Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi kasalxonada yosh bolasini kaltaklagan ayol sud tomonidan 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudda u stress holatida bo‘lgani va qilgan ishidan pushaymonligini aytdi. Qaynona esa kelinini onalik huquqidan mahrum qilishni so‘radi.
O‘zbekiston uchun asosiy eksport bozoriga aylangan Rossiya, Yangihayotdagi 409 ta yog‘och uy egalariga shu tumandan uy berilishi, salqin ob-havo, Piskentda kesilgan daraxtlar, O‘zbekistonda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatilgani, tandirchilar hayoti va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.
Avgust-sentabr oylarida respublika bo‘ylab jami 36 nafar bog‘cha bolasi turli xil kasalliklar bilan kasalxonaga yotqizildi. MTV bu kabi holatlarning barchasini tegishli xulosasiz ovqatdan zaxarlanish deb bo‘lmasligini qayd etdi. Vazirlik jurnalist va blogerlardan to‘g‘ri axborot taqdim etishni so‘ramoqda.
Toshkent shahrida 89 kv metrli uyni 480 mln so‘mga sotishga kelishib, evaziga soxta shartnoma taqdim etib, 10 000 AQSh dollari va 130 mln so‘mni olgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi, tergov harakatlari boshlandi.
PMTI mutaxassislari piyodalar kiyimining rangi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda qanday ahamiyatga ega ekanini tahlil qildi. Unga ko‘ra, yorqin rangdagi kiyimlar va yorug‘likni qaytaruvchi elementlar 130 metr uzoqlikdan ko‘ringani bois avtomobillarning o‘z vaqtida to‘xtashiga imkon beradi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Rossiya-Ukraina urushiga targ‘ibotlar ortidan terroristik tashkilotlar jihodni da’vo qilayotganiga munosabat bildirdi. «Ushbu urushga „jihod“ nomini berish jaholatdan boshqa narsa emas», — deyiladi bayonotda. Idora bunday fitnalarga aralashish shar’an harom ekanligini qayd etdi.
O‘zbekistonda avgust oyida ko‘chmas mulk bozoridagi savdo hajmi 30% ga, yil boshidan beri esa 8,5% ga oshdi. Ikkilamchi bozorda esa narxlar 8 oy davomida 7% ga, poytaxtda 13% ga ko‘tarildi. Ekspertlarning fikricha, bu — talab va chet el fuqarolarining kelishi ortib borayotganidan dalolat beradi.
O‘zbekiston hududiga 25−27 sentabr kunlari Volga bo‘yidan salqin va biroz nam havo kirib keladi. Shu kunlarda shamol tezligi kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Balandligi 2500 metrdan yuqori tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Moskva shahrida svetofor montajchisi bo‘lib ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik Oybek Eshtemirov ko‘p qavatli turar-joyda sodir bo‘lgan yong‘in paytida ikki nafar ayolni qutqarib qoldi.
Markaziy bank 23-sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 010,33 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
O‘zbekistonning katta qismida dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi. Biroq yakshanba kuni shimoliy hududlarga Volga bo‘yidan salqin havo massalari kirib kela boshlaydi, unga kuchli shamol va yomg‘ir, ayrim joylarda esa momaqaldiroq hamrohlik qiladi. Keyingi haftadan sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent shahri Bektemir tumanida Lacetti va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida Cobalt haydovchisi voqea joyida vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyatining Piskent tumanida daraxtlar kesib tashlangani haqida xabar berildi. Ekoqo‘mitaning ma’lum qilishicha, 93 tup tol qayta tiklash va sog‘lomlashtirish uchun kesilgan. Ushbu amaliyot natijasida tol daraxtlarining o‘suvchanligi yanada oshishini ma’lum qilingan.
23 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda Mir kartalariga xizmat ko‘rsatish texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatildi. Banklar veb-saytlaridan esa Uzcard — «Mir» kobeyjing kartalari haqidagi bo‘limlar olib tashlandi.
Bosh prokuratura Toshkent shahridagi 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetganini aniqladi. Tashkilotlar o‘zboshimchalik bilan binoga havo sovutgich, soyabon va bannerlar o‘rnatib olgan. 25 ta obyekt foydalanuvchisiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilib, sudlarga yuborildi.
Har ishning boshi non bo‘lsa, O‘zbekistonda obinon — boshdagi tojdir. O‘zbeklarning tushlik dasturxoniyu bayramlarini nonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mehmonga borayotganda obinonlardan olinsa, Chig‘atoy patirlarini sovg‘a qilishadi. “Gazeta.uz” poytaxtdagi novvoylardan ushbu kasb va mazali non sirlarini o‘rgandi.
Farg‘onaning Yozyovon tumanida xususiy firma rahbari boshqa bir korxonaga ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 23 sotix yerni $15 000 evaziga sotishga kelishgan. Gumonlanuvchi pulning $10 ming va 55 mln so‘mini olgan vaqtida ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident qarori bilan 7 ta vazirlikning buyurtmachi xizmatlari tugatilib, ularning amaldagi buyurtmalari mahalliy hokimliklarning injiniring kompaniyalariga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.
Prezident qarori bilan fuqarolarning ipoteka kreditini to‘lash uchun yo‘naltirilgan soliqqa tortilmaydigan daromadlari hajmi yiliga 5 barobarga — 73,6 mln so‘mgacha oshirildi. Yangi xonadonlarni ta’mirsiz sotib olish uchun esa ipoteka va subsidiyalar beriladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun gaz va paxtani eksport qilmayotganini bildirdi. O‘z navbatida, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oyda xorijga gaz yetkazib berish qiymat jihatdan 60,9 foizga — 645,9 mln dollarga oshgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting