Janubiy Koreya yuborgan insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasi Toshkentga yetib keldi. Yuk tarkibidan qariyb 192 ming dollarlik tibbiy vositalar o‘rin oldi.
13 maydan butun mamlakat bo‘ylab momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati +18…+23 darajagacha tushadi, bu — may oyi uchun o‘rtacha ko‘rsatkichlardan past.
Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tomorqadan oqilona foydalanish bo‘yicha tuzatishlar kiritishni ko‘zda tutgan qonunni rad etdi. Senatorlar fikricha, qonundagi noaniq tushunchalar korrupsiyaga olib kelishi mumkin.
Senat ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekistonning YeOII bilan kuzatuvchi davlat sifatida hamkorligini ma’qulladi. 100 senatordan 91 nafari ovoz berishda ishtirok etdi. Ulardan 71 nafari qarorni ma’qulladi, 16 kishi «qarshi», 4 kishi betaraf bo‘ldi.
Senatorlar “Salomatlik” ordeni (ikki darajadan iborat) va “Sog‘lom turmush” medalini ta’sis etishni ma’qulladi. Ular sog‘liqni saqlash va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shganlarga taqdim etiladi.
Avvalroq karantin choralarini yumshatgan Janubiy Koreya, Xitoy va Germaniyada koronavirus bilan kasallanish holatlari soni oshgani qayd etildi. Dunyo bo‘yicha COVID-19 holatlari soni 4 milliondan oshdi.
AQSHda ishsizlik darajasi 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya” davridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetmoqda — 14,7 foiz. Donald Trampning ikki yuqori darajali iqtisodiy maslahatchilari AQSHda koronavirus pandemiyasi davom etavergan holda ishsizlik darajasi ko‘tarilashi va iyun oyida ishsizlik ko‘rsatgichi 20 foizgacha yuqorilashi mumkinligini ma’lum qilishdi.
2020−2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Britaniya menejment universiteti faoliyat olib boradi. Ta’lim ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Universitetda loyihalarni boshqarish, tadbirkorlik va innovatsiyalar hamda raqamli iqtisodiyot kabi ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi.
Namangan viloyatida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1897 kishiga yetdi.
“Qanotchi” restoranining faoliyati davom etayotganligi haqidagi ma’lumotlarga Toshkent shahar IIBB o‘z munosabatini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, restoran umumiy ovqatlanish joylarining sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya qilgan holda ishlash imkoniyatini o‘rganish maqsadida sinov tariqasida ochilgan.
Ikki haftadan beri arzonlashayotgan AQSH dollari yana o‘sishni boshladi. Markaziy bank xorijiy valyutalarning 12 maydan yangi kursini e’lon qildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari rahbari Maqtaaral tumani Mirzakent posyolkasida yangi mikrorayon qurilishini boshlab berdi. Bosh vazirlar ilk turar joylar poydevorlarini qo‘yish marosimida qatnashdi.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2349 taga, sog‘aygan bemorlar 1804 nafarga yetdi.
Farg‘ona vodiysida qayd etilgan zilzilaning o‘chog‘i Xitoyda joylashgani xabar qilindi.
Arxiv ma’lumotlarining ochilishi va boshqa davlatlar bilan hamkorlik O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish imkonini berdi. Prezidentning ma’lum qilishicha, frontga qariyb 2 million o‘zbekistonlik safarbar qilingan, 538 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, 158 mingdan ziyodi bedarak yo‘qolgan.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2325 taga yetdi (+1). Kun davomida rekord darajada sog‘ayish qayd etildi — 119 nafar.
Tarmoqda Farg‘ona viloyatidagi qishloqda internet sifati pastligi sababli uy tomida o‘tirib onlayn dars berayotgan o‘qituvchi videosi tarqaldi. XTV o‘qituvchiga minnatdorchilik bildirdi, AKT vazirligi esa vaziyat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Sirdaryo viloyatida evakuatsiya ishlari vaqtida suv oqizib ketgan uch nafar Milliy gvardiya xodimidan biri sog‘ holda topildi, yana biri bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi soniyasiga 28 metrgacha kuchayishi mumkin.
Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan toshqin suvlari 10 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari (23 ta aholi punktlari) hududlaridagi 4 711ta turar va 277 ta noturar joy ob’ektlariga hamda 30 718 ga ekin maydonlariga zarar yetkazgan. Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun 2500 dan ortiq texnika jalb etilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting