O‘zbekistonda Aholiga endokrinologik yordam ko‘rsatishni yaxshilash milliy dasturini qabul qilish rejalashtirilmoqda.
Samarqandda ob’ektlarning qurilishi, rejalashtirilishida jamoatchilik va aholi fikri hisobga olinadigan bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Serbiya davlatchiligi kuni munosabati bilan prezident Aleksandr Vuchichga tabrik yo‘lladi.
«LG Internatioanal» Co.Ltd kompaniyasi vitse-prezidenti bilan Jizzax viloyati hokimligida 40,0 million AQSH dollarlik loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokara o‘tkazildi.
Shohjahon Ergashev AQSHdagi Kansas Star Arena majmuasida amerikalik Maykl Foksga qarshi ringga ko‘tariladi.
O‘zbekistonda shakarqamish yoki qandlavlagidan olinadigan shakardan 150 barobar shirinroq shakar chiqadigan steviya o‘simligi yetishtirilyapti.
Muqaddam bedarak yo‘qolganlardan 2 nafari topilib, ilgari sodir qilgan jinoyati uchun sud va tergovdan qochib yurgan 11 nafar shaxs ushlandi.
Elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar ma’lum muddatga qadar bojxona to‘lovlaridan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etildi.
Markaziy bank narxlar darajasiga nomonetar omillar, jumladan tartibga solinadigan narxlar liberalizatsiyasi va soliq islohotlari ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston ilk bor sotuvga qo‘ygan umumiy qiymati 1 mlrd dollarlik 5 va 10 yillik yevrobondlarning katta qismini buyuk britaniyalik sarmoyadorlar sotib oldi.
«O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi ikkita tuzilmaga: bosmoxona va nashriyotga ajratiladi, nashriyot bazasida ilmiy-uslubiy noshirlik markazi tashkil etiladi.
Buxoroda shahrida o‘tkaziladigan I xalqaro «Ziyorat turizmi» forumida dunyoning qator davlatlari va xalqaro takshkilotlardan 100 vakil qatnashadi.
O‘zbekiston Markaziy banki 2018-yilda so‘m kursini qo‘llab-quvvatlashga 3,8 mlrd dollar yo‘naltirdi.
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Bloomberg`ga bergan intervyusida O‘zbekiston yevrobondlari chiqarilishining ahamiyati haqida so‘zladi.
Xitoylik investorlarning O‘zbekiston iqtisodiga kiritadigan 5 milliard dollar mablag‘ning 350 millioni Bulung‘urdagi 15 ta loyihani amalga oshirish uchun sarflanadi.
Samarqand viloyatida Nexia avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va ekskvator bilan to‘qnashdi. Sedan haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
Gulnora Karimovaning o‘g‘li Instagram-sahifasida onasiga bosim o‘tkazilayotgani, shifokorlar ko‘rigiga kirishga ruxsat berilmayotganini ma’lum qildi. Bosh prokuratura mazkur xabarni rad etdi.
Yevrobondlarning joylashtirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotini izolyatsiyadan olib chiqadi, deb hisoblaydi Bloomberg. Ayni vaqtda ekspertlar shaffoflik va ingliz tilidagi ma’lumotlar yo‘qligini ta’kidlamoqda.
O‘zbekistonda ilk bor mamlakat bosh psixiatri va bosh suitsidologi lavozimlari joriy etiladi.
Toshkent xalqaro aeroportida noqonuniy ravishda dori, parfyumeriya va tilla buyumlarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqarolar harakati fosh etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting