«Chinoz tumani 19-ta’lim maktabi direktori 6-sinf o‘quvchisini ayamasdan kaltakladi» nomi bilan tarqalgan videoxabar yuzasidan Toshkent viloyati IIBB rasmiy bayonot berdi.
Professional bokschi va terma jamoa a’zosi mag‘lub bo‘lgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Tojikistondan O‘zbekiston orqali Qozog‘istonga olib o‘tilayotgan 20 kg miqdordagi geroin moddasi ushlab qolindi.
Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. Zoir Mirzayev Qarshi shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilariga dars o‘tdi.
«Miskin — Nukus — Beyneu» yo‘nalishida poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi. U To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Beruniy, Baday, Qorao‘zak, Kaybakli va Nazarxan bekatlarida to‘xtab o‘tadi.
Xalq banki raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Farhod Salomov bank boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Dilmurod Nuritdinov uning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Shahrisabz tumani hokimi o‘rinbosari va hokimiyat mutaxassisi issiqxona qurish uchun yer ajratib berish evaziga 100 dollar miqdorida pora olayotganda ushlandi.
Prezident tasdiqlagan regbini rivojlantirish dasturi infratuzilmalarni yaxshilash hamda sportchi va murabbiylarni tayyorlash, regbini aholi o‘rtasida ommalashtirishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari MDHga a’zo davlatlar mudofaa idoralari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi arafasida 2020 yilda harbiy hamkorlik rejasini imzoladi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va Qurilish vazirliklari Renovatsiya dasturi doirasida ko‘p qavatli uylarni xatlovdan o‘tkazdi. Mamlakatdagi 34584 ta uydan 455 tasida avariya holati alomatlari aniqlandi.
«O‘zkimyosanoat» kompaniyasi «Navoiyazot»da to‘rt kishining gazdan zaharlangani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Alkogol mahsulotlari uchun yangilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilandi.
Moliya vazirligi monitoringi vaqtincha ishsiz aholini jamoat ishlariga jalb qilish bilan shug‘ullanuvchi Jamoat ishlari jamg‘armasi tizimida 4,7 mlrd so‘mlik noqonuniy sarf-xarajatlarni aniqladi.
Ikki kun ichida Surxondaryo va Qashqadaryoda uchta mudhish oqibatlarga olib kelgan YTH sodir bo‘ldi. Ulardan birida «KAMAZ» yo‘ldan chiqib ketishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga safar qilib, yangi IIB boshliqlarini tayinladi.
Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasi Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslarni yo‘lga qo‘yadi.
Oktabr oyi O‘zbekistondagi meteorologik kuzatuvlar davridagi eng quruq oylardan biri bo‘ldi. Bu yilgi noyabr oyi ham harorat, ham yog‘inlar rejimiga ko‘ra me’yorga yaqin bo‘ladi.
«Navoiyazot»ga qarashli PVX zavodida gazdan ingalyatsion zaharlanish yuz berishi natijasida jarohatlangan 4 nafar bemor Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Samarqandda «Narpay ko‘chasi — Kimyogarlar qo‘rg‘oni» yo‘nalishidagi tramvay yo‘li quriladigan hududdagi daraxtlar xatlovdan o‘tkazildi. Qurilish davomida ularga ziyon yetkazilmaydi.
Hukumat qarori bilan xayriya mablag‘larini, jumladan, zamonaviy elektron to‘lov tizimlari yordamida qabul qilish uchun maxsus hisobraqam ochgan holda, saratonga qarshi ijtimoiy harakat tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting