O‘zbekistondagi maktablarning bor-yo‘g‘i 30 foizi kanalizatsiya tizimiga ulangan, 70,5 foizida “vodoprovod” mavjud, maktablarning 4,6 foizi umuman yaroqsiz holatda, umumta’lim tizimiga sarflanayotgan davlat budjeti xarajatlari nomutanosib taqsimlangan, deyiladi MHTI tadqiqoti natijalarida.
Qozog‘iston Energetika vazirligi Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti hajmini 2026-yildan boshlab avvalroq rejalashtirilgan yiliga 3 mrld kub metrdan 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda “TASS”.
O‘zbekistonda BMTning rasmiy statistika sifatini ta’minlash bo‘yicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etililadi. Rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari ishlab chiqiladi.
Shavkat Mirziyoyev 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyatda faollik ko‘rsatib kelayotgan 74 nafar xotin-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotlash bo‘yicha farmon imzoladi. (To‘liq ro‘yxat)
Marg‘ilon shahridagi maktabda ingliz tili o‘qituvchisi ruxsatsiz hojatxonaga chiqib ketgani uchun o‘quvchining boshiga telefon uloqtirdi. Oqibatda uning boshi yorildi, maktab hamshirasi bolaga birinchi yordam ko‘rsatdi. Hozirda bolalar ombudsmani holatni o‘rganmoqda.
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi Rossiyaning uzoq masofaga uchuvchi aviatsiyasi va Qora dengiz floti qo‘mondonlarini harbiy jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilib, hibsga olishga order berdi. Sud ular o‘tgan qishda Ukraina energetika infratuzilmasiga qilingan raketa hujumlari uchun javobgar, deb hisoblaydi.
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish so‘nggi bor 1989-yili o‘tkazilgan. Yangisi 2022-yilga reja qilingan edi, pandemiya sabab 2023-yilga qoldirildi, ammo baribir o‘tkazilmadi. O‘zi uning nima keragi bor, u qanday foyda keltiradi va uni kechiktirish nimasi bilan xatarli — “Gazeta.uz” shu haqda ma’lumot beradi.
Prezident hukumat, parlament a’zolari va boshqa rasmiylar hamrohligida yangi Tashkent City Mall majmuasini borib ko‘rdi. U do‘konlar, o‘yin maydonlari, fitnes markazi, mamlakatdagi birinchi IMAX kinoteatri va 31 qavatli mehmonxonani aylanib chiqdi, boshqa shaharlarda ham bunday markazlar zarurligini aytdi.
Toshkentda turar joy narxi yiliga 20 foizga oshmoqda. Aksariyat xaridorlarning fikricha, poytaxt ko‘chmas mulk bozorida pufak hosil bo‘lgan va u yorilish arafasida. O‘zi pufak qanday hosil bo‘ladi? U haqiqatan ham bormi? Uy sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak? Tahlilchi Denis Sokolov maqolasi shu haqda.
Toshkent ekologik zonalarga bo‘linadi. Ularga kirishni avtomobil chiqaradigan ifloslantiruvchi moddalar darajasiga qarab cheklash rejalashtirilgan. Bu darajani aniqlash va avtomobilni RFID stikerlari bilan belgilash Fayzoboddagi diagnostika markazida bo‘ladi. Prezident markaz faoliyati bilan tanishdi. Foto.
11-martdan boshlanadigan Ramazon oyi, benzin import qilishdagi muammolar, uchta tumanga tayinlangan hokimlar, 5 yil ichida taqiqlangan mingdan ortiq manba va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, Buxoro tumani hokimi esa sog‘lig‘idagi muammo tufayli lavozimidan ozod etildi. Ularning o‘rniga yangi hokimlar tasdiqlandi.
Prezident Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika sport mahorati maktabiga tashrif buyurdi. Muassasa 1−11-sinflardagi 105 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. Bu yerda 91 nafar bola tahsil olmoqda. Ular qo‘shni 175-maktabda umumiy ta’lim darslarida qatnashadi.
Italiya matbuoti mamlakat o‘smirlar terma jamoasining uch nafar a’zosi o‘zbekistonlik 17 yoshli qilichboz qizni zo‘rlaganlikda gumonlanayotgani haqida xabar berdi. O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi raddiya e’lon qilib, Italiya qilichbozlik federatsiyasini “maxsus tayyorlangan yolg‘on xabar"da aybladi.
Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabiga bordi. U yerga ilk bor 2022-yilda yosh sportchilar qabul qilingan, hozir 50 nafar o‘quvchi saboq olmoqda. Boks maktabi 175 o‘ringa mo‘ljallangan, 5−11-sinflarga har yili 25 nafardan o‘quvchi olinadi.
Tojikistonda bo‘lib o‘tgan E-GATE konferensiyasi doirasida Uzum ekotizimi ekspertlari va Uzum Market marketpleysining sotuvchilari 19 ta davlat vakillari bilan E-commerce sohasidagi bilimlari bilan almashishdi.
Fransiya o‘z Konstitutsiyasida abort qilish huquqini mustahkamlab qo‘ygan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartirish ko‘pchilik deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Prezident Emmanuel Makron qarorni milliy g‘urur va butun dunyoga signal deb atadi.
Raqobat qo‘mitasi benzin importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning yettita asosiy muammosini o‘rgandi. Ular orasida temir yo‘l logistikasining qimmatligi, kredit yuklamasining yuqoriligi, majburiy sertifikatlash talabi, katta hajmdagi benzinni saqlash uchun sig‘imlarning yo‘qligi va boshqalar bor.
Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uyning buzilishi mumkinligi haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tuman va shahar hokimliklari “snos” qarori yo‘qligini ma’lum qildi. Uyda hozircha odamlar yashab turibdi, bo‘shatilgan xonadonlarda esa derazalar demontaj qilinmoqda. Quruvchi kim ekani noma’lum.
O‘zbekistonda 2019-yildan beri Oliy sudning 80 dan ortiq qarori asosida 1000 dan ziyod manbaa taqiqlangan. Ulardagi materiallar diniy aqidaparastlik, ekstremistik va terroristik g‘oyalarini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan deb topilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting