Arxiv

Navoiyda baliq ovlab, tabiatga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi
27 may 2024, 10:30

Navoiyda baliq ovlab, tabiatga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi

Konimex tumanidagi tabiiy suv havzasida 5000 metrlik sintetik to‘r yordamida noqonuniy ravishda 218 bosh baliq ovlagani aniqlandi. Ta’kidlanishicha, ushbu harakat oqibatida tabiatga 1 mlrd 240 mln so‘m zarar yetkazilgan.

O‘zbekistonda aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi
27 may 2024, 10:22

O‘zbekistonda aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi

2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslarning fuqarolik holati va ularning shaxsiga doir boshqa ma’lumotlar bo‘yicha Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi. Undan davlat xizmatlarini ko‘rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda foydalaniladi.

Toshkent viloyatida Damas kanalga tushib ketdi
27 may 2024, 09:26

Toshkent viloyatida Damas kanalga tushib ketdi

Olmaliq shahrida mast holdagi haydovchi boshqaruvidagi Damas kanalga tushib ketdi. Hodisa oqibatida haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmadi, mashina texnik shikastlandi.

Foto: Samarqandda futzal bo‘yicha JCHning guruh bosqichiga qur’a tashlandi
26 may 2024, 23:41

Foto: Samarqandda futzal bo‘yicha JCHning guruh bosqichiga qur’a tashlandi

Registon maydonida futzal bo‘yicha Jahon chempionati-2024 turniri guruh bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston “A” guruhidan joy oldi, jamoaga Niderlandiya, Paragvay va Kosta-Rika raqiblik qiladi. “Gazeta.uz” jarayondan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Toshkentda nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirokida marafon bo‘lib o‘tdi
26 may 2024, 23:03

Foto: Toshkentda nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirokida marafon bo‘lib o‘tdi

Toshkentda o‘tkazilgan yugurish marafonida 100 dan ortiq bola, jumladan, 60 nafar nogironligi bo‘lgan bola ishtirok etdi. Tadbirning maqsadi nogironligi bor bolalarga nisbatan stigma va diskriminatsiyaga barham berish hamda barcha sohalarda inklyuzivlikni ta’minlash zarurligini ta’kidlash sanaladi. Foto.

Putin “Yangi O‘zbekiston” majmuasiga bordi (foto)
26 may 2024, 22:36

Putin “Yangi O‘zbekiston” majmuasiga bordi (foto)

Toshkentga kelgan Rossiya prezidenti O‘zbekiston prezidenti hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi. Vladimir Putin Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yib, Yangi Toshkent me’moriy ansambli va qurilish loyihasi bilan tanishdi. Foto.

Rossiya prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
26 may 2024, 21:15

Rossiya prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Uni aeroportda Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Bu Vladimir Putinning mart oyida qayta saylanganidan keyingi ikkinchi davlat tashrifi hisoblanadi. Foto.

O‘zbekistonda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etilmoqda
26 may 2024, 17:59

O‘zbekistonda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etilmoqda, u yadro energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlari, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlik siyosati uchun mas’ul bo‘ladi.

Toshkentdan Namanganga qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi
26 may 2024, 16:32

Toshkentdan Namanganga qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi

Uzbekistan Airways 27-may kuni Toshkentdan Namanganga qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiradi.

“O‘zavtosanoat” — nega hali ham Lacetti ishlab chiqarish davom etayotgani haqida
26 may 2024, 15:56

“O‘zavtosanoat” — nega hali ham Lacetti ishlab chiqarish davom etayotgani haqida

Chevrolet Lacetti avtomobillarini ishlab chiqarish davom etmoqda, deb xabar berdi “O‘zavtosanoat”. Ta’kidlanishicha, bunga sabab ishlab chiqarish uchun zarur ehtiyot qismlari hali ham mavjud ekani.

Tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensilar ularning reyting darajasiga qarab taqdim etiladi
26 may 2024, 09:44

Tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensilar ularning reyting darajasiga qarab taqdim etiladi

Tadbirkorlarga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi. Tadbirkorlarning reyting darajasi pasaygan taqdirda, qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish 3 oy davomida saqlab qolinadi.

Qamchiq dovonida transport harakati cheklanmaydi
26 may 2024, 09:17

Qamchiq dovonida transport harakati cheklanmaydi

26−27-may kunlarida Qamchiq dovonida transport harakati cheklanmaydi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.

Uy-joy olish qiyinlashdi, narxlar ish haqiga qaraganda tezroq o‘smoqda — Markaziy bank sharhi
25 may 2024, 23:33

Uy-joy olish qiyinlashdi, narxlar ish haqiga qaraganda tezroq o‘smoqda — Markaziy bank sharhi

Uy-joy narxlari keskin oshishi tufayli aholining xarid qobiliyati pasayib, ko‘chmas mulkning bozor va fundamental narxlari o‘rtasidagi tafovut 24 foizga yetdi, deya qayd etdi Markaziy bank. Kvartiralar asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun emas, balki investitsiya obyekti sifatida ko‘proq sotib olina boshlagan.

Damir Musayev AQShning Yel universitetida doktorlik darajasini oldi
25 may 2024, 19:21

Damir Musayev AQShning Yel universitetida doktorlik darajasini oldi

O‘zbekistonlik Damir Musayev AQShning Yel universitetida genetika yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, fan doktori bo‘ldi. Uning tadqiqotlari genetik kasalliklarni davolashning yangi usullarini topishga qaratilgan.

“O‘zatom” agentligi qayta tashkil etilib, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tkazilmoqda
25 may 2024, 18:58

“O‘zatom” agentligi qayta tashkil etilib, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tkazilmoqda

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida Atom energiyasi agentligi tashkil etilmoqda, u Energetika vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tadi. Agentlik kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, xo‘jalik jamiyatlari tashkil etish, iqtisodiyotdagi loyihalarni moliyalashtirish huquqini oladi.

Haydovchilarga 26−27-may kunlari Toshkentga kelmaslik tavsiya etiladi — YHXX
25 may 2024, 17:57

Haydovchilarga 26−27-may kunlari Toshkentga kelmaslik tavsiya etiladi — YHXX

26−27-may kunlari Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklanadi. Haydovchilarga shu kunlarda poytaxtga kelmaslik tavsiya etilmoqda. Avtomobillar harakati cheklanishi rejalashtirilgan ko‘chalar ro‘yxati keltirilmadi.

2024-yil bitiruvchilariga murojaat
25 may 2024, 17:54

2024-yil bitiruvchilariga murojaat

Kongratbay Sharipov, Surayyo Rahmonova, Marko Mantovanelli, Nafisa Mo‘minova, Timoti Smart, Firuz Allayev, Bekzod Mirahmedov kabi jamoatchilik faollari “Gazeta.uz” orqali 2023/2024 o‘quv yili bitiruvchilariga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirdi.

Visit Shymkent Chimkent va Turkistonda nimalarni ko‘rish kerakligini aytib berdi
25 may 2024, 15:00

Visit Shymkent Chimkent va Turkistonda nimalarni ko‘rish kerakligini aytib berdi

Visit Shymkent sayyohlik agentligi Qozog‘istonning Chimkent va Turkiston kabi shaharlaridagi qiziqarli joylar haqida o‘rtoqlashdi.

OTMlarda davlat granti ikki xil shaklda ajratiladi
25 may 2024, 14:48

OTMlarda davlat granti ikki xil shaklda ajratiladi

Yangi o‘quv yilidan OTMlarda davlat granti ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi va ta’lim granti sifatida ajratiladi. Ta’lim granti faqat birinchi yil uchun beriladi, keyinchalik yuqori reytingga ega talabalar o‘rtasida taqsimlanadi. Grantda o‘qiganlarning 3 yilgacha ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

Iqtisodchi Botir Qobilov Garvard biznes maktabida doktorlik darajasini olgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi
25 may 2024, 12:35

Iqtisodchi Botir Qobilov Garvard biznes maktabida doktorlik darajasini olgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi

Iqtisodchi Botir Qobilov AQShdagi Garvard biznes maktabida doktorlik darajasini olgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. “Gazeta.uz” kolumnisti sifatida u iqtisodiyot, ekologiya va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega mavzularda 10 dan ortiq maqolalar yozgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting