“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Fransiyaning mashhur aktyorlaridan biri Alen Delon 88 yoshida vafot etdi.
Andijon shahri sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi. U 2017-yilda shahardagi ta’lim muassasalari rahbarlarini haqoratlagani uchun jarimaga tortilgan, 2019-yilda esa ishdan olingandi.
Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Kobulga bordi. Tashrifda savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga yetkazish, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish muhokama qilindi. Afg‘onistonlik tadbirkorlarni O‘zbekistonda faol ishlashi borasida kelishuv imzolandi.
“O‘zsuvta’minot” ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarga kredit bermaslik taklifi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. O‘zbekistondagi 5 mln xonadonning 50 foizga yaqinida qarzdorlik mavjud.
“Gazeta.uz” xotin-qizlar haqidagi stereotiplarni yo‘qqa chiqarib, o‘z faoliyati bilan tarixda o‘chmas iz qoldirgan ayollar haqidagi hikoyalarni davom ettiradi. Bu galgi qahramon — Mendeleyevning elementlar davriy jadvali boyishiga, fan va tibbiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Mariya Sklodovskaya-Kyuri.
SES boshqarmasi boshlig‘i Rustamjon Ikromov O‘zbekistonga maymunchechakning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, virusologiya mutaxassislari qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilgan, joylarga test sistemalari tarqatilmoqda.
Madaniyat vaziri Toshkent davlat sirkini xususiy boshqaruvga berish va hayvonlarsiz ham tomosha ko‘rsata oladigan mexanizmni ishlab chiqish kerakligini aytdi. “Davlat uchun sirkdagi bitta hayvonni boqish bir insonni boqishdan qimmatga tushmoqda”, — degan Ozodbek Nazarbekov sirkka oid rejalarni sanadi.
18-avgustdan OTMning bakalavriat bosqichi kirish testlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi. Jarayon 10 kun davom etadi, shikoyatlarni ko‘rib chiqish esa 22-avgustdan boshlanadi.
Tarmoqlarda abonentlarning “o‘tgan yillar uchun elektrdan qarzi borligi” haqida shikoyatlar kelib tushdi, bu esa ularning ta’minotdan uzilishiga sabab bo‘ldi. “HET”ning xabar berishicha, bu eski tizimdan yangisiga arxiv ma’lumotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq. Kompaniya vaziyatga oydinlik kiritmoqda.
Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi O‘zbekiston fuqarolariga ko‘chaga alohida zaruratsiz chiqmaslik va jamoat joylariga borishni cheklash, talabalarga esa onlayn ta’limga o‘tish tavsiya etilmoqda.
Qozog‘istondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan O‘zbekiston elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev “ulkan ishlar va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun” II darajali “Dostiq” ordeni bilan taqdirlandi. U 2018-yildan beri Ostonada elchilik qilayotgandi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Ovoz” teleloyihasi uchun davlat budjetidan ajratilgan salkam 2 mlrd so‘m haqida yana fikr bildirib, loyiha O‘zbekiston imijiga xizmat qilayotganini aytdi. “Agar hadeb malomat qilaversalaringiz, shu pulni oxiri uyimni sotib bo‘lsa ham beraman”, — dedi u.
2024−2025 o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat bosqichi kirish imtihonlari bo‘yicha tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. Ularni 4 usulda bilish mumkin.
Iroq parlamenti, huquq himoyachilari fikricha, qizlar uchun nikoh yoshini 9 yoshga tushirish va diniy idoralarga nikoh masalalarini qaytadan tartibga solish imkonini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bir qator shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Endi Toshkentda avtobuslar 50 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlana olmaydi — tezlikni dastur darajasida cheklash boshlanadi. O‘tgan yili alohida yo‘l qatorlari joriy etilgandan so‘ng ayrim yo‘nalishlarda o‘rtacha tezlik 23 km/soatni (bungacha — 18 km/soat) tashkil etishi aytilgan edi.
Organ xodimlari videosini tarqatishga doir qonunni qaytargan Senat, taksichilik bilan shug‘ullanayotgan yarim million o‘zbekistonlik, kriptovalyutaga oid prezident qarori, ikki oyda 20 baravar ortgan mazut importi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Uzbekistan Airways’ning Toshkent-Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi parvozi vaqtida chet el fuqarolari tomonidan o‘g‘rilik sodir etildi. Samolyot Malayziyaga qo‘ngach chaqirilgan politsiya xizmati yordamida barcha buyumlar topildi, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga ko‘ra, “O‘zbekkino” (Kinematografiya agentligi) kino ishlab chiqarishni to‘xtatsa, sohada siljish bo‘ladi. “„O‘zbekkino“ faqat buyurtmachi bo‘lib, xususiy shirkatlarni rivojlantirishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak”, — degan vazir agentlik faoliyati ichidan o‘rganilayotganini aytdi.
18−19-avgust kunlari yettita viloyatning tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin. O‘zgidromet fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting