Orol bo‘yidagi kimsasiz ovulda keksa qayiqsoz va uning dengiz fojiasi haqida film suratga olindi. Unga Nozim To‘laxo‘jayev rejissyorlik qilgan.
Toshkent IIBB xodimlari tomonidan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan shaxslarni tekshirish paytida ulardan 39 ta pichoq olib qo‘yildi.
2020-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda birinchi ISUZU D-Max pikaplari sotuvi boshlandi. Yangi avtomobillar narxi 270 milliondan 380 milliongacha so‘mni tashkil etadi.
Hafta davomida ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Juma kuni havoning ancha ilishi kutilmoqda, kechasi sovuq tushadi, kunduzi esa harorat +7… +12 darajani tashkil etadi.
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2019 yil davomida 650,3 ming kishi yoki 2 foizga ko‘payib, 33,9 million kishiga yetdi.
Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi uchun PWC va Arup kompaniyalari tomonidan dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitob hujjatlari tayyorlanmoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus infeksiyasi sababli Xitoyga, zarurat bo‘lmaganda, boshqa xorijiy davlatlarga ham vaqtinchalik bormaslikni tavsiya qildi.
O‘zbekiston hukumati va Jahon banki milliy fuqarolik aviatsiyasini modernizatsiya qilishda ko‘mak berish maqsadida bitim imzoladi. Bu tomonlar o‘rtasida tuzilgan ikkinchi kelishuvdir.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligida qo‘shinlar jangovar shayligi to‘satdan tekshiruvdan o‘tkazildi.
O‘zbekiston tashqi siyosatda integratsiyalardan chetda qolishi mumkin emas, deya fikr bildirdi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov. U YeOII, Yevropa Ittifoqi va Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik borasida mulohazalarini bildirdi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yangi mehnat shartnomalarini YAMMT idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish joriy etilishi boshlandi.
Chiroqchi tumanida o‘g‘rilikda gumon qilingan shaxs tergov payti vafot etdi. Prokuratura IIB xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Besh karra MBA chempioni, amerikalik basketbolchi Kobe Brayant Kaliforniyada vertolyot qulashi oqibatida vafot etdi. U 41 yoshda edi.
«Hokim topshirig‘i bilan yurgan» hamda jurnalistga o‘shqirgan shaxs ishdan bo‘shatildi. Mutasaddilar masalaga oydinlik kiritdi.
Jizzax viloyatida 8, 12 va 14 yoshdagi uch aka-uka is gazidan zaharlanish natijasida vafot etdi, ularning onalari kasalxonaga yotqizildi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ilk bor ariq voqeasi bo‘yicha izoh berdi. U katta xulosa chiqargani va xatolar uchun javob berish kerakligini tushunib yetganini aytib o‘tdi.
Tomsk viloyatidagi yong‘inda halok bo‘lgan 10 fuqaroning jasadlari O‘zbekistonga yetkazildi. Marhumlar ishlagan «Grinvud» o‘rmon kesish kompaniyasi direktori esa qo‘lga olindi.
Parlament va hukumat vakillari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan so‘ng mavjud propiska tizimini ochiq tanqid qila boshladi.
Koronavirus tarqalishi sababli Xitoyning 25 ta provinsiyasida eng yuqori darajali favqulodda holat e’lon qilindi. Uxanda shoshilinch ravishda ushbu virus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun alohida kasalxonalar qurilmoqda.
Parlament va hukumat vakillari prezident murojaatnomasi bo‘yicha munosabatini bildirishdi. Moliya vaziri raqamli iqtisodiyot nega kerakligini tushuntirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting