Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova o‘zbekistonliklardan raqibi Uta Abe haqida haqoratomuz fikrlar yozishni to‘xtatish va barchaga hurmat ko‘rsatishni so‘radi. Avvalroq 5 yil mag‘lubiyatga uchramagan yaponiyalik sportchi Keldiyorovaga yutqazganida, nega yig‘lab yuborganini tushuntirgandi.
Iqlim o‘zgarishi milliy markazi shaharlarning ekologik barqarorligini yaxshilash bo‘yicha hokimliklar uchun qo‘llanma ishlab chiqdi. Sinov versiyalari Samarqand va Buxoro shaharlari uchun tayyorlangan. Ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tavsiyalar prezidentga ham taqdim etilgan.
O‘zbekistonda havo ifloslanishi haqida gap ketsa, ko‘pincha “chang” eslanadi. U haqiqiy muammoni xaspo‘shlashning qulay vositasiga aylangan. Havo ifloslanishida changning roli qanday, 2021-yil noyabrida Toshkent nima uchun changga ko‘mildi va muammoni qanday hal qilish mumkin? “Gazeta.uz” javob izlaydi.
Prezident O‘zbekiston xalqini Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi. U jahonda ishonch inqirozi hukm surayotganini, mamlakatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni “buzg‘unchi yot g‘oya va oqimlar"dan asrash ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish talab etilayotganini alohida ta’kidladi.
Raqobat qo‘mitasi “Toshkent issiqlik markazi” 2023-yilda me’yordan 4,7 mln metr kub ortiqcha suv sarflab, bu orqali 2,5 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olganini aniqladi. TIMga nisbatan ish qo‘zg‘atildi va ushbu mablag‘ni qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Sayxunobod tumanida 21 tup qayrag‘och daraxtini kesib, ularni sotgan uch kishi 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Qolaversa, 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar undirishi belgilandi.
Samarqand shahrida Labo haydovchisi 9 yoshli velosipedchini urib yubordi. Bola tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.
Chorvoq suv ombori sohilidagi Shayx Umar Valiy maqbarasi ziyoratgohi joylashgan go‘zal Bog‘iston qishlog‘i chiqindixonaga aylanmoqda. Yevgeniya Mo‘minova achinarli vaziyat haqida gapirib, bu joy sayyohlar va tabiiy go‘zallikni yo‘qotmasdan oldin muammoni hal qilish yo‘llarini taklif qildi.
Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekistonda havo haroratining biroz pasayishi kutilmoqda. Hafta o‘rtasidan esa harorat 2−3 darajaga ko‘tariladi.
Parij olimpiadasi chempioni dzyudochi Diyora Keldiyorova g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U oltin medali O‘zbekistonda ayol sportchilarga katta yo‘l ochishiga ishonch bildirdi. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi ayollar hayotini o‘zgartirish uning missiyasi ekanini ta’kidladi.
Oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi. Qiymat o‘tgan o‘quv yiliga qaraganda 15 foizga oshirilgan.
Samarqandda 49 kishini chet davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. U ikki kishini Angliyaga ishga yuborishi uchun olgan 4,5 ming dollarning bir qismini qaytarayotganida qo‘lga tushdi.
Futzal muxlislariga poyezd uchun chegirma beriladi, avtoraqamlar tasodifiy generatsiya yo‘li bilan beriladi, tibbiyot chiqindilari issiqlik energiyasi uchun ishlatiladi — 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?
“Afrosiyob” elektrpoyezdlarining ertalabki qatnovini 1 soat oldin boshlash taklif qilinmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi buni sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash bilan izohladi. Yo‘lovchilar mazkur o‘zgartirish bo‘yicha o‘z munosabatlarini bildirishi mumkin.
Dushanba kuni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qilichboz Zaynab Dayibekova, dzyudochilar Murodjon Yo‘ldoshev va Shukurjon Aminova, akademik eshkak eshuvchi Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev bahslarga kirishadi. Bokschilar Ruslan Abdullayev va Bahodir Jalolovni ham janglar kutmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev dzyudochi Diyora Keldiyorovaga qo‘ng‘iroq qilib, uni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. Sportchi o‘zining g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha Parij olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi. U terma jamoaga ilk medalni taqdim etish bilan birga yozgi olimpiada o‘yinlari tarixida sovrindor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik ayol sportchi bo‘ldi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli dorboz va ekolog Tursunali Mamajonov 75 yoshida vafot etdi.
Parij olimpiadasining dzyudo bo‘yicha bahslarida Diyora Keldiyorova amaldagi jahon hamda Tokio Olimpiadasi chempioni yaponiyalik Uta Abeni mag‘lub etdi. 2019-yildan beri jahon turnirlarida yengilmagan Uta ko‘zda yosh bilan musobaqani tark etdi. Diyora Keldiyorova esa yana bir raqibini yengib, yarim finalga chiqdi.
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda jazirama ob-havo kuzatilmoqda. Ko‘chada uzoq vaqt yurish oftob va issiq urishiga olib kelishi mumkin. “Gazeta.uz” umumiy amaliyot shifokori Javohir Xolmuhamedov bilan bu holatlar o‘rtasidagi farq, ularning oldini olish va zarurat bo‘lsa, birinchi yordam ko‘rsatish haqida suhbatlashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting