Arxiv

Poyezdlarning kupe vagonlari chiptalari narxidan konditsioner uchun to‘lov chiqarib tashlandi
1 avgust 2024, 19:31

Poyezdlarning kupe vagonlari chiptalari narxidan konditsioner uchun to‘lov chiqarib tashlandi

O‘zbekistonda poyezdlarning kupe vagoni chiptalari narxidan konditsioner uchun to‘lov chiqarib tashlandi va bu xizmat bepul bo‘ldi, deb xabar qildi Raqobat qo‘mitasi. Agar yo‘lovchilarda konditsioner ishlamayotgani haqida dalillar bo‘lsa, ularga kompensatsiya to‘lanadi.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi va Matiz jarlikka quladi. Qurbonlar bor
1 avgust 2024, 19:02

Qamchiq dovonida yuk mashinasi va Matiz jarlikka quladi. Qurbonlar bor

Qamchiq dovonida tormozdagi nosozlik sabab yuk mashinasi, Matiz va Cobalt to‘qnashdi. Oqibatda ularning ikkitasi jarlikka quladi. Ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi.

Iyul oyida deflyatsiya 0,3% bo‘ldi. O‘zbekistonda oziq-ovqat va boshqa tovarlar narxi qanday o‘zgardi?
1 avgust 2024, 18:39

Iyul oyida deflyatsiya 0,3% bo‘ldi. O‘zbekistonda oziq-ovqat va boshqa tovarlar narxi qanday o‘zgardi?

Iyulda O‘zbekistonda sabzavot va mevalar hamda deyarli barcha asosiy oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, sariyog‘ va guruchdan tashqari) narxlarining mavsumiy pasayishi fonida 0,28 foizli deflyatsiya qayd etildi. Yillik inflyatsiya 10,47% gacha sekinlashdi. Dori-darmon, poyezd va samolyot chiptalari, propan narxi oshdi.

O‘zbekiston aholisi 37,1 million kishidan oshdi
1 avgust 2024, 18:02

O‘zbekiston aholisi 37,1 million kishidan oshdi

2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston aholisi 334 mingdan ziyodga ko‘payib, 37 million 134,2 ming kishini tashkil qildi. Ushbu olti oy davomida o‘lim darajasi so‘nggi 9 yilning birinchi olti oylari, shu jumladan, pandemiya davriga nisbatan eng yuqori bo‘ldi.

Xorijiy til o‘qituvchilaridan B2 sertifikatini talab qilish muddati uzaytirildi
1 avgust 2024, 16:42

Xorijiy til o‘qituvchilaridan B2 sertifikatini talab qilish muddati uzaytirildi

O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ishlayotgan xorijiy til o‘qituvchilaridan kamida B2 darajadagi til sertifikatini talab qilish muddati 2025−2026 o‘quv yiliga qadar uzaytirildi. Ungacha B2 sertifikati bo‘lmagan o‘qituvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi.

Pora bilan ushlangan Asaka tumani prokurori o‘rinbosari 8,5 yilga qamaldi
1 avgust 2024, 15:38

Pora bilan ushlangan Asaka tumani prokurori o‘rinbosari 8,5 yilga qamaldi

Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi sobiq xodimi va tuman prokurori o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan ushlangandi. Ular sud hukmi bilan 6 yil 1 oy va 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Andijonda YTH oqibatida 61 yoshli haydovchi vafot etdi
1 avgust 2024, 15:36

Andijonda YTH oqibatida 61 yoshli haydovchi vafot etdi

Baliqchi tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Nexia 2 avtomobilining 61 yoshli haydovchisi vafot etdi.

Bokschi Shahram G‘iyosov Migel Parrani mag‘lub etdi, ammo hakam qarori tufayli g‘alaba xavf ostida qoldi (video)
1 avgust 2024, 15:30

Bokschi Shahram G‘iyosov Migel Parrani mag‘lub etdi, ammo hakam qarori tufayli g‘alaba xavf ostida qoldi (video)

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov AQShda Migel Parra ustidan g‘alaba qozondi. Yettinchi raundda G‘iyosov jigarga aniq zarba berdi, biroq hakam buni kamardan pastroqqa berilgan zarba deb hisobladi va undan ochko olib qo‘ydi.

Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh — bu nega muammo va uni qanday hal qilish mumkin?
1 avgust 2024, 15:10

Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh — bu nega muammo va uni qanday hal qilish mumkin?

Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh — insoniyat tarixining deyarli barcha davru davlatlariga ma’lum, hozirda kurrai zaminning kamida 10 foiz aholisi hayotiga taalluqli bir fenomen. “Gazeta.uz” chor-atrofimizda hanuz uchrab turuvchi ushbu hodisa mohiyati va oqibatlarini o‘rganishga harakat qildi.

O‘zbekistonda avtomobillar uchun metan va propan narxi oshdi
1 avgust 2024, 14:25

O‘zbekistonda avtomobillar uchun metan va propan narxi oshdi

O‘zbekistonda yengil avtomobillar uchun metanning 1-avgustgacha belgilangan 3750 so‘m miqdoridagi chakana narx cheklovi to‘xtatildi. Endi yonilg‘i quyish shoxobchalari narxni o‘zlari belgilaydi, u o‘rtacha 200−500 so‘mga ko‘tarildi. Propan narxi keskin oshib, ikki oy ichida 44 foizga yuqoriladi.

Samarqandda Nexia urib yuborishi oqibatida erkak va uning 4 yoshli qizi halok bo‘ldi
1 avgust 2024, 12:12

Samarqandda Nexia urib yuborishi oqibatida erkak va uning 4 yoshli qizi halok bo‘ldi

Kattaqo‘rg‘on tumanida Nexia mashinasining mast haydovchi velosipedda 4 va 7 yoshli qizlari bilan ketayotgan yo‘lovchini urib yubordi. Oqibatda ota va kichik qiz voqea joyida halok bo‘ldi, haydovchi qamoqqa olindi.

Tashabbusli budjetda ketma-ket g‘olib bo‘lgan mahallalar keyingi ikki mavsumda qatnashmaydi
1 avgust 2024, 11:32

Tashabbusli budjetda ketma-ket g‘olib bo‘lgan mahallalar keyingi ikki mavsumda qatnashmaydi

Tashabbusli budjetda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi. Ovoz berishdan avval 7 kunlik targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi. Ovoz berish bosqichi 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.

Toshkentda YPX inspektorini mashinasida sudragan haydovchi 15 sutkaga qamaldi
1 avgust 2024, 11:29

Toshkentda YPX inspektorini mashinasida sudragan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda YPX inspektorini avtomashinasi kapotida sudragan haydovchi 15 sutkaga qamaldi. U xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirib, bir necha qoidabuzarliklar sodir etgan.

Parijdagi Olimpiadaning 6-kuni: Anna Prakaten yarim finalda, 2 bokschi chorak finalda o‘ynaydi
1 avgust 2024, 11:01

Parijdagi Olimpiadaning 6-kuni: Anna Prakaten yarim finalda, 2 bokschi chorak finalda o‘ynaydi

Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining 6-kunida akademik eshkak eshuvchi Anna Prakaten yarim finalda qatnashadi. Dzyudochilar Muzaffarbek To‘raboyev va Irisxon Qurbonboyeva o‘z yurishini boshlaydi. Bokschilardan Lazizbek Mullojonov va Ruslan Abdullayev chorak, Sabina Boboqulova va Navbahor Hamidova 1/16 finalda bellashadi.

Italiya bosh vaziri Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi
1 avgust 2024, 10:36

Italiya bosh vaziri Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ldi va qaytayotib, Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi. U bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov uchrashdi.

Afg‘onistonning Royal ichimligida me’yordan ortiq bo‘yoq borligi aniqlandi
1 avgust 2024, 09:33

Afg‘onistonning Royal ichimligida me’yordan ortiq bo‘yoq borligi aniqlandi

Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan Royal anor sharbati tarkibidagi E122 azorubin bo‘yog‘i me’yordan oshib ketgan, deb xabar qildi Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasi. Ushbu bo‘yoq bolalarning faolligi va diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yaponiyada guruch zaxiralari 1999-yildan beri eng past darajaga yetdi, sabab — sayyohlar va kam hosil
31 iyul 2024, 23:47

Yaponiyada guruch zaxiralari 1999-yildan beri eng past darajaga yetdi, sabab — sayyohlar va kam hosil

Yaponiyada guruch zaxiralari hosil kamayishiga olib kelgan turizm bumi va jazirama tufayli so‘nggi o‘nyilliklardagi eng past darajaga tushdi. Tanqislik sharoitida ekin narxi 30 yillik maksimumga yetdi.

Kim Chen In hokimiyatni qiziga topshirishga tayyorlanmoqda — OAV
31 iyul 2024, 23:28

Kim Chen In hokimiyatni qiziga topshirishga tayyorlanmoqda — OAV

Janubiy Koreya razvedkasi KXDR yetakchisi qizi Kim Ju Eyni vorislikka tayyorlashni boshlagan, deb hisoblamoqda. Yosh bo‘lishiga qaramay (taxminan 11 yoshda), u barcha muhim tadbirlarda, jumladan, raketa sinovlarida otasiga hamroh bo‘lmoqda.

Parij-2024: O‘zbekistonning yana ikki bokschisi chorak finalga chiqdi
31 iyul 2024, 23:02

Parij-2024: O‘zbekistonning yana ikki bokschisi chorak finalga chiqdi

Bokschilar Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Parij Olimpiadasidagi debyutini g‘alaba bilan boshlab, chorak finalga yo‘l oldi. 31-iyul kungi bahslarda qatnashgan kamonchilar va dzyudochilar musobaqani medallarsiz yakunladi.

31-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
31 iyul 2024, 22:32

31-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Timur Kapadzening Olimpiadadagi ishtirok haqidagi fikrlari, bir nechta mahsulotlarda kamchiliklar aniqlagan Raqobat qo‘mitasi, elektr uchun to‘lovlarda ehtimoliy uzilishlar, Qozog‘istonga boradigan Shavkat Mirziyoyev va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting