Abdurauf Abduqayumov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Odiljon Toxirov esa o‘rinbosar etib tayinlandi. Shuningdek, Azamat Abduraxmanov agentlikning texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshliq bo‘ldi.
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari O‘lmas Istamov qator rahbarlarga Open Budget uchun ovoz yig‘ishda sustkashlik qilganini aytib, ularni “noinsof” deb atadi. “Kechgacha 50 tadan ovoz yig‘masang, hammangni yo‘qotaman”, deya ta’kidlagan Istamovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasida joylashgan “O‘zsanoatqurilishbank”ning Yashnobod filiali o‘rnida 21 qavatli bino qurish reja qilinmoqda. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbusni bank rahbari kiritgan. Boshqa banklar rahbarlariga ham xuddi shunday loyihalarni amalga oshirishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov va xalq deputatlari kengashi tomonidan Toshkent shahri planetariysiga maketlar sotib olish, joriy ta’mirlash, yong‘in xavfsizligi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda kirish qismiga Planetariy so‘zini o‘rnatish uchun qariyb 1 mlrd 450 mln so‘m ajratildi.
Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida “KamAZ” va 14 ta yengil avtomashina ishtirokida YTH ro‘y berdi. Jarohat olgan 2 kishiga birinchi yordam ko‘rsatildi. Hodisa katta tirbandlikni keltirib chiqardi.
O‘zbekiston prezidentining aytishicha, xorijiy investorlar Yunusobod dehqon bozoriga 40 million dollar sarmoya kiritish va uni yer ostida ikki qavat, yer ustida olti qavatli bozorga aylantirishni taklif qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bozor bir qavatli bo‘lgani uchun “dimiqib ketgan”.
Oliy ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori bo‘ldi. U bu lavozimda 2015−2020-yillarda ham ishlagan. Yana bir sobiq vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova esa Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi.
Shoxrux Daliyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, Otabek Mahkamov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Poytaxtdagi eski ToshMI yaqinidagi Maxtumquli ko‘chasida ikkita yuk mashinasi va ko‘p sonli yengil avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi — voqea joyida bo‘lgan “Gazeta.uz” muxbiri 15 ga yaqin mashinani sanadi. Markaz tomon harakat vaqtincha to‘xtab qoldi. Foto.
DXX Andijon, Qashqadaryo va Toshkentda katta miqdorda pora olayotgan mansabdor shaxslarni ushladi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochilib, tergov olib borilmoqda.
Bekobod tumanida eri bilan janjal vaqtida 5-qavatdan o‘zini tashlab vafot etgan ayolning eri ushlandi. Avvalroq uning qo‘shnilari ayol pastga tushib ketishi oldidan “yashashni istamayman, kaltaklaringdan to‘yib ketdim”, deya baqirganini eshitgandi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘istondagi YTHda vafot etgan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga qaytariladi. Ularni olib kelish va dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.
Tadqiqotchilar yonuvchanlikni kamaytirish uchun turli xil iste’mol mahsulotlariga qo‘shiladigan yonishdan saqlaydigan moddalar — antipirenlar saraton kasalligidan o‘lim xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini aniqladi.
Terakt haqidagi chaqiriqlar bo‘yicha murojaat qilgan IIV, Toshkent shahri hokimi lavozimiga tasdiqlangan Shavkat Umurzoqov, mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi choralar, Yunusoboddagi ayrim binolarni tadbirkorlarga berishni aytgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahridagi ilk inshootlar qurilishini boshlab berdi. Bu yerda, xususan, “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Adabiyot muzeyi quriladi. Davlat rahbari o‘z nutqida: “Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi”, — dedi.
Texnik xatolik tufayli pensiya oluvchilarning 3 foizi kartalariga pensiya o‘tkazish bekor qilingani haqida bildirishnoma olgan. Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki pullar qaytarilishiga ishontirdi. Barcha pensionerlar 5-aprelgacha pensiyasini oladi.
Rossiya IIV xorijliklarning mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddatini yil davomida 90 kungacha qisqartirishni, shuningdek, kirishda majburiy barmoq izlari va barcha migratsiya hujjatlari o‘rnini bosuvchi yagona shaxsiy guvohnoma joriy etishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabi bilan tanishdi. U o‘tgan yili respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan edi. Joriy o‘quv yilida 145 nafar bola birinchi sinfga qabul qilingan. Foto.
“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Mart oyi sarhisobidan millionlab ko‘rilgan videolar ham, e’tiborga molik yangi “tug‘ilgan” loyihalar ham bor.
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan yuk mashinasi bilan to‘qnashuv oqibatida Toyota mikroavtobusi haydovchisi va uning yetti nafar yo‘lovchisi — O‘zbekiston fuqarolari — halok bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting