Arxiv

O‘mon o‘zbekistonliklar uchun 14 kunlik vizasiz rejim joriy qildi
1 iyul 2024, 17:44

O‘mon o‘zbekistonliklar uchun 14 kunlik vizasiz rejim joriy qildi

O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun 14 kunga vizasiz rejim joriy qildi. Ushbu muddatdan ko‘proqqa qolishni istaganlar aeroportga kirishda viza olishlari mumkin.

Qozog‘iston regulyatori Toncoin kriptovalyutasi bilan savdo qilishni ma’qulladi
1 iyul 2024, 17:17

Qozog‘iston regulyatori Toncoin kriptovalyutasi bilan savdo qilishni ma’qulladi

Qozog‘istonda endi Toncoin kriptovalyutasi bilan tegishli litsenziyaga ega platformalarda erkin savdo qilish mumkin. Qaror Pavel Durovning mamlakatga tashrifi chog‘ida qabul qilindi.

Bosh prokuratura Ramina Yagafarovaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qarorni o‘rganmoqda
1 iyul 2024, 15:34

Bosh prokuratura Ramina Yagafarovaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qarorni o‘rganmoqda

“Gazeta.uz”dagi maqoladan so‘ng Bosh prokuratura Chilonzor tuman prokuraturasining jurnalist Ramina Yagafarovaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorini o‘rganishga kirishdi. Avvalroq ekspertiza o‘lim sababi noto‘g‘ri davolash ekanini ko‘rsatgandi.

Iyul oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
1 iyul 2024, 15:33

Iyul oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Iyulning katta qismida harorat +35…+40, janubda va cho‘l hududlarda +43 darajagacha bo‘ladi, ba’zi kunlari 2−3 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Juda issiq (+40 va undan yuqori) kunlar soni 2−5, shimolda 6−8 kunni tashkil etishi mumkin.

1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?
1 iyul 2024, 15:23

1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

Maktablar oldida fotoradarlar o‘rnatiladi, IT bo‘yicha 1 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi, farmnazorat tizimi tashkil etiladi, 6 ta shaharda suv ta’minoti xususiy sektorga beriladi, ayrim bemorlar bepul davolanadi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Face ID joriy etiladi — 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

Hafta boshi salqin bo‘ladi, chorshanbadan havo isiy boshlaydi
1 iyul 2024, 14:50

Hafta boshi salqin bo‘ladi, chorshanbadan havo isiy boshlaydi

Dushanba, seshanba kunlari Volgabo‘yidan kelgan salqin havo oqimi sababli harorat +30…+33 darajagacha pasayadi. Chorshanbadan salqin havo chekinadi, ammo kuchli issiq kutilmaydi: harorat +38, janubda +41 darajagacha isishi mumkin.

Endi avtomobilni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnoma onlayn tarzda ham beriladi
1 iyul 2024, 14:28

Endi avtomobilni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnoma onlayn tarzda ham beriladi

Endilikda avtomobilni tasarruf etish (sotish, hadya qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish) ishonchnomasini notariusga bormasdan ham tasdiqlatish mumkin. Qolaversa, yana ikkita notarial xizmat onlayn formatga o‘tkazildi.

O‘zbekistonda iyunda 0,2 foizli mavsumiy deflyatsiya qayd etildi
1 iyul 2024, 13:00

O‘zbekistonda iyunda 0,2 foizli mavsumiy deflyatsiya qayd etildi

Iyun oxirida O‘zbekistonda sabzavot va mevalar hamda deyarli barcha asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining mavsumiy pasayishi fonida 0,2 foizli deflyatsiya qayd etildi. Shu bilan birga, yillik inflyatsiya 10,6 foizgacha tezlashdi. Dori-darmonlar narxi oshishda davom etmoqda, davlat bog‘chalari to‘lovi esa oshdi.

Surxondaryoda katta prokuror 10 ming dollar pora olganlikda gumonlanmoqda
1 iyul 2024, 12:49

Surxondaryoda katta prokuror 10 ming dollar pora olganlikda gumonlanmoqda

Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori 10 ming dollar pora olgani aytilmoqda. U tadbirkorga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish masalalarida ko‘maklashishini bildirgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.

O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy uchun ipoteka kreditlari sharhi
1 iyul 2024, 12:28

O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy uchun ipoteka kreditlari sharhi

O‘zbekistonda birlamchi uy-joy uchun xalqaro amaliyotga muvofiq ipoteka mavjud emas. Kredit faqat obyekt foydalanishga topshirilgandan keyingina ajratiladi. Realting.uz ko‘chmas mulk platformasining sharhida ikkilamchi uy-joy uchun banklar qanday shartlarda ipoteka kreditlarini taklif qilishi haqida so‘z boradi.

Fuqarolarni Angliya va Kanadaga noqonuniy ishga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
1 iyul 2024, 12:09

Fuqarolarni Angliya va Kanadaga noqonuniy ishga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqandda fuqarolarni 18 ming dollar evaziga Angliyaga, Andijonda 3 ming evaziga Kanadaga noqonuniy ishga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi. Qoraqalpog‘istonda esa 1,5 ming dollarga Serbiya yoki Bolgariyaga viza olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi.

Osiyo-Okeaniya chempionatida o‘zbekistonlik sambochilar 19 ta medal oldi
1 iyul 2024, 11:59

Osiyo-Okeaniya chempionatida o‘zbekistonlik sambochilar 19 ta medal oldi

Sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 1 ta kumush va 10 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Ular bu natija bilan ikkinchi o‘rinni band qildi.

Maktablar asosiy sanitariya va gigiyena sharoitlariga ega bo‘lishi lozim
1 iyul 2024, 11:51

Maktablar asosiy sanitariya va gigiyena sharoitlariga ega bo‘lishi lozim

Bolalar maktablarda toza suv va munosib sanitariya sharoitlaridan foydalanish huquqiga ega. Ularning yo‘qligi bolalar sog‘ligi va davomatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Natijalarga erishish ofisi muammo yuzasidan o‘tkazilgan tahlil natijalari bilan o‘rtoqlashdi.

Buxoroda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan kompaniya rahbari qamoqqa olindi
1 iyul 2024, 11:44

Buxoroda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan kompaniya rahbari qamoqqa olindi

Buxoro shahrida ko‘p qavatli uylar qurish bilan shug‘ullangan “Humo Aziya” MCHJ rahbari qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shaharning Islom Karimov va Sadriddin Ayniy ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarni sotib olish uchun shartnoma imzolagan fuqarolardan Tergov bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raldi.

Sirdaryoda yuk mashinasi yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus bilan to‘qnashdi
1 iyul 2024, 11:36

Sirdaryoda yuk mashinasi yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus bilan to‘qnashdi

Sirdaryo tumanida Isuzu yuk mashinasi ichida 14 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus bilan to‘qnashdi. Oqibatda avtobus ag‘anadi, bir kishi jarohatlandi.

Navoiyda 1,2 mlrd so‘mlik soxta pullar yoqib yuborildi
1 iyul 2024, 11:05

Navoiyda 1,2 mlrd so‘mlik soxta pullar yoqib yuborildi

Navoiy viloyatida bojxona xizmati xodimlari 1,2 mlrd so‘mlik soxta pullarni yoqib yubordi. Shuningdek, noqonuniy faoliyatdan olib qo‘yilgan 13,6 ming quti tamaki mahsulotlari, 30 ta elektron sigaret va tibbiy vositalar ham yoqib yuborildi. Foto.

“Foton” zavodining 85,58 foiz davlat ulushi 151 mlrd so‘mga xususiylashtirildi
1 iyul 2024, 10:28

“Foton” zavodining 85,58 foiz davlat ulushi 151 mlrd so‘mga xususiylashtirildi

Davaktiv agentligi radioelektron jihozlar uchun elektron texnika va integral mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi “Foton” korxonasining 85,58 foiz davlat ulushi Havvo Group MCHJga 151 mlrd so‘mga sotilganini ma’lum qildi.

“Qirollar dunyoga jo‘ngina qaraydilar, ular uchun jamiki odam — fuqaro”
1 iyul 2024, 08:29

“Qirollar dunyoga jo‘ngina qaraydilar, ular uchun jamiki odam — fuqaro”

Antuan de Sent-Ekzyuperi tavalludiga 29-iyun kuni 124 yil to‘ldi. Aslida uchuvchi bo‘lgan Ekzyuperini dunyo yozuvchi, aniqrog‘i, “Kichkina shahzoda"ning muallifi sifatida biladi. Bu asar dunyoning 300 dan ortiq tiliga, xususan, o‘zbekchaga ham o‘girilgan. Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” qissadan parchalar ulashadi.

Elektr energiyasini ogohlantirishsiz o‘chirgan “elektroset”larni jarimaga tortish rejalashtirilmoqda
30 iyun 2024, 19:40

Elektr energiyasini ogohlantirishsiz o‘chirgan “elektroset”larni jarimaga tortish rejalashtirilmoqda

IT-tadbirkor elektr ta’minotining tez-tez uzilishidan shikoyat qildi, shu sababli u xorijiy hamkorlari oldidagi majburiyatlarini buzmoqda. Tadbirkor elektr tarmoqlari korxonalariga nisbatan javobgarlik joriy etishni taklif qildi. Biznes-ombudsman hozirda shunday taklif ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

Prezident yozda yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun qurilish otryadlari tashkil etishni taklif qildi
30 iyun 2024, 18:58

Prezident yozda yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun qurilish otryadlari tashkil etishni taklif qildi

O‘zbekistonda yoz oylarida 100 ming yoshni ish bilan ta’minlash uchun qurilish otryadlari tashkil etish rejalashtirilmoqda. Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej va texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting