2019 yil mobaynida iqtisodiy sudlar tomonidan 197 291 ta ish ko‘rib chiqilib, hal etildi. Ko‘rilgan ishlar soni 2018 yilga nisbatan 51 foizga kamaygan.
IIV Tergov departamenti rahbari Doniyor Tashxodjayev Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ushbu lavozim bir kun avval bo‘sh qolgandi.
«Lokomotiv»ning sobiq o‘yinchisi Jamshid Iskanderov faoliyatini K-League'da — Janubiy Koreyaning «Seongnam» klubida davom ettiradi.
O‘zbekiston hukumati tarkibida o‘zgarishlar kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, transport va madaniyat vazirliklari, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasida yangi rahbarlar ish boshlaydi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin yangi hukumat tarkibini taqdim etdi. 21 ta vazirlikdan 9 tasining rahbarlari o‘zgardi, xususan, Vladimir Medinskiy, Olga Vasileva, Maksim Oreshkin va Veronika Skvorsova vazirlik lavozimlarini tark etdi.
AQSH Senatida Donald Tramp impichmenti bo‘yicha tinglov boshlandi. Senatdagi ko‘pchilik respublikachilar yetakchisi jarayonni «tezlashtirilgan tartibda» o‘tkazish bo‘yicha rezolyutsiya taqdim etdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova 72 yoshida vafot etdi.
O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi 24 yanvar kuni davlat va nodavlat telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi. Ba’zi kanallarda u surdo tarjima, rus va ingliz ingliz tiliga o‘girilgan holda uzatiladi.
Abdulla Aripov parlament palatalarining qo‘shma majlisida Vazirlar Mahkamasining yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturi haqida nutq so‘zladi. Uning qisqacha bayonini bilan tanishing.
Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyatida yong‘in sabablarini o‘rganish, jabrlanganlar va halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilib, unga qator vazifalar yuklatildi.
Tomsk viloyatidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lgan to‘qqiz nafar O‘zbekiston fuqarosining shaxsi aniqlandi, yana bir qurbonning shaxsi aniqlanmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vafot etganlarning ism-shariflarini e’lon qildi.
AQSH elchixonasi Nafosat Ollashukurova O‘zbekistonni mustaqil ravishda tark etganini aytdi (bloger bu borada yordam bergani uchun elchixonaga minnatdorchilik bildirgan edi). Diplomatik vakolatxona jurnalistlari erkin ishlashlari kerakligini qo‘shimcha qildi.
Yil davomida ma’muriy sudlar tomonidan 412 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqildi. Deyarli 300 ming kishiga nisbatan jarima, maxsus huquqlardan mahrum qilish, ma’muriy hibsga olish va mamlakatdan chiqarib yuborish shaklidagi jazo choralari qo‘llanildi.
Toshkentning «Lokomotiv» OCHL pley-off o‘yinida o‘z uyida Tojikistonning «Istiqlol» klubiga yutqazib qo‘ygan holda musobaqani tark etdi.
Senatorlar va deputatlar prezident taklifiga binoan amaldagi hukumat rahbari Abdulla Aripovni bosh vazir etib tasdiqladi. Hech kim qarshi ovoz bermadi.
Payme aksiyalarining 51 foizini sotib olgan Gruziyaning TBC Bank banki O‘zbekistonda tijorat bank tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomaga ega bo‘ldi.
Nariman Grigoryanning o‘ldirilishida gumon qilingan shaxs aybini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dizaynerni o‘ldirganidan keyin moddiy boyliklarni olib, jasad va kvartiraga o‘t qo‘ygan.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida qonun, farmon va qarorlar ijrosini to‘g‘ri tashkil etib, amalga oshirilayotgan islohotlarni har bir tuman va qishloqqacha yetib borishini ta’minlash zarurligi ta’kidladi.
Tomskda joylashgan bir qavatli yog‘ochdan qurilgan uyda sodir bo‘lgan yong‘in natijasida 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. 2 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilib, javob berildi.
Senatorlar Oliy Majlis yuqori palatasining saylovdan keyingi birinchi yig‘ilishiga jam bo‘ldi. «Gazeta.uz» muxbirining fotoreportaji.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting