Arxiv

Peugeot Citroën bilan qilinayotgan loyiha yopildi — «O‘zavtosanoat»
6 mart 2020, 20:55

Peugeot Citroën bilan qilinayotgan loyiha yopildi — «O‘zavtosanoat»

«O‘zavtosanoat» Jizzaxda Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive avtozavodi loyihasi yopilganini tasdiqladi. Bu yerda Volkswagen to‘rtinchi va beshinchi avlod Caddy avtomobillarini yig‘adi.

Prezident 83 nafar ayollarni afv etdi
6 mart 2020, 20:40

Prezident 83 nafar ayollarni afv etdi

Prezident farmoni bilan Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan 83 nafar ayollar afv etildi.

O‘zbekiston Xitoyga gaz yetkazib berishni to‘xtatmadi
6 mart 2020, 19:42

O‘zbekiston Xitoyga gaz yetkazib berishni to‘xtatmadi

O‘zbekiston hozircha Xitoyga gaz yetkazib berishni to‘xtatmadi, ammo ogohlantirish xatini qabul qilgan. Avvalroq PetroChina gaz importini koronavirus tufayli qisqartishi haqida xabar berilgandi.

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi
6 mart 2020, 16:29

Dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

Dam olish kunlari havo salqin bo‘lib, kechki harorat −1…−2 darajagacha tushadi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi
6 mart 2020, 16:19

Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi

«O‘zagrokimyohimoya» boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan Olimjon Isayev Namangan shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

«O‘zbekiston pochtasi» koronavirus sababli jo‘natmalarni yetkazib berish kechikayotganini ma’lum qildi
6 mart 2020, 14:15

«O‘zbekiston pochtasi» koronavirus sababli jo‘natmalarni yetkazib berish kechikayotganini ma’lum qildi

«O‘zbekiston pochtasi» koronavirus tarqalgani sababli Xitoydan pochta jo‘natmalarini yetkazib berish kechikayotganini ma’lum qildi.

Yosh olimlarning 29 ta g‘oyasi startap-akselerator uchun tanlab olindi
6 mart 2020, 13:33

Yosh olimlarning 29 ta g‘oyasi startap-akselerator uchun tanlab olindi

C.A.T. Science Accelerator ilmiy loyihalar startap-akseleratoriga kelib tushgan 253 ta arizadan 29 tasi tanlab olindi. O‘tgan yilgi akseleratorda ishtirok etgan uchta startap loyiha umumiy hisobda 200 ming dollar miqdoridagi investitsiyani qo‘lga kiritgan edi.

OAV — Xitoy tabiiy gaz importini qisman to‘xtatdi
6 mart 2020, 13:27

OAV — Xitoy tabiiy gaz importini qisman to‘xtatdi

Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi tabiiy gaz sotib olish bo‘yicha shartnomalarni to‘xtatgani xabar qilindi. O‘zbekiston tomoni bu xabarga hozircha munosabat bildirgani yo‘q.

Maktablar koronavirus tufayli yopilishi inkor etildi
6 mart 2020, 11:50

Maktablar koronavirus tufayli yopilishi inkor etildi

XTV ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus tufayli maktab o‘quvchilari 15 martdan ta’tilga chiqarilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. O‘quvchilar har doimgidek 21 martdan yetti kunlik ta’tilga chiqariladi.

Propiskaning kelajagi qanday bo‘ladi?
6 mart 2020, 11:34

Propiskaning kelajagi qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonliklar uzoq payt kutgan yangilik yangradi — propiska tizimi bekor qilinadi. Ammo uning o‘rnini nima egallaydi? Yangi tizimning propiskadan farqi bormi?

Avtokredit taklif qilayotgan banklar xatarlarni anglab yetgani yo‘q — MB rahbari
6 mart 2020, 11:29

Avtokredit taklif qilayotgan banklar xatarlarni anglab yetgani yo‘q — MB rahbari

Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov avtokreditlash bilan faol shug‘ullanayotgan banklar hozircha xatarlarni anglab yetmayotganini ta’kidladi. MB foiz stavkasi 28−32 foizni tashkil etayotgan avtokreditlash bozorini barqarorlashtirish uchun choralar ko‘radi.

Kattaqo‘rg‘on shahriga ham ayol kishi hokim etib tayinlandi
6 mart 2020, 10:40

Kattaqo‘rg‘on shahriga ham ayol kishi hokim etib tayinlandi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahriga senator Gavhar Alimova hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Senat jarimalarni barvaqt to‘laganlarga chegirma joriy etilishini ma’qulladi
6 mart 2020, 09:51

Senat jarimalarni barvaqt to‘laganlarga chegirma joriy etilishini ma’qulladi

Senatorlar jarimalarni 15 kun ichida to‘laganlarga 30 foiz chegirma joriy etish va to‘lovlar muddatini 30 kungacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Qonun kuchga kirishi uchun prezident tomonidan imzolanishi lozim.

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
5 mart 2020, 22:04

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Asosiy stavka yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi — O‘zbekiston Markaziy bankining izohi.

Shavkat Mirziyoyev YeTTB rahbari Suma Chakrabartini qabul qildi
5 mart 2020, 20:08

Shavkat Mirziyoyev YeTTB rahbari Suma Chakrabartini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va YeTTB rahbari Suma Chakrabarti infratuzilmalarni modernizatsiya qilish, bank sektori va sanoatning bir qator sohalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi. Bank O‘zbekistondagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor.

Deputat dorilar va tibbiy niqoblarni eksport qilishni ta’qiqlashni taklif qildi
5 mart 2020, 19:56

Deputat dorilar va tibbiy niqoblarni eksport qilishni ta’qiqlashni taklif qildi

Deputat Bobur Bekmurodov hukumat fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qat’iy choralar ko‘rish vaqti kelganini ma’lum qildi. U ommaviy tadbirlarni o‘tkazishni cheklash hamda dorilar va tibbiy niqoblar eksportini ta’qiqlashni taklif qildi.

O‘zbekiston va «Lukoyl» geologiya-qidiruv sohasida kooperatsiyani mustahkamlaydi
5 mart 2020, 18:19

O‘zbekiston va «Lukoyl» geologiya-qidiruv sohasida kooperatsiyani mustahkamlaydi

O‘zbekiston prezidenti va Rossiyaning «Lukoyl» neft kompaniyasi rahbari geologiya-qidiruv sohasida hamda uglevodorod konlarini, shu jumladan, qazib olinishi qiyin bo‘lganlarini o‘zlashtirish borasida kooperatsiyani mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildi.

Deputatlar Davlat ekologiya qo‘mitasining yangi rahbarini tasdiqladi
5 mart 2020, 17:07

Deputatlar Davlat ekologiya qo‘mitasining yangi rahbarini tasdiqladi

Qonunchilik palatasi Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga Shavkat Abdurazzoqovning nomzodini tasdiqladi. Bungacha u Namangan hokimi bo‘lib ishlagan.

O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga qo‘shildi
5 mart 2020, 11:47

O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga qo‘shildi

O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga qo‘shildi. XXHGKga a’zolik milliy qonunchilikka bir qator o‘zgartishlar kiritish, jumladan, xorijdagi fuqarolar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga imkon beradi.

Manba: Gaz narxi yana oshirilishi mumkin
5 mart 2020, 11:37

Manba: Gaz narxi yana oshirilishi mumkin

Norvegiyalik mutaxassis Arild Dirsert O‘zbekistondagi tabiiy gaz uchun ichki narxning pastligi muammolarga sabab ekanini aytdi. «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasi gaz narxi tez orada oshirilishiga ishora bo‘layotganini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting