Samarqand viloyatida surunkali yomg‘ir oqibatlarini bartaraf etish ishlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda FVVning maxsus texnikalari jalb qilingan. Yog‘ingarchilik natijasida fuqarolar o‘rtasida jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yuqori darajadagi mutaxassislari texnik yordam ko‘rsatish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishadi.
O‘zgidromet 1−2 may kunlari O‘zbekiston hududida kuchli shamol esib, yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov nima sababdan karantindagilar soni o‘zgarmayotganiga izoh berdi. “Har kuni davlatimizga xorijdan 500−600 fuqaro kirib kelyapti. Ularning barchasi karantinga joylashtirilmoqda”, — dedi u.
Buxoro viloyatidagi kuchli shamolga qizigan issiq va sovuq siklon fronti to‘qnashuvi sabab bo‘ldi. Sinoptiklarning qayd etishicha, xavfli ob-havo hodisalarini oldindan bilish qiyin, ayniqsa katta tezlikda rivojlanadigan lokal hodisalarni prognozlash juda murakkab hisoblanadi. Mutaxassislar pandemiya davrida ma’lumotlar yetishmasligi yuzaga kelganini ham eslatib o‘tdi.
Bekobod tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida soy o‘zanidan toshdi. Hodisadan jarohatlangan yo‘qligi ma’lum qilindi. Kuchli shamol va yomg‘ir Bekobod shahrida ham kichik talofatlarga sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonda barcha mehnat jamoalarida maslahat kengashlari tuziladi. Mazkur kengashlar mehnat jamoalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratilishini ta’minlaydi.
Karantin choralarining yumshatilishi taksi xizmatlariga ham taalluqli. Bunda, ular karantin tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda va kunning ma’lum vaqtlarida yo‘lovchilarni tashishlari mumkin.
Jizzax viloyatida haydovchisi rulda uxlab qolgan Matiz ag‘darilib ketdi. Ikki kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi.
Koronavirus bemorlari soni 15 nafarga ortib, jami 2017 kishini tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2000 talik chegaradan oshdi.
30 aprel soat 06:00 dan boshlab ayrim karantin choralari yumshatilmoqda. Fuqarolar 07:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00dan 20:00 ga qadar shaxsiy va xizmat yengil avtotransportlaridan foydalanishlari mumkin. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi tadbirkorlar barcha turdagi yengil avtotransport vositalarida hududlararo harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Toshkent shahridan bo‘lgan 61 yoshli koronavirus bemori o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda vafot etgan koronavirus bemorlari soni 9 kishiga yetdi.
Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar, TDYUUda esa Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlarga viloyatlar va tumanlar o‘rtasida harakatlanishga ruxsat berishni topshirdi. IIV ularning avtomobillarini postlarda kutib olib, yarmarka va savdo nuqtalariga qadar kuzatib boradi. Prezident vaziyat yaxshilanishi bilan 10 maydan so‘ng karantin bosqichma-bosqich yumshatilishini ma’lum qildi.
Tojikistonda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar ruscha qo‘shimchalarsiz beriladi. Taqiq milliy ozchiliklari vakillari va rus familiyasiga ega bo‘lganlarga ta’sir qilmaydi.
Fuqarolarga shaxsiy avtomobillaridan ertalab 7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha foydalanishga ruxsat beriladi. Ota-onalarga farzandlari bilan o‘z uy atrofida sayr qilishlariga ham ruxsat beriladi.
Uzbekistan Airways xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar uchun yo‘lovchilar chiptasini sotishni 30 iyunga qadar to‘xtatdi. Aviachipta egalari bir marotaba uchish sanasini bepul tarzda ko‘chirishlari mumkin bo‘ladi. Yuk tashuvchi va pochta aviaqatnovlari faoliyati esa davom etadi.
Ichki ishlar vazirligi karantinga oid savollarga javob qaytardi. Xususan, hunarmandchilik, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish faoliyatlarini yuritayotgan tadbirkorlar shaxsiy transport vositasini xaydashga ruxsatnoma olish imkoniyati, avtomaktablarda onlayn dars joriy etish masalasi va boshqa savollarga javob berildi.
3 oy davomida respublika bo‘yicha jami 87 ta jinoyat ishi bo‘yicha 115 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning eng ko‘pi — 50 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting