Arxiv

Amerika kompaniyasi O‘zbekiston uchun oltita Pilatus PC-12 samolyotini qayta tiklaydi
13 avgust 2024, 14:45

Amerika kompaniyasi O‘zbekiston uchun oltita Pilatus PC-12 samolyotini qayta tiklaydi

AQShning Sierra Nevada Corporation kompaniyasi O‘zbekiston uchun oltita Pilatus PC-12 samolyotini ta’mirlash bo‘yicha shartnoma imzoladi. Loyiha qiymati 64,2 million dollarni tashkil etadi. Ishlarni 2027-yil avgustida yakunlash rejalashtirilgan.

Firibgarlikda ayblanayotgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
13 avgust 2024, 13:25

Firibgarlikda ayblanayotgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

2024-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, firibgarlikda ayblanayotgan Barno Inotova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rganlardan Bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.

Qoraqalpog‘istonda voyaga yetmagan ikki mahbus kattalar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi
13 avgust 2024, 12:53

Qoraqalpog‘istonda voyaga yetmagan ikki mahbus kattalar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi

Qoraqalpog‘istondagi 2-sonli tergov hibsxonasida 2 nafar voyaga yetmagan yigit katta yoshlilar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi va bu qonunga zid. Bolalar ombudsmani aralashuvi bilan ular alohida kameraga o‘tkazildi. Hibsxona mansabdorlariga qattiq hayfsan jazosi qo‘llandi.

“Eng muhimi — Trampni yengish”. Bayden — prezidentlik poygasidan chiqish qarori haqida
13 avgust 2024, 11:23

“Eng muhimi — Trampni yengish”. Bayden — prezidentlik poygasidan chiqish qarori haqida

Jo Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida Donald Trampning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik va demokratiyani saqlab qolish uchun bo‘lajak saylovlardan voz kechgani haqida gapirdi. “Prezidentlik katta sharaf bo‘lsa ham, eng muhimi — biz Trampni mag‘lub etishimiz kerak, kerak, kerak”, — dedi u.

Olimpiada sovrindorlarining murabbiylari necha puldan taqdirlandi?
13 avgust 2024, 10:58

Olimpiada sovrindorlarining murabbiylari necha puldan taqdirlandi?

Parijda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan sportchilarning murabbiylari 50 ming dollar, kumush olganlarning murabbiylari 25 ming dollar, bronza medalini olganlarniki esa 12 500 dollardan mukofotlandi.

Toshkent Markaziy vokzali faoliyati 16-avgustdan tiklanadi
13 avgust 2024, 10:37

Toshkent Markaziy vokzali faoliyati 16-avgustdan tiklanadi

To‘qimachi bekatidagi modernizatsiya ishlari sabab vaqtincha ishlashi to‘xtatilgan Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali 16-avgustdan faoliyatini qayta boshlaydi.

Pul, mashina va uy-joy. Olimpiada sovrindorlariga nimalar berildi?
13 avgust 2024, 10:17

Pul, mashina va uy-joy. Olimpiada sovrindorlariga nimalar berildi?

Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlariga 50 mingdan 200 ming dollargacha bo‘lgan pul mukofotlari, Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari, shuningdek, ikki qavatli kottejlar va kvartiralar berildi. “Prezident sovg‘asi” deb yozilgan mukofotlarni bosh vazir va Senat raisi topshirdi.

Andijonda maktabdagi og‘ir mehnatga jalb qilingan o‘qituvchilardan birining qo‘li singani aytilmoqda
13 avgust 2024, 10:03

Andijonda maktabdagi og‘ir mehnatga jalb qilingan o‘qituvchilardan birining qo‘li singani aytilmoqda

Asaka tumanidagi 37-maktabda o‘qituvchilar og‘ir qurilish ishlariga jalb qilindi. Xabar berilishicha, ish jarayonida maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yiqilib, qo‘li singan. Ular ishga maktab direktorining topshirig‘i bilan chiqqan.

Toshkentda tantanali kutib olingan olimpiyadachilar — suratlarda
13 avgust 2024, 09:30

Toshkentda tantanali kutib olingan olimpiyadachilar — suratlarda

Parij Olimpiadasidan qaytgan o‘zbekistonlik sportchilarni tantanali kutib olish jarayonlari “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf reportajida.

Aholiga suyultirilgan gazni xususiy sektor yordamida yetkazib berish taklif etilmoqda
13 avgust 2024, 08:44

Aholiga suyultirilgan gazni xususiy sektor yordamida yetkazib berish taklif etilmoqda

O‘zbekiston aholisiga suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun xususiy sektorni jalb etish rejalashtirilmoqda. Prezident bu masalani o‘rganib, takliflar kiritishni topshirdi. Bugungi kunda aholining qariyb 47 foizi suyultirilgan gaz oladi.

Sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi
13 avgust 2024, 08:04

Sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi

Mirobod tuman sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi. U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va mansab soxtakorligi kabilarda gumonlanmoqda. Ishda ikki tadbirkor ham ayblanmoqda.

12-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
12 avgust 2024, 23:41

12-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkent mahallalaridagi yerlarni sotish platformasi, Termizda ochilgan islom instituti, Beruniy xiyobonini yaxshilash bo‘yicha takliflar so‘rayotgan hokimlik, O‘zbekistonga qaytib kelgan olimpiya terma jamoasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda Olimpiya terma jamoasi tantanali kutib olindi
12 avgust 2024, 23:35

Toshkentda Olimpiya terma jamoasi tantanali kutib olindi

Parijdan qaytgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda tantanali kutib olindi. Aeroportda sportchilarni Senat raisi, bosh vazir va boshqa rasmiylar kutib oldi.

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga o‘qish uchun borgan xorijliklar orasida 5-o‘rinda
12 avgust 2024, 23:27

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga o‘qish uchun borgan xorijliklar orasida 5-o‘rinda

Yilning birinchi yarmida 200 mingdan ortiq xorijlik Janubiy Koreyaga o‘qish yoki amaliyot o‘tash uchun bordi. O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha beshinchi o‘rinni egalladi — 5 ming kishi. 2027-yilgacha Koreya o‘z universitetlariga 300 ming chet ellik talabani jalb qilishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda kuzda ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi
12 avgust 2024, 22:22

O‘zbekistonda kuzda ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar 15 foizga oshiriladi. 1-oktabrdan esa budjet tashkilotlari xodimlarining maoshi 10 foizga, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining maoshi esa 15 foizga ko‘tariladi.

Quyosh paneli o‘rnatilganda soliq imtiyozlarini qo‘llashga cheklov olib tashlandi
12 avgust 2024, 19:03

Quyosh paneli o‘rnatilganda soliq imtiyozlarini qo‘llashga cheklov olib tashlandi

Prezident Soliq qo‘mitasiga quyosh panellarini o‘rnatishda yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha cheklovni olib tashlash topshirig‘ini berdi. Hozirda imtiyoz faqat maydonning qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalari o‘rnatilgan qismiga tegishli.

Click I-REC sertifikatini olgan birinchi to‘lov kompaniyasi bo‘ldi
12 avgust 2024, 19:00

Click I-REC sertifikatini olgan birinchi to‘lov kompaniyasi bo‘ldi

Click O‘zbekistonda qayta tiklanadigan manbalar elektr energiyasidan foydalanishni tasdiqlovchi I-REC yashil sertifikatini olgan birinchi to‘lov tizimi bo‘ldi.

Surxondaryoda 10 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilishda gumonlangan erkak qo‘lga olindi
12 avgust 2024, 18:00

Surxondaryoda 10 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilishda gumonlangan erkak qo‘lga olindi

Denov tumanida 32 yoshli erkak qo‘shnisining 10 yoshli qiziga uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyatsiz qiliqlar qilganlikda gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

IIV Salim Abduvaliyevning o‘limini rad etdi
12 avgust 2024, 17:15

IIV Salim Abduvaliyevning o‘limini rad etdi

O‘zbekiston IIV matbuot xizmati YouTube`dagi “Avtoritet” kanali tomonidan tarqatilgan Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) o‘limi haqidagi xabarni rad etdi.

Ukrainaning Kurskdagi operatsiyasi maqsadi noma’lum, ammo bu armiya ruhiyatini ko‘tardi — Economist
12 avgust 2024, 17:01

Ukrainaning Kurskdagi operatsiyasi maqsadi noma’lum, ammo bu armiya ruhiyatini ko‘tardi — Economist

Ukrainaning Rossiyaning Kursk viloyatidagi hujumidan ko‘zlangan yakuniy maqsad noma’lumligicha qolmoqda. Rossiya Federatsiyasi frontning boshqa hududlaridan qo‘shinlarini Ukraina xohlaganchalik tez olib chiqmayapti. Ammo operatsiya ukrainaliklarning ruhiyatini allaqachon ko‘targan, deb yozadi The Economist.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting