Arxiv

Elektrostansiyadagi yong‘in tufayli butun Nigeriya elektr ta’minotisiz qoldi
15 sentabr 2023, 16:15

Elektrostansiyadagi yong‘in tufayli butun Nigeriya elektr ta’minotisiz qoldi

Nigeriyada butun mamlakat bo‘ylab 200 milliondan ortiq aholi elektrostansiyada yong‘in yuz berishi tufayli elektrsiz qoldi. Elektr tarqatuvchi kompaniya hodisani “tizimning butunlay ishdan chiqishi” deb atadi.

Avtokreditlar bo‘yicha ko‘rsatmalar ularning ajratilishini taqiqlamaydi va foiz stavkalariga ta’sir qilmaydi — MB
15 sentabr 2023, 15:50

Avtokreditlar bo‘yicha ko‘rsatmalar ularning ajratilishini taqiqlamaydi va foiz stavkalariga ta’sir qilmaydi — MB

Markaziy bank banklarga avtokreditlar bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar bunday kreditlar ajratilishini taqiqlamasligi va taklif etilayotgan foiz stavkalari oshishiga ta’sir qilmasligini bildirdi. Avvalroq banklarga nisbatan avtokreditlar bo‘yicha talablar kuchaytirilgandi.

O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik ikki tadbirkor AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi
15 sentabr 2023, 15:36

O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik ikki tadbirkor AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi

AQSh O‘zbekistonda tug‘ilgan ikki rossiyalik shaxs — milliarder Iskandar Maxmudov va tadbirkor Andrey Xoxlunni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ular haqida nimalar ma’lum?

Mirziyoyev Afg‘onistonni mintaqadagi suv resurslari bo‘yicha muloqotga qo‘shishni taklif qildi
15 sentabr 2023, 14:43

Mirziyoyev Afg‘onistonni mintaqadagi suv resurslari bo‘yicha muloqotga qo‘shishni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitida Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurilayotganiga to‘xtaldi. U kanalning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzish va Afg‘oniston vakillarini suv resurslarini taqsimlash bo‘yicha mintaqaviy muloqotga jalb etishni taklif qildi.

Toshkentda elektrobus Nexia bilan to‘qnashdi
15 sentabr 2023, 13:51

Toshkentda elektrobus Nexia bilan to‘qnashdi

Toshkent shahrida chorrahadan svetoforning yashil chirog‘ida o‘tayotgan Yutong elektrobusi Nexia bilan to‘qnashdi. Voqeada jarohatlanganlar yo‘q.

Eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi — IIV rahbari
15 sentabr 2023, 12:38

Eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi — IIV rahbari

O‘zbekiston bo‘yicha eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi, dedi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov aholiga qilgan murojaatida. Shuningdek, u aholi uchun xavfsiz yashash va mehnat sharoitlarini yaratish borasida ichki ishlar organlari tomonidan qator vazifalar belgilab olinganini ma’lum qildi.

Telejurnalist Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi
15 sentabr 2023, 12:35

Telejurnalist Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi

Dunyo bo‘ylab telekanalining “Svoimi glazami” dasturi muxbiri Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi. Unda antibiotik dori qabul qilinganidan keyin allergik reaksiya kuzatilgan va jurnalist anafilaktik shokni boshdan kechirgan.

“Iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligi”. MO davlatlari yetakchi ayollari Dushanbeda uchrashdi
15 sentabr 2023, 12:15

“Iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligi”. MO davlatlari yetakchi ayollari Dushanbeda uchrashdi

Tojikistonning Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti bo‘ldi. Unda iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligiga erishish muhokama etilib, bu masalada xalqaro moliya institutlari investitsiyalarini jalb qilish taklifi bildirildi.

Dam olish kunlari kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib qoladi
15 sentabr 2023, 11:25

Dam olish kunlari kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib qoladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari kuz uchun xos bo‘lgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va ertalab kuzgi salqinlik sezilib, harorat +13…+18 daraja, kunduzi esa +25…+30 daraja bo‘ladi.

Uzcard`ning boshqaruv paketini IMC-Capital qo‘lga kiritdi
15 sentabr 2023, 11:13

Uzcard`ning boshqaruv paketini IMC-Capital qo‘lga kiritdi

Yagona umumrespublika protsessing markazining (Uzcard) uch nafar ta’sischisiga tegishli 75% aksiyasi IMC-Capital kompaniyasiga o‘tdi.

O‘zbekistonda Germaniya haftaliklari o‘tkazilmoqda
15 sentabr 2023, 11:05

O‘zbekistonda Germaniya haftaliklari o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda Germaniya haftaliklari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Germaniyada o‘qishga oid ko‘rgazmalar, ochiq eshiklar kuni va taqdimotlar rejalashtirilgan.

Angrenda ovqatdan zaharlangan 24 nafar bog‘cha bolasi shifoxonaga yotqizildi
15 sentabr 2023, 10:34

Angrenda ovqatdan zaharlangan 24 nafar bog‘cha bolasi shifoxonaga yotqizildi

Angren shahridagi 10-sonli bog‘chadan 24 nafar bola ovqatdan zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizildi, yana 7 nafariga tibbiy yordam berilib, uyiga jo‘natildi. Avvalroq 14 nafar bola shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi. Bog‘cha vaqtincha yopildi. Shifokorlar 240 nafar bolani ko‘rikdan o‘tkazdi.

Mamanbiy Omarov transport vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
15 sentabr 2023, 10:16

Mamanbiy Omarov transport vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

2022-yil oxiridan beri Qoraqalpog‘iston transport vaziri sifatida ishlab kelayotgan Mamanbiy Omarov O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekistonliklar 2-oktabrda ham dam oladi
15 sentabr 2023, 10:05

O‘zbekistonliklar 2-oktabrda ham dam oladi

2023-yil 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi tufayli o‘zbekistonliklar 2-oktabr, dushanba kuni ham dam oladi. Bu yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida belgilab qo‘yilgan.

Kollej va akademik litseylarning C1 sertifikatiga ega o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi
15 sentabr 2023, 09:46

Kollej va akademik litseylarning C1 sertifikatiga ega o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi

O‘zbekistondagi kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum va akademik litseylarning C1 sertifikatiga ega o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi.

Ermak yangi mahsulot segmenti — sarxil mevalardan sharbatlarini taqdim etdi
15 sentabr 2023, 09:00

Ermak yangi mahsulot segmenti — sarxil mevalardan sharbatlarini taqdim etdi

Ko‘pchilikka sevimli bo‘lgan Ermak brendi yangi mahsulot segmenti — mevalarning barcha foydali xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan tabiiy sharbatlarni taqdim etdi.

WhatsApp kanallarni ishga tushirdi
14 sentabr 2023, 22:59

WhatsApp kanallarni ishga tushirdi

WhatsApp messenjerda kanallar funksiyasi ishga tushirilganini e’lon qildi — ular Telegram kanallari tamoyili asosida ishlab chiqilgan. Funksiya hozirda 150 ta davlatda mavjud, biroq kompaniya yaqin oylarda barcha foydalanuvchilar kanal yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishini va’da qilmoqda.

Prezident “svetoforsiz estakadalar” qurish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi
14 sentabr 2023, 22:26

Prezident “svetoforsiz estakadalar” qurish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekiston prezidenti yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularga tez-tez tirbandlik va avariyalar kuzatiladigan yo‘llarda “svetoforsiz estakadalar” qurishni o‘z ichiga olgan uch yillik dasturni kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.

14-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
14 sentabr 2023, 22:00

14-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning muzokaralari, Jizzax va Qashqadaryoda aniqlangan salkam 15,5 kg narkotik modda, Toshkentda 39 kishiga sotilgan 9 ta xonadon mojarosi, uy-joy bozoridagi sotuvlar sharhi, qayta tiklanishi kutilayotgan Chevrolet Captiva sotuvi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Angrendagi uchta bolalar bog‘chasida 18 nafar tarbiyalanuvchi diareya bilan shifoxonaga yotqizildi
14 sentabr 2023, 21:20

Angrendagi uchta bolalar bog‘chasida 18 nafar tarbiyalanuvchi diareya bilan shifoxonaga yotqizildi

Toshkent viloyatining Angren shahrida uchta bolalar bog‘chasining 18 nafar tarbiyalanuvchisi ich buzilishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vaziyatni nazoratga oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting