O‘zbekistonda ta’lim oluvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berish mexanizmlarini joriy etish taklif etilmoqda. Ularning kasbiy so‘nishi va stresslarning oldini olish uchun simulyator va keyslar yaratish ham rejalashtirilmoqda.
Davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilarini “Yagona mavsumiy taomnoma” bo‘yicha ovqatlantirish, bunga autsorsni jalb qilish rejalashtirilmoqda. Hududlar kesimida bir bola uchun kunlik xarajat belgilab olinadi. Uning nazorati bilan yangi Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish markazi shug‘ullanadi.
Sud Donald Trampga pornoaktrisaga qilgan to‘lovlarini yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani bo‘yicha hukm chiqardi va unga hech qanday shartlarsiz ozodlikni tayinladi. Ya’ni u qamoq yoki jarima kabi jazolarni olmaydi.
Bo‘stonliqdagi Burchmulla o‘rmon xo‘jaligida noma’lum shaxslar Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni sirtmoq bilan o‘ldirgani aniqlandi. Ular hayvonning terisini qoldirib, boshqa qismlarini olib ketgan. Hozirda huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Energetika vazirligi tadbirkorlar bilan uchrashib, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari bilan bog‘liq muammolarni muhokama qildi. Tadbirkorlarga energetika qoidalariga rioya qilish zarurligi eslatildi. Uchrashuv ishtirokchilaridan birining “Gazeta.uz”ga aytishicha, shohobchalar tarmoqqa ulana boshlagan.
12-yanvar kuni Magic City bog‘ida shu qishning uzoq kutilgan tadbiri — M Cosmetic Cosmos “Kosmik” aksiyasining finali, o‘zbek estradasi san’atkorlari ishtirokidagi noyob konsert, shuningdek, M Cosmetic sovg‘a to‘plamlari o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Toshkent hayvonot bog‘i kolleksiyasi uchta alpaka, bitta lama va har xil turdagi beshta turna bilan to‘ldirildi.
Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda begona raqamlardan qo‘ng‘iroqlarga javob berilayotganda bank kartalaridan pul avtomatik yechib olinayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Regulyator login, parol va SMS kodlarini notanish shaxslarga berish, shuningdek, zararli APK fayllarni o‘rnatish mumkin emasligini eslatdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-yanvar kuni boshlangan qisqa muddatli ta’tilini yakunladi.
O‘zbekistonda avtomobillar importi tarkibi o‘zgardi. Ilgari benzinli avtomobillar yetakchilik qilgan bo‘lsa, 2024-yilda birinchi marta elektromobil va gibrid avtomobillar importi hajmi ulardan oshib ketdi. Import qilingan elektromobillarning o‘rtacha narxi deyarli uch barobarga arzonlashdi.
Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi va o‘zbekistonlik fuqaroning Toshkent mehmonxonasidagi o‘limida gumonlanib 4 kishi qamoqqa olindi. Ular orasida mehmonxona egasi, santexnik va eski, nosoz isitish qozonini sotgan sotuvchilar bor. Qozon xavfsizlik qoidalarini buzgan holda o‘rnatilgan.
Donald Trampning jamoasi Daniyani bo‘lajak prezidentning Grenlandiya bilan bog‘liq niyatlari jiddiyligidan ogohlantirdi. Tramp orolni sotib olish haqida 2019-yilda o‘ylagan edi, biroq hozirda, Daniya rasmiylarining fikriga ko‘ra, vaziyat “mutlaqo boshqacha”.
2024-yil ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi — global o‘rtacha harorat birinchi marta sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan 1,5 darajadan ko‘proqqa ko‘tarildi.
“Gazeta.uz” jurnalisti Sabina Bakayevaning filmi 75-Berlin kinofestivalida namoyish etiladi. Ayol shaxsi shakllanishiga bag‘ishlangan qisqa metrajli “Oydin” filmi O‘zbekistonda suratga olinib, Berlinale dasturiga kiritilgan 3-filmdir. Muallifning Berlindagi premerada qatnashishi viza olinishiga bog‘liq.
Pensiya jamg‘armasi bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar berdi. Jamg‘arma pensiyaga chiqish vaqti kelganda muammolarga uchramaslik, pensiya miqdori esa yuqoriroq bo‘lishi uchun fuqarolar qanday yo‘l tutishi kerakligini tushuntirdi.
O‘zbekiston pasporti Henley & Partners reytingida dunyoning eng kuchli pasportlari orasida 80-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston fuqarolari 62 ta davlatga vizasiz yoki yetib borganida viza olish imkoniyatiga ega.
Sayxunobod tumanida fuqaroga 10 ming dollar evaziga AQShga borishi uchun talabalik vizasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi. U puldan 5 ming dollar va 26 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Sirdaryo viloyatida 13 yil avval jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan sobiq IIB xodimi kassatsiya instansiya sudida oqlandi. Sudlanuvchi o‘sha vaqtda 3 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan, jazo o‘tab bo‘lingandan so‘ng, sudlanganligi vaji bilan ishga olinmagan.
Dam olish kunlarida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi 0…-3 daraja, kunduzi +6…+11 daraja bo‘ladi.
Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 160 ming dollar miqdorida pora olayotgan vaqtida ushlandi. U 2 gektar yerni xaridor nomiga o‘tkazib, u yerda kottej qurish uchun ruxsatnoma olib berishini aytgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting