O‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohasida 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi. Taklif etilayotgan sohalarda oylik maosh o‘rtacha 2000−2500 ming AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum qilindi.
Toshkentda 80-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi yo‘lda boshqa transport vositalariga xalaqit berib, avariya holatni yuzaga keltirdi. Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzgani va yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatildi.
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.
Furqat ko‘chasidagi tunnelda 5 ta mashina to‘qnashdi. Hodisa oqibatida yo‘l chetidagi Matiz`ni ta’mirlayotgan ikki kishi yengil jarohat oldi.
MTRK va Ma’naviyat markazida almashgan rahbarlar, poytaxt havosini ifloslantirayotgan “Toshkent IES”, Eronga kirishda vizasiz rejim, oilalarning baxtlilik darajasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Bishkekda shaharning katta qismini issiqlik bilan ta’minlaydigan IESda portlash sodir bo‘ldi. Aholiga issiq suv ta’minoti to‘xtatildi, maktab va bog‘chalar onlayn ta’limga o‘tkazildi. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.
Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Yong‘inga gaz-havo aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lgan, deb xabar berdi viloyat FVB.
Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston YOIIning ko‘p tomonlama dastur va loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish niyatida ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u yashil yo‘laklarni to‘liq ishga tushirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari erkin savdosini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif qildi.
2024-yilning yanvar oyida harorat juda iliq bo‘ldi. Iqlim me’yoridan yuqori bo‘lgan harorat deyarli oy davomida saqlanib turdi. O‘zgidrometning ma’lumot berishicha, o‘tgan oy meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yanvar oylari uchligiga kirdi.
Toshkentning sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev biznes marafonda yoshlarning savollariga javob berdi. “Otam biznesga kirishimdan qo‘rqardi. Bir kun qamalib ketasan derdi”, — deydi u. Ortiqxo‘jayev, shuningdek, Artel reklamasiga nega Bahodir Jalolov tanlangani haqida gapirdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanets Osiyo kubogining chorak finalidagi raqib — Qatar bilan bo‘lajak uchrashuv haqida gapirdi. “Jamoa Qatarga qarshi qanday o‘ynash kerakligini biladi. Bizda yaxshi o‘yinchilar yetarli. ¼ finalga qadar keldik, buyog‘iga yo‘qotadigan narsamiz yo‘q”, — dedi u.
Yanvar oyida ekologlar Toshkent issiqlik elektr stansiyasi (ToshGRES)ning havo va tuproqqa ta’sirini o‘rgandi. Aniqlangan zarar 1 mlrd so‘mga baholanmoqda, deb xabar qildi Ekologiya vazirligi. IES asosiy yoqilg‘i sifatida gazdan foydalanadi, lekin ba’zida mazut yoqadi, shuning uchun poytaxtni tutun qoplagan.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga Otabek Hasanov rahbar etib tayinlandi. U bunga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari edi.
DXX Sirdaryoda 46 sotix yerni 46,5 ming dollarga, Namanganda 36 sotix yerni 25 ming dollarga va Qashqadaryoda 25 sotix davlat zaxirasidagi yerni 300 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxslarni ushladi.
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish vakolati berildi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlab kelgan Kongratbay Sharipov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
2019-yilning sentabridan buyon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari sifatida ishlagan Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) ishdan olindi. U Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sakkizta film premyerasi, teatrlashtirilgan tomoshalar, “Sahna” stendap klubida yumoristik tadbirlar, bolalar mahorat darslari va shoulari, musiqiy kechalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
O‘zMTRKni salkam 20 yil boshqargan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga bosh vazir kotibiyati rahbari bo‘lib ishlagan Abdurashid Jo‘raboyev tayinlandi.
Toshkentda metro vagonida qizga shilqimlik qilgan erkakka nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Sudda erkak o‘z aybini tan olmagan. Qiz erkakning harakatlari atayin amalga oshirilgani va “Buyuk ipak yo‘li” bekatida uni ta’qib qilganini ma’lum qilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting