Prezident qaroriga binoan, eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi. Shuningdek, ularning qarzdorligi mavjudligini tekshirish amaliyoti 2021 yil 1 yanvarga qadar bekor qilinadi.
AQSH hukumati Sardoba suv ombori o‘pirilishining oqibatlarini bartaraf etish uchun 100 ming dollar ajratadi. Ushbu mablag‘ suv ombori o‘pirilishi natijasida o‘z uylaridan ko‘chirilgan muhtoj oilalarga oziq-ovqat va boshqa zarur vositalarni tarqatish uchun O‘zbekistonga mazkur inqirozdan qutulish va qayta tiklanishda yordam berishga yo‘naltiriladi.
Surxondaryo viloyatida 73 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Captiva traktor bilan to‘qnashdi. Traktorda o‘tirgan (yo‘lovchi) 13 yoshli o‘smir jarohat olib, keyinroq shifoxonada vafot etdi.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 10 taga ko‘payib, jami 2324 taga yetdi.
Akmal Mirzayev O‘zbekiston transport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Pavel Durov IT-tadbirkorlar uchun AQSH eng yaxshi joy deb hisoblamasligini ma’lum qildi. Telegram asoschisi buning 7 ta sababini sanadi. Durov bu masaladagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishga Yuriy Dudning Kremniy (Silikon) vodiysidagi hayot va ish tarzi to‘g‘risidagi filmi turtki bo‘lganini aytib o‘tdi.
Bir guruh o‘zbekistonlik shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishga ko‘maklashish maqsadida Tojikistonga jo‘nab ketdi.
Yanvar-martda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni 12 foizga kamayib, 1,2 mln kishini tashkil etdi. Ularning aksariyati (87,9 foizi) qarindoshlarining ziyoratiga, 9,3 foizi esa sayohat uchun tashrif buyurdi.
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1721 kishiga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 583 nafarni tashkil etmoqda.
Prezident qaroriga ko‘ra, Matematika fanini bilish darajasi bo‘yicha imtiyoz beriladigan darajadagi Milliy sertifikatga ega abituriyent davlat OTMga kirishda matematika fani bo‘yicha testdan ozod qilinadi. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi.
Toshkent shahrida G‘alaba bog‘ining qurilishi nihoyasiga yetdi. Oldinroq prezident Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan ushbu bog‘ni barpo etish bo‘yicha tashabbus bilan chiqqan edi.
Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish maqsadida har bir tumanda matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi. Shuningdek, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilib, uning sovrindorlariga 50 ming dollar beriladi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini islohotlar qo‘mitasi rahbari etib tayinladi. Oldinroq Saakashvilining nomzodi bosh vazir o‘rinbosarligiga ko‘rsatilgan edi.
Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 2314 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 648 kishi davolanmoqda, ulardan 9 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni vaqtda mamlakat bo‘ylab 371 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazildi.
“Hozircha niqobni yechish mumkin emas. Biz ushbu sharoitlarda ishlash va yashashni o‘rganishimiz kerak”. Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyodagi pandemiya rivojini hisobga olgan holda karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishi zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin choralari sharoitida yashash va ishlashni o‘rganish zarur.
Karantin munosabati bilan O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda faxriylarni ziyorat qilish taqiqlandi. Bayramni oila davrasida nishonlash tavsiya qilindi.
Alisher Usmonov O‘zbekistonga Sirdaryo viloyatidagi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam uchun 10 mln dollar taqdim etdi.
O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan holatlar soni 2298 taga yetdi. Kun davomida 65 ta yangi holat qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Rossiya, Turkiya, BAA va boshqa davlatlarda qiyin vaziyatda qolib ketgan 11 ming fuqaroni qaytarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Prezident Surxondaryoda 55 mingta, Andijonda 41 mingta, Navoiy viloyatida 14 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish lozimligini ta’kidladi. Buning uchun qo‘shimcha turtki berilishi kerak bo‘lgan uchta yo‘nalish ko‘rsatib o‘tildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting