Arxiv

Reportaj: Boysunliklar M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib qanday yashayapti?
14 noyabr 2024, 13:37

Reportaj: Boysunliklar M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib qanday yashayapti?

M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib ham aholi mavhumlik va mish-mishlar ichida yashashda davom etyapti. Kasalxonalarga hamon zaharlanish alomatlari bilan bemorlar olib kelinmoqda. Bu zaharlanishlarning uzoq istiqbolda organizmga qanday ta’siri qilishi noma’lum. “Gazeta.uz"ning Boysundan yangi reportaji.

Samarqandda avtobus urib yuborgan 3-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi
14 noyabr 2024, 12:44

Samarqandda avtobus urib yuborgan 3-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi

Samarqandda avtobus haydovchisi maktab yaqinida yo‘ldan o‘tayotgan 3-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Bola voqea joyida halok bo‘ldi. Suratda yo‘lni ajratib turuvchi chiziqda maktab o‘quvchisining maketi o‘rnatilganini ko‘rish mumkin. “Gazeta.uz” bunday maketlar xavfni kamaytirishi o‘rniga oshirishi haqida ko‘p yozgan.

Oktabrda yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga kamaydi
14 noyabr 2024, 12:43

Oktabrda yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga kamaydi

Oktabr oyida O‘zbekistonda yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga kamaydi (95,4 ming dona). Sotuvlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli pasaygan (-43,3 foiz). Oy davomida ikkilamchi bozorda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar kam avtomobil sotildi.

Adaptiv sport turlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
14 noyabr 2024, 12:38

Adaptiv sport turlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari sport bilan shug‘ullanishni istagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida bepul sport bilan shug‘ullanish uchun yo‘llanma berishni boshlaydi. Shuningdek, adaptiv sport turlari ommalashtiriladi va rivojlantiriladi.

Sirdaryoda 400 dollar pora olgan YHXB katta inspektori 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
14 noyabr 2024, 12:09

Sirdaryoda 400 dollar pora olgan YHXB katta inspektori 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sirdaryo viloyatida YTH sodir etgan haydovchiga dastlabki tekshiruv materiallarini uning foydasiga hal qilish va avtomobilni jarima maydonchadan qaytarib olishga ko‘maklashishni aytib, 400 dollar so‘ragan YHXB katta inspektori 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Piskentdagi avtopoligonda import avtomobillarni sinovdan o‘tkazish uchun navbat yuzaga keldi. Sabablar
14 noyabr 2024, 10:24

Piskentdagi avtopoligonda import avtomobillarni sinovdan o‘tkazish uchun navbat yuzaga keldi. Sabablar

1-noyabrdan O‘zbekistonga olib kelinadigan avtomobillar bojxonada emas, balki Piskentdagi poligonda texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Jarayon ko‘p vaqt talab etadi, sertifikat narxi esa 3,5 barobarga oshdi (keyinchalik narx biroz pasaytirildi). “Gazeta.uz” texnik ko‘rik o‘tkazuvchi UzTest bilan suhbat qildi.

Samarqandda o‘quvchi qizni zo‘rlashda 9 kishi gumonlanmoqda
14 noyabr 2024, 09:47

Samarqandda o‘quvchi qizni zo‘rlashda 9 kishi gumonlanmoqda

Samarqand viloyatida maktab o‘quvchisini o‘g‘irlash va zo‘rlashda gumonlanuvchilar 9 nafar bo‘lib, ularning orasida prokuratura xodimi ham bor. Ularning 8 nafari qo‘lga olingan, deb xabar qildi Bosh prokuratura.

School 21 hamkorlar uchun ta’lim loyihalari taqdimotini o‘tkazdi
14 noyabr 2024, 09:00

School 21 hamkorlar uchun ta’lim loyihalari taqdimotini o‘tkazdi

School 21 da 50 dan ortiq maktab hamkorlari, jumladan, IT kompaniyalari va universitetlarni birlashtirgan ta’lim mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Xush kelibsiz”. Bayden Oq uyda Tramp bilan uchrashdi
13 noyabr 2024, 23:36

“Xush kelibsiz”. Bayden Oq uyda Tramp bilan uchrashdi

AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden Oq uydagi Oval kabinetda saylangan prezident Donald Tramp bilan uchrashdi. Bayden, avval ham aytilganidek, hokimiyatni topshirish silliq kechishiga ishontirdi.

Inflyatsiya fonida rivojlangan mamlakatlar aholisining hukumatga ishonchi yo‘qolishda davom etmoqda — FT
13 noyabr 2024, 21:53

Inflyatsiya fonida rivojlangan mamlakatlar aholisining hukumatga ishonchi yo‘qolishda davom etmoqda — FT

Inflyatsiyaning o‘sishi rivojlangan mamlakatlar aholisining noroziligini keltirib chiqarib, hukumatga bo‘lgan ishonchga putur yetkazmoqda. Saylovchilarning iqtisodiy vaziyatdan hafsalasi pir bo‘lishi Trampning AQShdagi g‘alabasi hamda Britaniya va Yaponiya hukmron partiyalarining mag‘lubiyatiga olib keldi, deb yozadi FT.

Qatarga qarshi o‘yinda birgina aniq zarba natijaga ta’sir qilishi mumkin — murabbiy Vlado Radmanovich
13 noyabr 2024, 20:54

Qatarga qarshi o‘yinda birgina aniq zarba natijaga ta’sir qilishi mumkin — murabbiy Vlado Radmanovich

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Vlado Radmanovich Qatar bilan o‘yinoldi matbuot anjumanida bittagina aniq zarba, bitta dribling yoki birgina xato uchrashuv natijasini hal qilib qo‘yishi mumkinligini ta’kidladi. “Yutqazmaslik yaxshi natija bo‘ladi, deb hisoblash mumkin”, — dedi u.

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil oktabrida: Vayronkor “Obod mahalla”, “Lolazor”dagi vazir, o‘zbeklar YouTube’da qancha pul topadi?
13 noyabr 2024, 20:37

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil oktabrida: Vayronkor “Obod mahalla”, “Lolazor”dagi vazir, o‘zbeklar YouTube’da qancha pul topadi?

“Gazeta.uz” YouTube’da o‘zbekistonliklar tayyorlagan kontent sarhisobini yuritishda davom etadi. Oktabrda piyoda sayohatchilar va sport sharhlovchilari trendda bo‘ldi, ayrim blogerlar YouTube’da qancha pul topishini aytib berdi. Nobel sovrindori O‘zbekistonga, O‘zbekiston energetika vaziri esa “Lolazor”ga keldi.

Mulohaza: Ma’naviyat ekspertizasi — Konstitutsiya taqiqlagan senzura
13 noyabr 2024, 20:05

Mulohaza: Ma’naviyat ekspertizasi — Konstitutsiya taqiqlagan senzura

Ma’naviyat markazi tele- va radiokanallar, ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkazilishini e’lon qildi. Komil Jalilovning fikricha, bu — senzura. “Ular “senzura o‘rnatmaymiz” deyapti, lekin senzura o‘rnatishini tan olyapti”, — deb yozadi u o‘z maqolasida.

Ukrainada prezidentlik saylovi 2025-yil may oyida bo‘lib o‘tishi mumkin — Economist
13 noyabr 2024, 18:55

Ukrainada prezidentlik saylovi 2025-yil may oyida bo‘lib o‘tishi mumkin — Economist

Ukrainada prezident saylovi uchun “ma’lum tayyorgarliklar” boshlandi, muhokama qilinayotgan sana — 2025-yil 25-may, deb yozmoqda Economist nashri. Ukraina prezidenti ofisi buni rad etmoqda.

Eksport subsidiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda — prezident
13 noyabr 2024, 18:53

Eksport subsidiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda — prezident

Shavkat Mirziyoyev COP29 konferensiyasi doirasida JST bosh direktori bilan uchrashdi. Ular O‘zbekistonning tashkilotga qo‘shilishidagi dolzarb jihatlar, xususan, a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar, qonunchilikni moslashtirish, shuningdek, eksport subsidiyalarini bekor qilish masalalarini muhokama qildi.

Andijonda 9 yoshli qiz Damas urib ketishi oqibatida vafot etdi
13 noyabr 2024, 17:05

Andijonda 9 yoshli qiz Damas urib ketishi oqibatida vafot etdi

Andijonning Asaka tumanida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni Damas urib ketdi. Hodisa oqibatida qiz shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun qaysi davlat tashkilotlari va kompaniyalarga tatbiq etiladi? Ro‘yxat
13 noyabr 2024, 15:45

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun qaysi davlat tashkilotlari va kompaniyalarga tatbiq etiladi? Ro‘yxat

O‘zbekistonda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi. Unga deyarli barcha davlat organlari, yirik davlat korxonalari, hokimiyatlar, vazirliklar kiritildi. Yil boshidan beri 1488 nafar xodim kompaniya ta’sischisi ekani aniqlandi.

Qonuniy tashqi reklama konstruksiyalari noqonuniy buzilganda Biznes ombudsmanga xabar berish so‘raldi
13 noyabr 2024, 15:27

Qonuniy tashqi reklama konstruksiyalari noqonuniy buzilganda Biznes ombudsmanga xabar berish so‘raldi

Tadbirkorlarning qonun talablariga mos o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari noqonuniy buzilsa, 1100 qisqa raqami orqali biznes ombudsmanga murojaat qilishga chaqirildi.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi
13 noyabr 2024, 14:40

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi

Davaktiv “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” korxonasining 35 foiz ulushi sotilganini e’lon qildi. Kelishuv 200 mlrd so‘mga baholangan. Xaridor Cotton Logistics bo‘ldi.

Toshkentda pulli “parkovka”lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
13 noyabr 2024, 14:37

Toshkentda pulli “parkovka”lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi

Toshkent shahri hokimligi pulli to‘xtash joylarini boshqarish huquqi uchun auksion o‘tkazadi. Maydonlarning umumiy hajmi 262,8 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Barcha to‘xtash joylari bir lot sifatida sotilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting