Arxiv

BMT Bosh assambleyasi Rossiyadan Zaporoje AESdan qo‘shinlarini olib chiqishni talab qildi
12 iyul 2024, 15:22

BMT Bosh assambleyasi Rossiyadan Zaporoje AESdan qo‘shinlarini olib chiqishni talab qildi

BMT Bosh assambleyasi Ukraina atom inshootlari xavfsizligi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. Unda Rossiyadan Zaporoje AESdan qo‘shinlarini zudlik bilan olib chiqib ketish va uni to‘liq Ukraina hukumati nazoratiga qaytarish talab etiladi.

Chirchiqda Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali ochiladi
12 iyul 2024, 15:11

Chirchiqda Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali ochiladi

Chirchiq shahrida Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali tashkil etiladi. Filialga belgilangan tartibda litsenziya olingandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.

Iyunda yengil avtomobillar savdosi 2021-yil oxiridan beri eng past darajaga tushdi
12 iyul 2024, 14:47

Iyunda yengil avtomobillar savdosi 2021-yil oxiridan beri eng past darajaga tushdi

Iyun oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda 77,6 mingta yengil avtomobil oldi-sotdisi ro‘yxatga olindi, bu 2021-yil dekabridan beri eng past ko‘rsatkichdir. Eng yuqori pasayish minilgan avtomobillarga to‘g‘ri keldi.

Kambag‘allikni qisqartirish Ijtimoiy himoya agentligi zimmasida bo‘ladi
12 iyul 2024, 14:24

Kambag‘allikni qisqartirish Ijtimoiy himoya agentligi zimmasida bo‘ladi

Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya masalasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi zimmasiga yuklanadi, dedi prezident. Hozir kambag‘allik masalalari bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi shug‘ullanadi, oldin bunga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi javob bergan.

Farg‘ona viloyatida rahbarlar har kuni 5 nafar tadbirkorni qabul qiladi
12 iyul 2024, 13:38

Farg‘ona viloyatida rahbarlar har kuni 5 nafar tadbirkorni qabul qiladi

Farg‘ona viloyatida rahbarlarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi, dedi prezident Quvadagi yig‘ilishda. Viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, 19 ta tuman va shahar hokimlari har kuni 5 nafar tadbirkor va investorni qabul qilib, ularning muammolarini hal etadi.

Rossiyada qarovsiz qolgan 7 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
12 iyul 2024, 12:53

Rossiyada qarovsiz qolgan 7 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz yoki ota-onasi nazoratisiz qolib ketgan, Voyaga yetmaganlar markazlarida yashayotgan 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Endi ular ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi.

Dam olish kunlari harorat pasayishi kutilmoqda
12 iyul 2024, 11:29

Dam olish kunlari harorat pasayishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yidan nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat +30…+35 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Andijon biokimyo zavodi 101,3 mlrd so‘mga xususiylashtirildi
12 iyul 2024, 11:13

Andijon biokimyo zavodi 101,3 mlrd so‘mga xususiylashtirildi

Andijon biokimyo zavodi ustav kapitalidagi 96 foiz davlat aksiyalar paketi 101,3 mlrd so‘mga Jasminye Gold Group’ga sotildi.

Qonunchilik palatasi vitse-spikerlaridan biri o‘lim jazosini yoqladi, boshqa biri — qarshi
12 iyul 2024, 10:48

Qonunchilik palatasi vitse-spikerlaridan biri o‘lim jazosini yoqladi, boshqa biri — qarshi

Qonunchilik palatasining ikki vitse-spikeri o‘lim jazosini qaytarish bo‘yicha turli fikrlarni bildirdi. Alisher Qodirov Toshkentda bolaning o‘ldirilishiga oid xabardan so‘ng bunday qotillar “yashamasligi kerak”, dedi. Odiljon Tojiyev esa o‘lim jazosi jinoyatni kamaytirmasligini ta’kidladi.

O‘zbekistonning 6 ta viloyatiga sel kelishi mumkin
12 iyul 2024, 09:31

O‘zbekistonning 6 ta viloyatiga sel kelishi mumkin

O‘zbekistonning oltita viloyatidagi tog‘li joylarda 13−16-iyul kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

Andijondagi sement zavodiga nisbatan antidemping ishi ochildi
11 iyul 2024, 23:27 1

Andijondagi sement zavodiga nisbatan antidemping ishi ochildi

Raqobat qo‘mitasi aprel oyi oxirida Andijon viloyatida ishga tushirilgan Shangfeng — Bridge of Friendship O‘zbekiston-Xitoy sement zavodiga nisbatan ish ochdi. Boshqa sement ishlab chiqaruvchilari zavod mahsulotni tannarxidan arzon sotayotganidan shikoyat qildi.

O‘zbekistonda avtomobilni qayta jihozlash imkoniyatlari kengaytirildi
11 iyul 2024, 23:00 2

O‘zbekistonda avtomobilni qayta jihozlash imkoniyatlari kengaytirildi

Hukumat qarori bilan avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnomalar berish muddati 15 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda. Avtomobil qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati 4 barobardan ko‘proqqa kengaydi.

11-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
11 iyul 2024, 22:38

11-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi, pensiya tizimini takomillashtirish taklifi, 1-avgustdan ishga tushadigan elektr energiyasi bo‘yicha yangi billing tizimi, “Baxti Tashkentskiy"ga 20 yil so‘ragan prokuror va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Marg‘ilonda 25 ming aholiga mo‘ljallangan yangi massiv quriladi
11 iyul 2024, 22:24

Marg‘ilonda 25 ming aholiga mo‘ljallangan yangi massiv quriladi

Marg‘ilonda 110 gektar maydonda yangi turar joy massivi quriladi. Bu yerda 5 ming xonadonli uylar, institutlar, mehmonxonalar, savdo markazlari, park va boshqa obyektlar bo‘ladi. Prezidentning Marg‘ilon jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvida shular haqida so‘z bordi.

Elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 1-avgustdan ishga tushiriladi
11 iyul 2024, 20:32

Elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 1-avgustdan ishga tushiriladi

O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangi billing tizimi 1-avgustdan joriy etiladi. Hozirda u Yakkasaroy tumanida sinov tarzida ishga tushirilgan. Unda abonent pasport ma’lumotlaridan tashqari, kadastr va hisobraqamlar haqidagi axborotlar ham aks etadi.

Toshkentda Lacetti va o‘t o‘chirish mashinasi to‘qnashdi
11 iyul 2024, 19:41

Toshkentda Lacetti va o‘t o‘chirish mashinasi to‘qnashdi

Toshkentda Lacetti yong‘in joyiga ketayotgan Isuzu o‘t o‘chirish mashinasining orqasiga urildi. Yengil avtomobil haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatildi.

Prezidentga Farg‘ona turizm halqasi loyihasi taqdim etildi
11 iyul 2024, 19:16

Prezidentga Farg‘ona turizm halqasi loyihasi taqdim etildi

Qo‘qonda prezidentga Farg‘ona turizm halqasini yaratish konsepsiyasi taqdim etildi. Halqani yaratishdan maqsad — sayyohlarning viloyatda qolish muddatini 3 kundan 7 kungacha uzaytirish.

UrDU dekani pora bilan ushlandi
11 iyul 2024, 18:51

UrDU dekani pora bilan ushlandi

Urganch davlat universiteti dekani abituriyentni ijodiy imtihondan o‘tkazib qo‘yish uchun taxminan 35 mln so‘m olayotganda qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yevro-2024: Yarim finaldan keyingi mulohazalar
11 iyul 2024, 18:41

Yevro-2024: Yarim finaldan keyingi mulohazalar

Top klublarda o‘ynamaydigan futbolchilar bilan ham zo‘r jamoa tuzsa bo‘ladi! Sautgeyt ayyormi yoki omadi chopgan murabbiy? “Taktika” jamoasi Yevro-2024 yarim finallarining ortda qolgan o‘yinlari haqida so‘z yuritadi.

Prokuror “Baxti Tashkentskiy”ga nisbatan 20 yil qamoq jazosini so‘radi
11 iyul 2024, 18:38

Prokuror “Baxti Tashkentskiy”ga nisbatan 20 yil qamoq jazosini so‘radi

Prokuror 44 ta epizod bo‘yicha ayblanayotgan “Baxti Tashkentskiy” (Baxtiyor Qudratullayev)ga 20 yil, uning o‘g‘illariga nisbatan esa 11 va 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘radi. Avvalroq ayblanuvchi nomi oshkor etilmagan davlat tashkiloti undan “ko‘cha”ni nazorat qilishni so‘raganini aytgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting