Arxiv

Yana bir koronavirus bemori vafot etdi
3 may 2020, 16:15

Yana bir koronavirus bemori vafot etdi

Namanganda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 10 nafarga yetdi.

Koronavirus holatlari soni 2136 taga yetdi
3 may 2020, 15:35

Koronavirus holatlari soni 2136 taga yetdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2136 taga yetdi.

Koronavirus: yangi holatlar — 27 taga, sog‘ayganlar — 59 kishiga oshdi
2 may 2020, 19:41

Koronavirus: yangi holatlar — 27 taga, sog‘ayganlar — 59 kishiga oshdi

2 aprel kuni O‘zbekistonda jami 27 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi. 59 kishi sog‘ayib, tuzalganlar soni 1271 nafarga yetdi.

Prezident Sardoba suv ombori to‘g‘onini tiklash jarayonini ko‘zdan kechirdi (foto)
2 may 2020, 18:30

Prezident Sardoba suv ombori to‘g‘onini tiklash jarayonini ko‘zdan kechirdi (foto)

Sirdaryo viloyatida bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onini tiklash jarayonini ko‘zdan kechirib, dambani mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Sardoba tumanida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda
2 may 2020, 17:29

Sardoba tumanida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda

Sardoba suv ombori yaqinlarida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Daraxt, tom va balandliklarga chiqib olgan 20 dan ortiq kishi qutqarildi. Jabrlanganlar uchun chodirli lager qurilmoqda.

Xususiy notariuslar ish boshladi
2 may 2020, 15:24

Xususiy notariuslar ish boshladi

2010-yilda Islom Karimov farmoni bilan taqiqlangan xususiy notariuslar yana ish boshladi. Birinchi bo‘lib Qo‘qonda xususiy notarius tomonidan pensiya olish uchun ishonchnoma rasmiylashtirildi.

Qozog‘iston senati raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolati tugatildi
2 may 2020, 13:50

Qozog‘iston senati raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolati tugatildi

Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev mamlakat senati spikeri Darig‘a Nazarboyevaning vakolatlarini tugatdi. U ushbu lavozimda 2019 yil mart oyidan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sardoba suv ombori sababli Qozog‘istonda ham aholi evakuatsiya qilindi
2 may 2020, 13:43

Sardoba suv ombori sababli Qozog‘istonda ham aholi evakuatsiya qilindi

Sardoba suv omboridan suv chiqishi natijasida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumanida aholi punktlarida suv toshdi, ularning aholisi evakuatsiya qilindi.

Sirdaryodagi suv toshqini: 70 ming kishi evakuatsiya qilingan, 56 kishi jarohatlangan
2 may 2020, 01:47

Sirdaryodagi suv toshqini: 70 ming kishi evakuatsiya qilingan, 56 kishi jarohatlangan

Sardoba suv ombori hududi atrofida istiqomat qiluvchi 70 ming aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Suv toshqinlaridan 56 kishi jarohatlangan. Suv ombori devorining qo‘porilgan joyida ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Taksilarga yo‘lovchi tashish uchun ruxsat berilmadi — YHXBB
2 may 2020, 00:54 1

Taksilarga yo‘lovchi tashish uchun ruxsat berilmadi — YHXBB

Taksilarga hozircha yo‘lovchi tashishga ruxsat berilgani yo‘q, deya xabar bermoqda IIV YHXBB. Ular hozircha faqat yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanishlari mumkin xolos.

Koronavirus holatlari soni 2086 taga yetdi
1 may 2020, 23:52

Koronavirus holatlari soni 2086 taga yetdi

Bir kunda O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 47 taga ko‘payib, 2086 taga yetdi.

Zominda opa-ukani sel oqizib ketdi
1 may 2020, 21:47

Zominda opa-ukani sel oqizib ketdi

Zominda oziq-ovqat do‘koniga chiqqan opa-ukani sel oqizib ketdi. Har ikkisi ham hayotdan ko‘z yumdi.

YHQ buzilgani to‘g‘risidagi bayonnomalar elektron tarzda to‘ldiriladi
1 may 2020, 20:05

YHQ buzilgani to‘g‘risidagi bayonnomalar elektron tarzda to‘ldiriladi

Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari qoidabuzarliklar bo‘yicha bayonnomalarni elektron tarzda rasmiylashtirishi tartibi joriy etiladi. Buning uchun ular planshetlar bilan ta’minlanadi.

Koronavirus aniqlangan homilador ayol farzandli bo‘ldi
1 may 2020, 19:51

Koronavirus aniqlangan homilador ayol farzandli bo‘ldi

10 aprel kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan homilador ayol 1 may kuni poytaxtdagi 3-son tug‘ruq kompleksida farzandini dunyoga keltirdi.

Ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi
1 may 2020, 19:44 21

Ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi

Aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari, shu jumladan bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi. Shaharlarda 2 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun dastlabki badalning 10 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Uzcard onlayn-omonatlar uchun yana to‘lov olishni boshladi
1 may 2020, 19:37

Uzcard onlayn-omonatlar uchun yana to‘lov olishni boshladi

Uzcard onlayn-omonatlar bo‘yicha banklardan 0.25 foiz miqdorida to‘lov olishni boshladi. Ushbu xizmatni ommalashtirish maqsadida 2018 yil sentyabr oyidan to‘lov olish to‘xtatilgan edi, lekin ba’zilar ushbu imtiyozdan soliq to‘lashni chetlab o‘tish maqsadida foydalanishmoqda, deya ta’kidladi Uzcard rahbari.

“Sharoit yaxshi bo‘lmaguncha, birorta rahbar, men bosh, birortamiz hech qayerga qimirlamaymiz” — Shavkat Mirziyoyev Oqoltin aholisiga
1 may 2020, 19:06

“Sharoit yaxshi bo‘lmaguncha, birorta rahbar, men bosh, birortamiz hech qayerga qimirlamaymiz” — Shavkat Mirziyoyev Oqoltin aholisiga

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboridan suv chiqishidan aziyat chekkan Oqoltin tumani aholisi bilan uchrashuvda sharoit yaxshi bo‘lmaguncha o‘zi va boshqa rahbarlarning hech qayerga ketmasligini ma’lum qildi. Davlat rahbari qurilishlar boshlanishi, sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi.

1-maydan nimalar o‘zgaradi?
1 may 2020, 18:20

1-maydan nimalar o‘zgaradi?

Ai-80 benzini narxining erkinlashtirilishi, shifoxonalarda ochilayotgan tabobat xonalari, bolalar bog‘chasi to‘lovining yangi miqdorlari, Bo‘stonliqda dachalar uchun yangi soliq va boshqalar — 1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Sardoba suv ombori hududida yashovchi aholi Yangiyer shahriga evakuatsiya qilindi
1 may 2020, 18:08

Sardoba suv ombori hududida yashovchi aholi Yangiyer shahriga evakuatsiya qilindi

Sardoba suv ombori hududida yashovchi aholining bir qismi Yangiyer shahriga evakuatsiya qilindi. Ular shahardagi kollej va universitet yotoqxonalariga joylashtirildi. Tadbirkorlar hamda Guliston tuman hokimligi tomonidan shaxsiy himoya vositalari va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat homiylik yordami keltirilgan. Hozirda suv omboridan suv chiqish to‘xtagan.

Xorijiy huquqni o‘rganish markazlarining yuridik ta’limni rivojlantirishga ta’siri bormi?
1 may 2020, 18:00

Xorijiy huquqni o‘rganish markazlarining yuridik ta’limni rivojlantirishga ta’siri bormi?

TDYUda tashkil etiladigan Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetining asosiy vazifalari, huquqiy tadqiqot markazlarining yuridik sohada kadrlar tayyorlashdagi muhim o‘rni — yuridik fanlar doktori Dildora Umarxanova “Gazeta.uz” uchun ushbu masalalarga aniqlik kiritdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting