Dunyo bo‘ylab koronavirus aniqlangan bemorlar soni jami 3 mlndan oshdi. AQSHda hozirgi paytga kelib ushbu infeksiya aniqlangan 988 ming bemor aniqlangan.
27 aprel kuni kechqurun Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan kuchli shamol va yomg‘ir natijasida gaz quvurlari va gaz ta’minoti tizimining boshqa ob’ektlarida 120 dan ortiq avariya holatlari aniqlangan. 138 mingdan ortiq xonadon vaqtincha gaz ta’minotidan uzilgan.
Koronavirus bemorlari soni 20 nafarga ortib, jami 1924 kishini tashkil etmoqda.
DSQ soliq organlari xodimlari tadbirkorlarga avtomobildan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun yarim yillik soliqlarni avvaldan to‘lashni talab qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Buxoro viloyatida kuchli shamol tufayli yetti kishi jarohat oldi. Turar va noturar joylarga zarar yetdi, daraxtlar qulagan. Toshkent va poytaxt viloyatida ham kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 17 taga oshib, jami 1904 taga yetdi. Kunlik o‘sish — 35 ta.
Ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi. Ortiqcha pensiya to‘langanlarning qarzdorligi bekor qilinadi. Mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlarni kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berish muddati uzaytiriladi — prezident farmoni.
Jismoniy shaxslarning soliqqa tortilmaydigan eng kam daromadlari miqdori MHTEKMning 7,5 baravarigacha oshiriladi. Olingan xayriya yordamlariga esa daromad sifatida qaralmaydi — prezident pandemiya davrida aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yana bir farmonni imzoladi.
Namanganlik deputatga hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shahar kengashi deputatlik daxlsizligidan mahrum etishga avvaliga rozilik bildirib, keyin rad etdi. Viloyat prokuraturasi taqdimnoma kiritganidan keyin viloyat kengashi shahar kengashi qarorini bekor qildi.
29 aprel kunidan boshlab Ai-92 markali benzin narxi 5500 so‘m qilib belgilandi.
Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor to‘liq sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 892 kishiga yetdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘ylab jami 880 kishi koronavirusdan tuzaldi.
O‘zbekistonda startaplar to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. Qonun loyihasiga ko‘ra, startaplar xodimlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi. Startap kompaniyalar yer solig‘i, foyda solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va boshqa soliq to‘lovlaridan ozod etiladi. Qonun doirasida xorij fuqarolariga Startap vizalar berilishi ham rejalashtirilgan.
Toshkentdagi ikkita klinikada 16 nafar, Xorazmda esa 33 nafar koronavirus bemori infeksiyadan to‘liq xalos bo‘ldi. O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 859 kishiga yetdi.
O‘zbekiston havo yo‘llarining sobiq bosh direktori Vazirlar mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Namangan viloyatida 4 nafar, Jizzax viloyatida esa 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Mamlakat bo‘yicha sog‘aygan bemorlar soni 810 nafarni tashkil etmoqda.
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni yanvar-mart oylarida 131,6 ming kishiga yoki 0,4 foizga ko‘payib, 34,03 mln kishini tashkil etdi.
Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Institutining (SIPRI) hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili dunyo bo‘ylab davlatlar harbiy sohaga 1,9 trln dollar sarflashgan, bu ko‘rsatgich 2018 yilga nisbatan 3,6 foizga o‘sgan. 2019 yilda xarajatlarning 62 foizini tashkil etgan beshta eng katta sarflovchilar AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya va Saudiya Arabistoni.
Hukumat qarori bilan uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash bo‘yicha vaqtinchalik tartiblar belgilandi. Unga ko‘ra, koronavirus aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar ro‘yxati shakllantiriladi va ular 14 kun davomida uyda yashovchi barcha shaxslar bilan birga karantinga olinadi. Karantin muddati davomida uylarni tark etishlari qat’iyan man etiladi.
28 va 29 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Chorshanba kuni havo harorati +20…+25 darajagacha tushadi. 30 apreldan yog‘ingarchiliksiz ob-havo o‘rnatiladi va dam olish kunlariga qadar davom etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting