Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston investitsion portalini ishlab chiqdi.
Yunusobod tumanida Chingiz Aytmatov xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan barelefning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning AQSHda diniy sohadagi «ortiq darajadagi xavotirlarni» uyg‘otuvchi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarilishi kutilgan qaror bo‘ldi, deyiladi TIV xabarida.
Maktablarga tegishli umumta’lim fanlari bo‘yicha darslik va o‘quv-metodik majmualarni nashr etish xizmatlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar ro‘yxatiga kiritildi.
«Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
AQSH O‘zbekistonni diniy erkinlikni buzuvchilar ro‘yxatidan o‘chirdi. Mamlakat endilikda «maxsus kuzatuv ro‘yxati"da.
O‘zbekiston va Qozog‘iston Sariag‘ash-Keles temir yo‘l o‘tkazish punkti o‘tkazuvchanligini oshirishga kelishib oldi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan 2018 yil 30 dekabrdan 2019 yil 3 yanvargacha mahalliy va tezyurar «Afrosiyob» poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi joriy qilindi.
Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametovning uyida yirik o‘g‘rilik sodir etildi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Qurg‘oqchilik va zararkunandalar sababli paxta, bug‘doy, sabzavot, meva va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosili o‘tgan yilga nisbatan kamaydi.
O‘zbekiston ukrain shakarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni qayta yo‘lga qo‘ydi.
Qonunchilik palatasi soliq va byudjet siyosatining 2019-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilingani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
Davlat raqobat qo‘mitasi nima uchun aynan u Ucell mobil operatorini sotib olganiga izoh berib, Telia Company bilan shartnoma bo‘yicha boshqa savollarga javob qaytardi.
Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom uning onasi moliyaviy va jismoniy tomondan qo‘lidan kelganicha O‘zbekistondagi yangi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi.
Asosiy Yangi yil archasi Istiqlol ko‘chasidagi Navoiy nomidagi kutubxona qarshisiga o‘rnatildi. Toshkentning har bir tumanida Yangi archasi o‘rnatilib, bayram tadbirlari o‘tkaziladi.
Toshkentning Yunusobod tumani Navoiy ko‘chasida 57-avtobusda yonilg‘i tizimidagi nosozlik tufayli yong‘in chiqdi.
O‘zbekistonda bog‘chaga bormaydigan bolalarga bir yillik majburiy boshlang‘ich ta’lim berish bo‘yicha loyiha ishga tushirilmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan Toshkentdan Qozog‘istonning Turkiston shahriga qatnovchi avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi.
Namangan viloyati Mamay qishlog‘ida mashina tekshirilganida davlat raqami almashtirilgani va aylanma yo‘llar bilan olib kirilgan oziq-ovqat mahsulotlari borligi aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting