Arxiv

Toshkent ko‘chalarini yana suv bosdi — video
24 may 2024, 16:03

Toshkent ko‘chalarini yana suv bosdi — video

Juma kuni bir necha soat davom etgan yomg‘irlar Toshkent ko‘chalarini yana suv bosishiga olib keldi. Oqibatda yo‘llarda, ko‘p qavatli uylar hovlilarida harakat qiyinlashdi, piyodalar va bekatlardagi yo‘lovchilar suv ustidan yurishga majbur bo‘ldi. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Video.

Toshkentdan Budapeshtga muntazam aviareyslar qo‘yiladi
24 may 2024, 14:31

Toshkentdan Budapeshtga muntazam aviareyslar qo‘yiladi

Qanot Sharq kompaniyasi 30-iyundan O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida haftasiga bir marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. sentabrdan esa qatnov haftada ikki martagacha oshirilishi mumkin.

Toshkent viloyatida 4 ta mashina ishtirokidagi YTHda ikki haydovchi halok bo‘ldi
24 may 2024, 14:28

Toshkent viloyatida 4 ta mashina ishtirokidagi YTHda ikki haydovchi halok bo‘ldi

Keles-Toshkent yo‘nalishida Toyota Prado haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi Cobalt, Damas va Spark mashinalari bilan to‘qnashdi. Oqibatda Toyota va Cobalt haydovchilari voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
24 may 2024, 12:20

Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Moskva viloyatidagi yotoqxonada yong‘in yuz berib, oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi. Elchixona ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi, vafot etganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilayotganini bildirdi.

Xorazmda dars vaqti gaplashib o‘tirgan o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi
24 may 2024, 12:15

Xorazmda dars vaqti gaplashib o‘tirgan o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Tuproqqal’a tumanida dars vaqti gaplashib o‘tirgan ikki nafar o‘quvchiga tanbeh berib, ularni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi.

Alisher Yusupov dzyudo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori bo‘ldi
24 may 2024, 12:03

Alisher Yusupov dzyudo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori bo‘ldi

BAAda o‘tgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining yakkalik bahslarini o‘zbekistonliklar 2 ta medal bilan yakunladi. Unda Alisher Yusupov +100 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Avvalroq Diyora Keldiyorova kumush medal olgandi.

Dam olish kunlari o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi
24 may 2024, 11:59

Dam olish kunlari o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi

Shanba kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, havo harorat +26…+29 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni aksariyat hududlarda yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, biroq harorat +17…+22 darajagacha pasayadi.

Namanganda salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan erkak 5 yilga qamaldi
24 may 2024, 10:26

Namanganda salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan erkak 5 yilga qamaldi

Yangiqo‘rg‘on tumanidagi chegarada 34 yoshli erkak salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Sud hukmi bilan u 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, pullar davlatga o‘tkazildi.

Toshkent viloyatida avtobus g‘ildiraklari orasidan 1,8 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi
24 may 2024, 10:07

Toshkent viloyatida avtobus g‘ildiraklari orasidan 1,8 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan avtobus qo‘shimcha g‘ildiragining ichki qismida yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln so‘mlik 59 kg zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Firibgarlik va odam savdosida ayblanib Turkiyada ushlangan shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
24 may 2024, 02:00

Firibgarlik va odam savdosida ayblanib Turkiyada ushlangan shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Firibgarlik va odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan 45 yoshli shaxs Turkiyada qo‘lga olingan edi. U payshanba kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Jizzaxda tez yordam mashinasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni urib ketdi
24 may 2024, 00:58

Jizzaxda tez yordam mashinasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni urib ketdi

Jizzax shahrida tez tibbiy yordam mashinasi yo‘lning belgilangan qismidan kesib o‘tayotgan 48 yoshli ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi reanimatsiyaga yotqizildi.

Farg‘onada traktor boshqarayotib poyezd bilan to‘qnashgan maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
24 may 2024, 00:09

Farg‘onada traktor boshqarayotib poyezd bilan to‘qnashgan maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida traktor boshqarish jarayonida poyezd yo‘liga chiqib ketgan 9-sinf o‘quvchisi vagonlar bilan to‘qnashuv oqibatida halok bo‘ldi.

23-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
23 may 2024, 22:19

23-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Sinov rejimida ishga tushayotgan Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil zavodi, YTHlardagi o‘limlar sonini kamaytirish uchun yechimlar, farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar rejasi, Madinaga uchib ketgan ilk ziyoratchilar guruhi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Xitoy “jazo” sifatida Tayvan atrofida harbiy mashg‘ulotlar boshladi
23 may 2024, 22:08

Xitoy “jazo” sifatida Tayvan atrofida harbiy mashg‘ulotlar boshladi

Xitoy Tayvanning yangi prezidenti Lay Sinde lavozimiga kirishganidan bir necha kun o‘tib “separatistik harakatlar” uchun “qattiq jazo” sifatida Tayvan bo‘g‘ozida harbiy mashg‘ulotlar boshladi.

Iqlim o‘zgarishi Osiyoga qattiq ta’sir qilmoqda — Jahon meteorologiya tashkiloti
23 may 2024, 21:47

Iqlim o‘zgarishi Osiyoga qattiq ta’sir qilmoqda — Jahon meteorologiya tashkiloti

Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2023-yilda Osiyoda iqlim o‘zgarishi tezlashgan. Mintaqada o‘rtacha global haroratdan tezroq isish kuzatilmoqda. Bu qurg‘oqchilik va issiqlik to‘lqinlaridan suv toshqini va bo‘ronlargacha bo‘lgan ekstremal ob-havo sharoitlariga olib keladi.

Farmatsevtika sohasini raqamlashtirish orqali dorilar narxini 20 foizga arzonlashtirish rejalashtirilmoqda
23 may 2024, 21:05

Farmatsevtika sohasini raqamlashtirish orqali dorilar narxini 20 foizga arzonlashtirish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan farmatsevtika tarmog‘iga oid rejalardan eksportni oshirish, shu bilan birga, ichki bozorning mahalliy mahsulotlarga talabini qondirish o‘rin olgan. Sohani raqamlashtirish orqali narxlarni 20 foizga arzonlashtirish, ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Moratoriyga qaramay, Chirchiq daryosi bo‘yida noqonuniy qum-shag‘al qazib olish davom etmoqda
23 may 2024, 20:40

Moratoriyga qaramay, Chirchiq daryosi bo‘yida noqonuniy qum-shag‘al qazib olish davom etmoqda

BP Chirchiq daryosining qo‘riqlash zonasida 10 dan ortiq tadbirkor moratoriyga qaramay, noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olishda davom etayotgani haqida xabar berdi. Qurilish materiallari zavodi ham ishlamoqda. BP kompaniyalarning litsenziyalari haligacha bekor qilinmaganini afsus bilan qayd etdi. Foto.

O‘zbekistonda Davlat sport akademiyasi tashkil etiladi
23 may 2024, 19:05

O‘zbekistonda Davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

Kelasi yilda O‘zbekistonda Davlat sport akademiyasi ochilishi kerak, deyiladi prezidentga olib kirilgan taqdimotda. U hozirda qurilayotgan Olimpiya shaharchasida joylashadi. Shuningdek, barcha hududlarda kurash mahorat maktablari ochiladi.

Putin 26−27-may kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi
23 may 2024, 19:03

Putin 26−27-may kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan 26−27-may kunlari mamlakatda O‘zbekistonda bo‘ladi. Tomonlar bir nechta qo‘shma hujjatlar imzolashni rejalashtirmoqda.

Samarqandlik erkak prezidentni internetda haqoratlagani uchun axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi
23 may 2024, 18:33

Samarqandlik erkak prezidentni internetda haqoratlagani uchun axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi

Sud Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Olmaliq shahrida yashovchi 28 yoshli fuqaroni prezidentni haqorat qilgani uchun 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Erkak soliq idoralari uni ko‘p marta jarimaga tortgani uchun Instagram`da g‘azablangan holda haqoratomuz izoh va postlar joylaganini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting