Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga qabul natijalari e’lon qilinmoqda. Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali tekshirishi mumkin.
Mustaqillik bayramida xavfsizlik uchun javobgar 30 ming xodim, “Tolibon"ning aviatexnikalar O‘zbekistonda qolishiga e’tirozi, festival o‘tkazish yo‘lni asfalt qilishdan muhimroqligini aytgan vazir, olimpiyachilarga mukofot topshirgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
MMTV rahbari Hilola Umarova o‘qituvchilarning maoshi qachon 1000 dollarga yetishi haqidagi savolga javob berdi. Hozirda 6000 dan ortiq o‘qituvchi (1,1%) bonuslar bilan qo‘shganda shunday maosh oladi. Vazir o‘rinbosari Temurjon Komilov barcha o‘qituvchilar bir vaqtda 1000 dollar olishining iloji yo‘qligini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev Parij olimpiadasi ishtirokchilari bilan uchrashuvda Financial Times kolumnisti Saymon Kuperning “Olimpiya medallari jadvali bizga nimalar haqida hikoya qiladi?” nomli maqolasidan iqtibos keltirdi. “Gazeta.uz” ushbu maqolaning tarjimasini havola etadi.
Prezident aholidan elektr energiyasi va gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ilgari qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlar tufayli 7700 dan ortiq qarzdor fuqaro tarmoqdan majburiy ravishda uzilmagan.
YTTB Markaziy Osiyodagi birinchi qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. 20 MVt quvvatga ega elektroliz uskanasi va 52 MVt quvvatga ega shamol stansiyasi ammiakli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda qo‘llanadigan kulrang vodorodni qayta tiklanadiganiga almashtirishga yordam beradi.
Hukumat zo‘ravonlik qurbonlariga himoya orderi berish tartibini yangiladi. Endi u profilaktika inspektori tomonidan zo‘ravonlik aniqlangan va davlat xizmatlari portali orqali to‘ldirilgan paytdan boshlab 24 soat ichida beriladi.
Toshkent metropolitenining “Milliy bog‘” bekatida ikkinchi vestibyulni ochish ishlari boshlandi. Avvalroq metropoliten hukumat beshta stansiyaning bir necha o‘n yillar oldin foydalanishga topshirilgan paytda qurilishi tugallanmay qolgan ikkinchi chiqish yo‘llarini ochishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi.
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mamlakatdan olib chiqilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlarning O‘zbekistonda qolishiga qarshi chiqdi va aviatexnikalar taqdiri bo‘yicha har qanday kelishuv “qabul qilib bo‘lmaydigan” ekani va AQShning “afg‘on xalqi mulkini O‘zbekistonga xayriya qilishga haqqi yo‘q”ligini ta’kidladi.
Madaniyat vaziri “Maqom”, “Baxshichilik”, “Sharq taronalari” kabi festivallarning ahamiyatiga to‘xtalib, inson madaniyatiga tahdid bostirib kelayotganini aytdi. “Bu muammoga qarshi kurashish bitta ko‘chani asfalt qilgandan muhimroq. Festivallar inson kelajagini asrab qolishda muhim”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi KXDR va Qirg‘izistonga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomani e’lon qildi. Shimoliy koreyaliklar bilan o‘yin 5-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Fanlar akademiyasi prezidenti, fizik olim, professor Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi. Uning ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid bo‘lgan. U Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE)da ilmiy maslahatchi bo‘lib ham ishlagan.
Prezident Olimpiada g‘oliblari bilan uchrashuvda 2028-yilgi o‘yinlarga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidladi. “Kelgusi Olimpiadada kuchli o‘nlikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi”, — dedi prezident ommaviy sportni rivojlantirish borasidagi vazifalarni belgilab berarkan.
Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat mukofotlari topshirildi. Prezident sportchi va murabbiylarga minnatdorlik bildirib, qaysi sport turlari bo‘yicha harakatlarni kuchaytirish kerakligini aytdi. Kelgusida sportchilarni tayyorlash dasturlari qabul qilinib, xorijlik mutaxassislar jalb etiladi.
Markaziy bank aholining o‘rtacha ish haqi va uy-joy narxlarini taqqosladi. Eng qimmat uy-joylar Samarqand viloyati va Toshkentga to‘g‘ri keldi. Xarid qobiliyati deyarli barcha hududlarda yomonlashdi. “Gazeta.uz” 50 kvadrat metrli kvartirani sotib olish uchun necha yillik ish haqi kerakligini hisoblab chiqdi.
O‘zbekistonda pensiya to‘lovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning sentabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1-sentabr kuniga qadar o‘tkazib beriladi.
Prezident muqobil energiya manbalarini o‘rnatishni davlat siyosati deb atadi. O‘zbekistondagi 1 mln xonadonning isitish tizimini energiya tejamkoriga almashtirish, aholi va tadbirkorlarga 973 MVt quvvatli qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.
Raqobat qo‘mitasi omonat turlari reklamasida muhim ma’lumotlar to‘liq berilmagani uchun “Ipak yo‘li” bankiga moliyaviy jarima qo‘lladi. Bankka qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Mustaqillik bayrami tadbirlarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 696 nafar ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, FVV, harbiy xizmatchilar va jamoatchilik vakillari jalb etiladi.
Toshkentdagi “Jahon savdo markazi” konsepsiyasiga ega Terminal biznes markazida ofis maydonlarini sotish boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting