Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi avtoyo‘lda Cobalt Damas bilan to‘qnashdi. Besh kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.
O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish organi davlat xizmatchilari xarajatlari va daromadlarining muvofiqligini nazorat qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev kichkina bir bojxona posti boshlig‘ining uyidan 400 ming dollar topilganini ma’lum qildi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva kelgusida hokimlar mahalliy deputatlar ustidan rahbarlik qilmasligi, ijro hokimiyati va vakillik organlari ajratilishini ma’lum qildi.
Prezident tez orada bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlarini ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning ba’zilari hatto qorovul bo‘lib ishlashga ham loyiq emas.
2020 yildan barcha imtiyozli kreditlar stavkasi 16 foizdan kam bo‘lmaydi. U pasayishi ham mumkin, ammo u Markaziy bank asosiy stavkasidan farqli bo‘lmaydi. Bank raisi o‘rinbosari imtiyozli kredit masalasiga oydinlik kiritib, nega tartib o‘zgarganiga munosabat qildi.
Savdo-sanoat palatasi rahbari Adham Ikromov avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini litsenziyalashni bekor qilishni taklif kqildi. Avvalrok prezident litsenziyalar sonini kiskartirish zarurligini aytgan.
Rossiyada koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq dastlabki ikkita holat Baykalorti o‘lkasi va Tyumen viloyatida aniqlandi. Ikkala bemor ham Xitoy fuqarolari. Rossiyaliklarni Uxandan evakuatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Bolalar bog‘chasi oldida samosval tashib keltirgan tuproq uyumidan suyaklar chiqdi. Tuproq «Lafarga» qabristoniga yaqin joydan olib kelingan edi. Suyak parchasi ekspertizaga topshirildi. Qabristondagi eski masjid o‘rniga yangisi qurilayotgani, bu ishlar qabristonga ta’sir qilmasligi ma’lum qilindi.
Komil Allamjonov Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Saida Mirziyoyeva uning o‘rinbosari etib saylandi.
2020−2025 yillarda O‘zbekistonda tabiiy gaz zaxirasi 361 milliard kub metrga, neft esa 20,4 million tonnaga ko‘payishi mumkin.
O‘rtachirchiq tumanidagi 6 ta umumta’lim maktablarida dars mashg‘ulotiga xalal bergan holda tekshiruv o‘tkazgan tumani hokimi o‘rinbosari Farhod Sultonovga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yangi universitet kampusiga tamal toshi qo‘ydi.
Kelayotgan dam olish kunlari O‘zbekistonda iliq bahoriy ob-havo hukmronlik qiladi, kunduzgi harorat +10…+15 darajani tashkil etadi.
Toshkentda O‘zbekiston-Koreya Elektron hukumati va raqamli iqtisodiyot hamkorlik markazi ochildi. Markaz loyihalarini amalga oshirish uchun 3 yil muddatga 2 million dollar miqdorida grant ajratilishi belgilangan.
O‘zbekistonliklardan fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni kutishmoqda, ammo vositalarni berganlari yo‘q. Notijorat tashkilotlar haqiqiy faoliyat erkinligiga ega bo‘lishlari kerak, deb hisoblaydi Nikita Makarenko.
Hukumat qarori bilan transport sohasi rahbarlari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. Bu ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan. Uzbekistan Airways boshqaruvchisi v. b. Baxtiyor Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.
Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari v. b. lavozimida ishlagan Ulug‘bek Qosimxo‘jayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.
Jenevadagi shoshilinch yig‘ilishda JSST 2019 n-CoV koronavirusi tarqalishi bilan bog‘liq xalqaro miqyosdagi favqulodda holat e’lon qildi.
WBA va IBF yo‘nalishlari chempionligi uchun o‘tkazilgan jangda Murodjon Ahmadaliyev amerikalik Daniel Romanni ochkolar hisobiga mag‘lub etdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus sababli Xitoy va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining ushbu mamlakatdan kirib kelishini vaqtinchalik cheklashni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting