YHXX hududiy boshqarmalari “innovatsion” yechimlari bilan muntazam hayron qoldirib keladi. Bu safar navbat poytaxt YHXBga. Ular piyodalarga tartibga solinmagan o‘tish joyidan o‘tayotganda qo‘llarini ko‘tarishni tavsiya qildi. Muammo shundaki, bu harakat ko‘chalarni hech qanaqasiga xavfsizroq qilib qo‘ymaydi.
Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlarning kredit olish uchun arizasini belgilangan muddatda ko‘rib chiqmagani aniqlandi. Xususan, murojaatlardan birini ko‘rib chiqish 60 kunga kechikkan. Ular ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Qarshida faoliyat yurituvchi AYOQSH elektr hisoblagichni o‘zboshimchalik bilan alishtirib, 1 mlrd 85 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi, hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Transport vazirligi 5 ta yo‘nalishda yangi muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Avtobuslar Toshkentdan Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo hududlariga qatnaydi.
“Cotton Club va Korzinka NRG’dan kvartira o‘ynamoqda” aksiyasi doirasida Korzinka supermarketlar tarmog‘i mehmonlari NRG Jomiy’dan kvartira yoki 1 mln so‘mlik xarid sertifikatiga ega bo‘lishi mumkin.
1-sentabrdan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori hamda boshqa nafaqa va to‘lovlar 15 foizga oshiriladi.
IT Park universiteti amaliyotga e’tibor qaratgan holda gibrid ta’limni va jahon IT kompaniyalari bilan hamkorlikni taklif qilib, UZBMB (DTM) testi natijalari asosida imtihonsiz talabalikka qabul qiladi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi rahbari va Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimi vazifalarida ishlagan Muzaffar Saliyev 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U talon-toroj qilish va mansab soxtakorligi jinoyatlarida aybli deb topilgan.
Zo‘ravonlikka uchragan bolalar bo‘yicha muammo bo‘lmasligi mumkin, lekin zo‘ravonlik qilgan shaxslar bilan ishlashda muammo bor, deya fikrlarini bildirdi Tanzila Narbayeva bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullashda. “Ish faqatgina bir tomonlama bo‘lishi kerak emas”, — deydi Senat raisi.
Senatda poytaxtdagi uchta piyodalar yerusti yo‘liga 10 ta lift va 6 ta eskalator o‘rnatish muhokama qilindi. Hokimning birinchi o‘rinbosari buni moliyalashtirish kengash tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng bosqichma-bosqich ko‘rilishini aytdi. “Gazeta.uz” piyodalar o‘tish joylari bilan nima noto‘g‘riligini tushuntiradi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda hamkorlikni kengaytirish, strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirishni ko‘rib chiqdi. Kremlga ko‘ra, “xalqaro va mintaqaviy kun tartibi masalalari Rossiyaning BRIKSga amaldagi raisligini hisobga olgan holda muhokama qilindi”.
Senatorlar “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Zo‘ravonlik shakllariga g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatatsiya va bullingni ham kiritish, shuningdek, bolalarni himoyalash tartibini joriy etish va tarbiya jarayonida jismoniy jazolashni taqiqlash taklif etilmoqda.
Senat Vazirlar Mahkamasi faoliyatini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot, budjet, moliya, soliq, ijtimoiy soha, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari aniq belgilab qo‘yilmoqda.
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 16 yoshli yigit o‘z opasini “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgani” uchun o‘ldirdi. U qo‘lga olinib, holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Senatorlar 100 dan ortiq hujjatni, jumladan, 9 ta qonunni o‘zida jamlagan Tadbirkorlik kodeksini ma’qulladi. U tadbirkorlikni uchta toifaga bo‘ladi, davlat tomonidan tartibga solishning chegara va shakllarini, yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullana olmaydigan faoliyat turlarini va boshqalarni belgilaydi.
Mart oyida Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanidagi sayilda gaz balloni portlab, 1 kishi vafot etgan, 14 kishi esa jarohat olgandi. Sud bu ishda ballon egasi, sayilga baliq sotish uchun borgan 22 yoshli yigitni aybdor deb topdi. Unga nisbatan 2,5 yil qamoq va 360 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi.
“Taskin” hospisi bemorlari tabletka ko‘rinishida morfin oladigan bo‘ldi. Avvallari og‘riqni qoldirish og‘riqli edi, chunki preparat in’eksiya orqali yuborilardi. Hospis rahbari “Gazeta.uz"ga bu nega muhimligi va onkobemorlar hayotini yengillatish uchun yana nimalar qilish kerakligi haqida so‘zlab berdi.
Markaziy Osiyoning beshta davlatida 0−17 yoshdagi 60 mingga yaqin bola, buning salbiy ta’siriga qaramay, internat muassasalarida qolmoqda. YUNISEF 2030-yilga qadar barcha yirik internat turidagi muassasalarni yopishga qaratilgan yettita tavsiyani e’lon qildi.
Qovun va tarvuzlar yetarli darajada pishmagan yoki yetishtirilishida kimyoviy o‘g‘itlardan ko‘p foydalanilgan bo‘lsa, bu salomatlikka jiddiy xavf tug‘diradi, deydi SSV. Vazirlik bu mahsulotlarni to‘g‘ri tanlash va ulardan zaharlanmaslik uchun nima qilish lozimligi bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Toshkent shahrida Monza, Cobalt, Spark va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jarohat olmadi. Avtomobillar texnik shikastlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting