Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi.
Samarqand viloyatidagi shaxtada o‘zboshimchalik bilan oltin qaziyotganlarni tosh bosib qolishi natijasida ikki kishi vafot etdi, biri jarohatlandi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.
Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak finalida Shahobiddin Zoirov 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
21 dekabr kuni Toshkentda katta MMA kechasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Hamroyev «Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida"gi qonunni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi.
Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda hujjatlari yo‘qligi uchun bo‘limga borishni taklif qilgan YPX xodimiga hujum qildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mobil qurilmalarni IMEI o‘rqali ro‘yxatga olish tartiblari belgilandi. 1-noyabrgacha avtomat ravishda bepul, 1-dekabrdan esa pulli asosda ro‘yxatga olinadi.
Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida to‘qqizinchi kun bellashuvlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik besh nafar bokschi ishtirokini davom ettirmoqda.
Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoatni rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2022 yilda Ijtimoiy himoya vazirligini tashkil etish, 2021 yilgacha Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
Samarqandda butun shahar bo‘ylab o‘tadigan osma yo‘l qurish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari ishtirokidagi strategik qo‘mondonlik shtab mashg‘ulotlari doirasidan o‘rin olgan «Markaz — 2019» o‘quviga start berildi.
Belgiyalik 50 yoshli mutaxassis Xans Klyuge olti nafar nomzod orasidan Yevropa mintaqaviy byurosining yangi direktori etib saylandi.
UFC bilan shartnoma tuzgan Mahmud Murodov Daniya poytaxti Kopengagen shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night 160 turnirida debyut qiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Olimxon Rustamov iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi prezident qarori qabul qilindi
Yakkabog‘ tuman hokimining sobiq o‘rinbosari Mansur Tuymayev va uning ustiga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isomov ustidan ochiq sud jarayoni boshlandi.
Bepul metro kuni stansiyalarda ko‘rgazma va musiqiy performanslar, vagonlarda esa ertalab va kechqurun — raqqoslar, animatorlar, illyuziyachilar, ko‘cha musiqachilari va opera qo‘shiqchilari chiqishlari bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting