Arxiv

Yagona maktab formasi majburiy bo‘lmasligiga oid hukumat qarori qabul qilindi
4 oktabr 2022, 17:23

Yagona maktab formasi majburiy bo‘lmasligiga oid hukumat qarori qabul qilindi

Hukumat qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab maktablarda o‘quvchilar uchun yagona maktab formasini joriy etish rasman bekor qilindi. O‘zbekistonda yagona majburiy maktab formasini joriy etish besh yildan buyon keng jamoatchilik noroziliklari tufayli amalga oshmay kelmoqda.

O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik indikatori ishlab chiqilmoqda
4 oktabr 2022, 16:55

O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik indikatori ishlab chiqilmoqda

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik indikatorini ishlab chiqmoqda. Unda o‘zbek millatining xarakteri va turmush darajasi inobatga olindi. Qolaversa, Fransiya, Indoneziya, Butan kabi davlatlarda joriy qilingan indekslar tahlil qilindi.

Sentabr oyida eng past inflyatsiya darajasi qayd etildi
4 oktabr 2022, 16:40

Sentabr oyida eng past inflyatsiya darajasi qayd etildi

Sentabr oyida inflyatsiya 1,03% ni tashkil etib, oxirgi 6 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Yillik nisbatda iste’mol sektorida narxlarning o‘sish sur’ati 12,2% ga yetdi. Meva-sabzavot narxlariga mavsumiy omil hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda, deya ma’lumot berdi Statistika qo‘mitasi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
4 oktabr 2022, 16:30

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 23,24 so‘mga qimmatlab, 11 010,45 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa pasaydi.

Shimoliy Koreya Yaponiya ustidan ballistik raketa uchirdi
4 oktabr 2022, 15:32

Shimoliy Koreya Yaponiya ustidan ballistik raketa uchirdi

KXDR Yaponiya ustidan raketa uchirdi. Yaponiya hukumatining ta’kidlashicha, taxminan 20 daqiqalik parvoz davomida raketa Tinch okeaniga qulashga qadar 4500 km dan ortiq masofani bosib o‘tgan. Yaponiya Mudofaa vazirligi bu Shimoliy Koreya raketasi uchun rekord masofa ekanligini alohida qayd etdi.

Foto: O‘zbekiston va Vengriya prezidentlari uchrashdi
4 oktabr 2022, 14:47

Foto: O‘zbekiston va Vengriya prezidentlari uchrashdi

Vengriyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyevni Budapeshtda rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, davlat rahbari Qahramonlar maydonidagi xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ydi.

Nima uchun yo‘lovchilar naqd pulsiz to‘lov shakliga nisbatan sekin o‘tishmoqda?
4 oktabr 2022, 14:21

Nima uchun yo‘lovchilar naqd pulsiz to‘lov shakliga nisbatan sekin o‘tishmoqda?

Toshkentdagi avtobuslarning 54% yo‘lovchilari yo‘lkirani naqd shaklda to‘lashda davom etmoqda. Metroda esa bu raqam 61%ni tashkil qilmoqda. «Gazeta.uz» nima uchun odamlar naqd pulsiz to‘lov shakliga o‘tishni istamasligi va muammoni qanday hal etish mumkinligini o‘rganishga harakat qildi.

Neandertal genomini shifrlagan shved genetik olimi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi
4 oktabr 2022, 13:58

Neandertal genomini shifrlagan shved genetik olimi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi

Shvetsiyalik genetik Svante Paabo neandertal genomini ochganligi uchun tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Samarqandga qatnovchi «Afrosiyob» poyezdi Dashtobodda ham to‘xtab o‘tadi
4 oktabr 2022, 13:38

Samarqandga qatnovchi «Afrosiyob» poyezdi Dashtobodda ham to‘xtab o‘tadi

17 oktabrdan Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qatnovchi «Afrosiyob» tezyurar poyezdi Dashtobod bekatida ham to‘xtab o‘tadi. Shu maqsadda, poyezd bekatida chiptaxona va kutish zali tashkillashtiriladi. Ushbu stansiya turistlar uchun jozibali bo‘lgan Zomin tumanida joylashgan.

«Biz siz uchun birinchi ko‘prikni barpo qilyapmiz». Aziz Abduhakimov xorijdagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
4 oktabr 2022, 12:30

«Biz siz uchun birinchi ko‘prikni barpo qilyapmiz». Aziz Abduhakimov xorijdagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

«O'zbekistonlik» filmi taqdimoti doirasida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov xorijdagi vatandoshlarga murojaat qilib, ularni hamkorlikka chaqirdi. «Biz uzoq vaqt davomida o‘z yo‘li va baxtini topishga uringanlardan ranjidik… Lekin Yangi O‘zbekiston boshqacha fikrlaydi va hayot kechiradi», — dedi u.

Tilimiz — g‘ururimiz
4 oktabr 2022, 12:00

Tilimiz — g‘ururimiz

«Gazeta.uz» «O‘zbek tili oyligi» doirasida 1990 yillarda turli nashrlarda chop etilgan maqolalarni berishda davom etadi. O‘sha yillari Zoir Ziyoning «o‘zbek tili to‘la mustaqillikka erishishi lozim», degan gapi bugun ham o‘z dolzarb. «Bu ishda tilshunoslarimiz faollik ko‘rsatishi kerak», — degandi u.

2022 yilda maktabni bitirganlarning 23 foizi talaba bo‘ldi
4 oktabr 2022, 11:59

2022 yilda maktabni bitirganlarning 23 foizi talaba bo‘ldi

2022 yilda maktabni bitirgan 295 393 nafar o‘quvchi OTMga hujjat torshirdi. Ularning 85 869 nafari (23%) talaba bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 4 foizga, 2020 yilga nisbatan 12 foizga oshgan. O‘quvchilari o‘tish balini to‘play olmagan 519 ta umumta’lim maktabi alohida nazoratga olindi.

Yil boshidan beri ko‘cha va jamoat joyida 4 mingdan ortiq ayol zo‘ravonlikka uchradi
4 oktabr 2022, 11:39

Yil boshidan beri ko‘cha va jamoat joyida 4 mingdan ortiq ayol zo‘ravonlikka uchradi

9 oyda O‘zbekistonda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining 27 mingdan ortig‘i — oilada, 3 mingdan ortig‘i — ko‘chada, 1 mingdan ortig‘i — jamoat joyida sodir etildi, deya ma’lum qildi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi. Jami 32 mingdan ortiq xotin-qizlarga himoya orderlari berildi.

Sanatoriyalarda davolanish uchun onlayn navbatga turish xizmati ishga tushirildi
4 oktabr 2022, 11:30

Sanatoriyalarda davolanish uchun onlayn navbatga turish xizmati ishga tushirildi

Yagona portalda keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun sihatgohlarda yotib davolanish uchun onlayn navbatga turish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Xizmatdan foydalanish uchun ariza beruvchi kerakli sihatgohni belgilaydi va so‘rov yuboradi. Shundan so‘ng u o‘z navbatini onlayn kuzatib boradi.

Foto: Chirchiqdagi portlashda zavodning ikki xodimi jarohatlandi, yong‘in o‘chirildi
4 oktabr 2022, 10:44

Foto: Chirchiqdagi portlashda zavodning ikki xodimi jarohatlandi, yong‘in o‘chirildi

«O‘zkimyosanoat» kompaniyasi «Maxam Chirchiq» zavodida avval portlash bo‘lgani, keyin buning natijasida yong‘in yuzaga kelgani, atrof-muhitga zararli gazlar tarqalmaganini ma’lum qildi. Voqea joyiga energetika vaziri yetib bordi. Portlash oqibatida zavodning ikki xodimi jarohatlangani aytilmoqda.

Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash rejalashtirilmoqda
4 oktabr 2022, 10:44

Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash rejalashtirilmoqda

Oila kodeksida yon shajara bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash taklif etilmoqda. 2021 yilning ikkinchi yarmida respublika bo‘yicha jami 1210 ta yaqin qarindoshlar (529 ta — xolavachcha, 307 ta — tog‘avachcha, 178 ta — amakivachcha, 196 ta — ammavachcha) o‘rtasida nikoh holatlari qayd qilingan.

Shavkat Mirziyoyev Budapeshtga yetib bordi
4 oktabr 2022, 09:53

Shavkat Mirziyoyev Budapeshtga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Budapeshtga yetib bordi. Oliy martabali mehmonlarni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad kutib oldi. O‘zbekiston — Vengriya sammitning asosiy tadbirlari seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Chirchiq shahridagi zavodda portlash yuz berdi
4 oktabr 2022, 09:42

Chirchiq shahridagi zavodda portlash yuz berdi

Seshanba tongida Chirchiq shahridagi «Maxam Chirchiq» kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodda yong‘in yuzaga keldi va portlash sodir bo‘ldi. Viloyat hokimligi ayni vaqtda FVV va huquq-tartibot idoralari yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda odam papilloma virusi testini o‘tkazish dasturini joriy etish rejalashtirilmoqda
4 oktabr 2022, 09:14

O‘zbekistonda odam papilloma virusi testini o‘tkazish dasturini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda har yili 1000 ga yaqin ayolning o‘limiga sabab bo‘ladigan bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlashda odam papilloma virusi testini o‘tkazish bo‘yicha sinov loyihasi o‘z samarasini ko‘rsatdi. Bunday skriningni doimiy o‘tkazish dasturi kasallanish va o‘lim darajasini pasaytirishga yordam berishi kutilmoqda.

O‘zbekiston valyuta birjasida ilk bor fyuchers operatsiyalarini amalga oshirish imkoni yaratildi
3 oktabr 2022, 23:15

O‘zbekiston valyuta birjasida ilk bor fyuchers operatsiyalarini amalga oshirish imkoni yaratildi

Dushanba kuni Markaziy bank, O‘zRVB va boshqa mutasaddi vakillar ishtirokida yangi fyuchers platformasi va mobil ilovaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Namoyishda shuningdek, likvidlik provayderlari, konrtagent faoliyat hamda risk defolt menejmenti kabi mavzularga ham e’tibor qaratildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting