Markaziy bank xorijiy valyutadagi depozitlar bo‘yicha majburiy zaxiralash me’yorini 4 foiz bandga pasaytirdi va 14 foiz darajasida belgiladi. Qaror banklarning likvidlik holatidan kelib chiqib, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirishga sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan.
O‘zbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasining 7SABER brendi ostida ishtirok etgan olti nafar sportchidan iborat jamoasi Silk Avia`ning 13,5 tonna og‘irlikdagi samolyotini 100 metrga 46,7 soniyada tortib borib, Ginnes rekordini o‘rnatdi. Foto, video.
Baxtiyor Xaydarov Toshkent shahri hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sanjar Tadjiyev hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Toshkent xalqaro aeroportining uchish terminalidagi iyul oyi oxirigacha foydalanishga topshiriladigan yangi qismidagi joylar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Loyihaga ko‘ra, u yerda turli toifadagi uchta umumiy ovqatlanish shoxobchasi — Yevropa taomlari restorani, milliy taomlar restorani va fast fud joylashadi.
Bulung‘ur tumanida Damas qarama-qarshi tomondan kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashdi. Oqibatda Damas haydovchisi shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
“Saidaziz medgorodok” va yana 28 kishiga nisbatan boshlangan ochiq sudda advokatlar sudlanuvchilarni poytaxt IIBB vaqtincha saqlash hibsxonasidan Zangiotadagi “Toshturma”ga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnoma kiritdi. Sudya so‘rov o‘rganib chiqilishini bildirdi.
Saudiya Arabistoni Qurbon hayiti arafasida O‘zbekistonga 25 tonna xurmo yubordi. Xurmo ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda “Muruvvat” uylari va shifoxonalardagi haqdor fuqarolarga tarqatiladi.
“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. May oyidagi ro‘yxatdan avvalgi sarhisoblarda bo‘lmagan yangi loyihalar o‘rin oldi, ba’zilarida esa o‘zgarish kuzatildi.
29-may kuni Soueast Motor`ning O‘zbekistondagi shuba korxonasi ochildi. Kompaniya Markaziy Osiyo bozoriga sakkizta ICE va NEV avtomobil hamda sedanlarini olib kirmoqchi.
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birga Toshkentga yetib keldi. Ularni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi (foto).
Toshkentning Sergeli tumanidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida quruq o‘t va shox shabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobili yonib ketgan. Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Buyuk Britaniya elchisi “Gazeta.uz” bilan suhbatda mintaqadagi hamkorlik, statistik ma’lumotlarning siyosiy qarorlar uchun ahamiyati hamda odamlarga o‘zini ko‘rsatishga vaqt berish kerakligi haqida gapirdi. Elchi o‘zbek tilini bilishi mamlakatni yaxshiroq tushunishga yordam berishini ta’kidladi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Stavkani o‘zgartirmaslik bo‘yicha qaror energiya tariflari o‘zgarishining inflyatsion kutilmalarga ta’sirini jilovlash maqsadi bilan izohlangan.
O‘zbekistonda bir oyda kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzgan kamida 12 nafar shaxs javobgarlikka tortildi. Ular, asosan, O‘zbekistonda litsenziyaga ega bo‘lmagan Binance onlayn birjasi orqali kriptovalyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan.
Qurbon hayiti munosabati bilan 15, 16, 17-iyun kunlari Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, 14−20-iyun kunlari Toshkentdan Xiva, Termiz, Shovot va Qo‘ng‘irotga boradigan poyezdlar vagonlari soni oshiriladi.
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga tashrifi oldidan bergan intervyusida mamlakatni mintaqadagi “asosiy hamkor” deb atadi. U o‘z davlati “ijtimoiy, iqtisodiy va demokratik rivojlanishda yaqindan hamkorlik qilishda davom etishini” aytib, tashrifdan amaliy natijalar kutayotganini bildirdi.
Olmaota shahrida o‘tgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 4 ta kumush medalga ega bo‘ldi.
Jahon banki O‘zbekistonga energotariflar islohotining aholining ijtimoiy zaif qatlamiga ta’sirini yumshatish maqsadida 7,5 mln dollar miqdoridagi 1-transh mablag‘ini ajratdi. Grant xalqaro issiqxona gazlari savdosi simulyatsiyasi sifatida issiqxona gazlari emissiyasi qisqartirilgani uchun berilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona va Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida fuqarolarni Haj ziyoratiga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi. Bir holatda Toshkentda aka-uka 2 nafar fuqaroni 12 ming dollar evaziga Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan.
Chilonzor tumanida Malibu 2, Lacetti va Lada to‘qnashdi. Oqibatda bir haydovchi voqea joyida vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting