Oila instituti 3 mingdan ortiq odam o‘rtasida oilalarning baxtlilik darajasini tahlil qildi. Indeksda Xorazm, Sirdaryo, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi eng yuqori, Toshkent shahri, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari esa quyi o‘rinni egalladi. Tahlil natijalari.
3−4-fevral kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tog‘laridagi dam olish maskanlariga borish uchun transport harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Bunda ob-havo sharoiti, fuqarolarning tashrifi ortishi va yo‘llardagi tirbandlik inobatga olingan.
Eron TIV mamlakatga sayyoh sifatida keladigan 28 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari 4-fevraldan vizasiz kira olishini ma’lum qildi. Bunday qaror orqali Eron haqidagi salbiy propaganda va eronofobiyaga chek qo‘yilishi bildirilgan.
Kasbi tumanida Toʼpalang HPD Holding MCHJ mas’ullari kanal qirg‘og‘idagi 150 tup daraxtni ildizlari bilan qo‘porib oldi. Buning oqibatida tabiatga 1,1 mlrd so‘m zarar yetgan. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
Shanba kuni O‘zbekistonga nam havoning yangi qismi kirib kela boshlaydi. Joylarda asosan yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada ba’zi hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +3…+8 daraja iliq, kechasi 0…-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital Technology Center) tashkil etildi. Markazda 2024-yil 1-iyundan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga xorijiy kompaniyalar uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi.
Bektemir tumanidagi “Bekuz kelajak” issiqxonasi olov yoqishda avtomobil shinalaridan foydalangani va filtrlovchi moslamalari nosoz ekani aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan atrof-muhitni ifloslantirganlik bo‘yicha hisob-kitob ishlari olib borilmoqda.
Chilonzor tumanida 13 yoshli bolaning yonidan pirotexnika vositasi chiqqach, PPX xodimlari uni mashinaga majburlab o‘tirg‘izdi. Bola boshidan lat yegan va qattiq qo‘rqqan. Ikki xodimga hayfsan berildi. Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra holatni prokuratura o‘rganmoqda.
Toshkentda 52-sonli avtobus haydovchisi yo‘lovchilar avtobusga chiqib ulgurmasidan eshiklarini yopib oldi. Oqibatda ayol va uning qizi jarohatlandi. Haydovchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Tarmoqlarda Surxondaryoda maktab bolalari qoniqarsiz yo‘ldan maktabga ketayotgani videosi tarqaldi. Viloyat hokimligi yo‘ldagi qor qoplami erigach, ta’mirlash ishlari boshlanishini ma’lum qildi.
JSSTga ko‘ra, 2050-yilga borib dunyoda saraton kasalligiga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi. Bunga nafaqat aholi soni va yashash davomiyligining o‘sib borayotgani, balki tamaki iste’moli yoki havoning ifloslanishi kabi omillar ham ta’sir qiladi.
Oq uy Iordaniyadagi AQSh harbiy bazasiga qilingan hujum oqibatida amerikalik askarlar halok bo‘lgani sabab Iroq va Suriyadagi Eron bilan bog‘liq nishonlarga zarba berish rejalarini ma’qulladi.
O‘zbekistonda 2021-yili boshlangan o‘lim darajasining kamayish tendensiyasi 2023-yilga kelib to‘xtadi. Ammo bolalar va o‘smirlar o‘limining ulushi 2,3 barobar kamaydi. O‘lim holatlarining asosiy sababi — hali ham qon aylanish kasalliklari. Respirator kasalliklar ulushi qisqargan, onkologiya ulushi esa ortgan.
7 ta kompaniyasini sotganini aytgan Jahongir Ortiqxo‘jayev, “Tashabbusli budjet"ga ovoz berishda yangicha tizim, 50 ming o‘zbekistonlikka ish taklif qilayotgan Germaniya, yana bittaga ko‘paygan IQAir datchiklari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent shahrining sobiq hokimi va tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zining 7 ta kompaniyasi, jumladan, Magic City parki va Mediapark texnika do‘konlari tarmog‘ini sotganini aytdi. “Gazeta.uz” ochiq ma’lumotlarga asoslanib, ayni paytda ushbu kompaniyalar kimga tegishli ekanini o‘rganib chiqdi.
Buxoro shahri markazida o‘nlab davlat obyektlari, jumladan, hokimlik binolari va stadion joylashgan 32,6 gektar maydonda etnografik turizm markazi barpo etiladi. Viloyat hokimi Botir Zaripov o‘tgan yili fuqarolarning noroziligidan so‘ng to‘xtatilgan loyiha tafsilotlari haqida gapirdi.
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjatda pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Asosiy ma’lumotlar.
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi, kasanachilikda yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi, ayrim mahsulotlarga ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dileri bo‘lishi talabi etiladi, ayrim nafaqa miqdorlari oshadi — 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?
“Gazeta.uz” tahririyati binosi tomiga havo sifatini o‘lchovchi IQAir datchigi o‘rnatildi. Undan olingan ma’lumotlar ko‘pchilik havo sifatini tekshirish uchun foydalanadigan iqair.com portalidagi umumiy tarmoqqa yuklanmoqda. Bu ma’lumotlar kelgusida saytimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib boriladi.
AQSh prokuraturasi O‘zbekiston fuqarosi va Amerika fuqaroligiga ega o‘zbekistonlikni immigratsion firibgarlik va AQSh hukumatini aldashda ayblamoqda. Ular ko‘p yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting