Qabus ibn Said vafotidan so‘ng meros va madaniyat vaziri Xeysam bin Toriq Al Said Ummonning yangi sultoni bo‘ldi.
Seshanba kunidan boshlab hafta oxiriga qadar sovuq va quruq ob-havo hukm suradi. Ayrim joylarda qor balandligi 10−13 sm ga yetadi.
Yangi saylangan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi O‘zbekiston prezidenti taqdimnomasiga binoan Jahongir Ortiqxo‘jayevni poytaxt hokimi lavozimiga tasdiqladi.
2020 yil 1 apreldan boshlab ayrim tibbiy ma’lumotnomalar DXMlar orqali beriladi.
Gulnora Karimovaning O‘zbekistondagi yashash manzillarida 12,7 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan san’at asarlari topildi. Uning Jenevadagi villasida aniqlangan 70 turdagi san’at ashyolarining milliy boylikka taalluqliligi o‘rganilmoqda.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindistonga amaliy tashrif bilan boradi.
Eron Ukraina aviakompaniyasining Tehron yaqinida qulagan samolyoti harbiylar tomonidan «inson xatosi» sababli tasodifan urib tushirilganini tan oldi.
O‘tgan yil davomida O‘zbekistonga 6,7 million sayyoh tashrif buyurdi. Ularning aksariyati (81,8%) qarindoshlari va do‘stlarini ziyorat qilish, 15,5 foizi esa dam olish uchun kelgan.
Mingbuloq hokimi Nurshod Xudoyberdiyev qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlamagan fermerlarni haqorat qilgani uchun BHMning 20 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni arafasida Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘ldi. U harbiy ta’lim sohasida O‘zbekiston zamon bilan hamqadam bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shaharni obodonlashtirish uchun «Foydali Toshkent» aksiyasini boshlab berdi. U har bir fuqaro ko‘chaga axlat tashlashdan uyaladigan kun kelishiga ishonch bildirdi.
O‘zbekistonda eng ommaviy taom — «Palov indeksi» ma’lumotlari hamda bir «porsiya» palovning o‘rtacha narxlari shakllantiriladi.
Juma va shanba kunlari O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ammo yakshanba kuni haroratning tushishi, ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda.
O‘zbekiston YeXHTning Iqtisodiy va ekologik masalalar qo‘mitasi raisi, mamlakatning ushbu tashkilotdagi doimiy vakili Sherzod Asadov esa qo‘mita rahbari etib tayinlandi.
Kanada va Buyuk Britaniya bosh vazirlari Jastin Tryudo va Boris Jonson Tehrondan Kiyevga uchayotgan ukrain Boeing samolyotining qulashiga Eron raketasi tushishi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Ichki ishlar vazirligi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda «Jihodchilar» diniy ekstremistik oqimi a’zolari faoliyatini to‘xtatish uchun maxsus operatsiya o‘tkazilgani haqida xabar berdi.
UzAuto ichki bozorda qimmatbaho avtomobillar segmentini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya O‘zbekistonga qimmatbaho avtomobil yetkazib berishni yuzlab martaga ko‘paytirgan BMW va Toyota ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlashmoqchi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida Eron jamoasi bilan o‘yinda g‘alaba qozona olmadi.
Jizzax viloyatida to‘rt kishidan iborat oila o‘z uyida uglerod oksidi bilan zaharlanish ehtimoli bilan vafot etdi. Vafot etganlarning ikki nafari — bolalar.
2020 yil 1 martdan boshlab respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting