Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 372 nafarga yetdi.
Musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligi munosabati bilan Toshkentdagi ko‘chalardan biriga uning nomi beriladi. Pavel Benkov nomi esa Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabiga beriladi.
Prezident farmoni bilan propiska tizimi tubdan isloh qilinadi. Xususan, 1 apreldan Toshkent shahri va viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lishda fuqarodan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish talab etilmaydi, poytaxtda ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddati 15 kunga uzaytiriladi. Shuningdek, yagona «Manzil» avtomatlashtirilgan axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Koronavirus bemorlari soni 14 nafarga ortib, jami 1692 kishini tashkil etmoqda.
Turkiyadagi to‘qimachilik kompaniyasi Qibray tumanidagi Invest Village shaharchasi loyihasiga 20 mln dollar sarmoya kiritmoqda. Investorga berilayotgan yer uchastkasi qishloq xo‘jaligi toifasidan aholi punkti toifasiga o‘tkaziladi.
Qozog‘iston Markaziy banki kompaniyalar uchun naqd pul yechishga cheklovlar joriy etdi. Qayd etilishicha, bu yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashga qaratilgan bo‘lib, operatsiyalar shaffofligini oshiradi va pul yuvishga to‘siq bo‘ladi.
Markaziy bank valyutada kredit olganlarning so‘m devalvatsiyasi natijasida ko‘radigan zararlarini qoplashni rejalashtirayotgani yo‘q. Valyutadagi kreditlar bo‘yicha xatarlarni qarz oluvchilarining o‘zlari mustaqil ravishda hisobga olishlari kerak, deya qayd etdi nazoratchi.
21 aprel kuni koronavirusdan tuzalganlar soni yangi qayd etilgan COVID-19 holatlaridan ko‘proq bo‘ldi. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni so‘nggi ikki kunga nisbatan qisqargan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar 21 taga ko‘payib, jami 1678 taga yetdi.
Davlat soliq qo‘mitasi karantin davrida yirik soliq to‘lovchilarning transport vositalariga maxsus ruxsat beruvchi stikerlar berishni boshlaydi. Ruxsat beruvchi stiker olingan kundan boshlab 30 kun mobaynida harakatlanish huquqini beradi. Stikerlar faqat belgilangan yo‘nalish bo‘yicha, xizmat maqsadlarida soat 9:00 dan 18:00 gacha transport vositasidan foydalanish uchun beriladi.
Darslik chop etuvchi nashriyot-matbaa korxonlarining faoliyat yuritishiga ruxsat berildi. Ushbu korxona rahbarlari sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishiga shaxsan javobgar bo‘lishadi.
Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida yana 13 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Jami koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 357 kishiga yetdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 bemor butkul sog‘aydi. Ularning uch nafari Rossiya, biri Turkiyadan kelgan bo‘lsa, qolganlari bemorlar bilan muloqotda infeksiya yuqtirgan. Hozirga kelib jami sog‘ayganlar soni 344 kishiga yetdi.
Xorazm viloyatida yangi tashkil etilgan Tuproqqal’a tumaniga hokim, prokuror, IIB, DSI boshliqlari tayinlandi.
Toshkent shahri, Buxoro, Xorazm va Namangan viloyatlarida jami 50 nafar koronavirus bemori sog‘ayib, mamlakatda to‘liq tuzalgan bemorlar soni 334 kishiga yetdi.
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov xususiy klinikalar COVID-19 testini o‘tkazishda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Avvalroq ularga bunday imkoniyat berilganligi haqida xabar qilingan edi, ammo davlatdagi laboratoriya imkoniyatlari yetarli ekanligi aytildi.
Koronavirus aniqlangan 73 yoshli (erkak) bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Farg‘ona viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan 5 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Mamlakat bo‘yicha jami tuzalganlar soni 274 nafarga yetdi.
Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 8 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 269 nafar bemor to‘liq shifo topdi.
Narzullo Oblomurodov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Islombek Boqijonov esa rais o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting