiga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, Gutterish global miqyosda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha u e’lon qilgan da’vatni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi koronavirusga chalindi
12 may 2020, 17:38

Rossiya prezidentining matbuot kotibi koronavirusga chalindi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovda koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

NASA Sardobadagi suv toshqini oqibatlarining fotosuratlarini e’lon qildi
12 may 2020, 17:08

NASA Sardobadagi suv toshqini oqibatlarining fotosuratlarini e’lon qildi

NASA O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlarining Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishidan oldingi va keyingi holatlarning sun’iy yo‘ldoshdan olingan rasmlarini e’lon qildi.

Alisher Usmonov Qozog‘istonga ajratgan pullar xalqqa tarqatilmoqda
12 may 2020, 17:03

Alisher Usmonov Qozog‘istonga ajratgan pullar xalqqa tarqatilmoqda

Alisher Usmonov jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 5 mln dollar suv toshqini natijasida evakuatsiya qilingan Turkiston viloyati Maqtaaral tumanidagi 30 mingdan ortiq kishiga bo‘lib beriladi. Evakuatsiya qilingan 5202 ta oilaning hujjatlari to‘liq to‘plangandan so‘ng, ularga belgilangan 422 ming tenge (1000 AQSH dollari) beriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting