Chiroqchi tumanida tez tibbiy yordam haydovchisi chaqiriqqa borganda kaltaklandi. SSB brigada masofaga 14 daqiqada yetib borganini aytmoqda. Avtomashinani chaqiriqdan ortga qaytarish uchun boshqa haydovchi jalb etilgan. Holatni ichki ishlar idoralari o‘rganmoqda.
Samarqand xalqaro aeroporti epidemiologik vaziyat tufayli kutib oluvchilar va kuzatib qo‘yuvchilar uchun kirish cheklangani haqida e’lon berib, so‘ng uni o‘chirdi. Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi vaziyat barqarorligi, aeroportni boshqaruvchi kompaniya esa uning cheklovlarsiz ishlayotganini ma’lum qildi.
14-dekabrdan O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi. 15−17-dekabr kunlari kechasi 0…+2 darajagacha, kunduzi 0…+9 darajagacha o‘zgarib turadi. 16-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin.
Qashqadaryodagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan videoqopqon orqali 4 ta qor qoploni tasvirga olindi. Bu qo‘riqxonaning 40 yillik tarixida birinchi marotaba yuz berishi.
O‘zbekistonda H3N2 (Gonkong) grippi bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Shuningdek, yil boshidan buyon 4 ta holatda “cho‘chqa grippi” ham qayd etildi, deya ma’lum qildi Sanitariya-epidemiologiya qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov.
Toshkentda Yangi yil tadbirlari 27-dekabrdan 8-yanvarga qadar o‘tkaziladi. Bosh archa Milliy kutubxona yaqinida o‘rnatiladi. Poytaxtning yana 17 ta manziliga ham archalar o‘rnatiladi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha 200 million yevrolik 7 yillik dasturini ishga tushirdi.
BMT Bosh Assambleyasi G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Uni 153 davlat, jumladan, O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Braziliya va BAA qo‘llab-quvvatladi. Isroil va AQSh yana qarshi chiqdi.
Yangi yil bayrami arafasida bozorlarda arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bosh prokuratura narxlarni asossiz ravishda oshirishga urinishlarni nazorat qiladi, deya ta’kidlandi prezident yig‘ilishida.
13-dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Kiyevga raketa hujumini uyushtirdi. Hodisa oqibatida 53 kishi jarohat oldi, qator obyektlarga zarar yetdi.
1-noyabrdan O‘zbekistonda 10−15 kVtgacha energiya iste’moli chegarasi joriy etildi. Chegaradan oshib ketganda “aqlli” hisoblagichlar avtomatik ravishda tarmoqdan uzadi. Energetika vazirligi ushbu cheklovlar nega kiritilgani va hozirda nima sababdan vaqtincha bekor qilinganini tushuntirdi.
O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlarga zarar yetkazganlik yoki nobud qilganlik uchun jarimalar 5−10 barobarga oshirildi.
Toshkent shahri va O‘zbekistonning besh viloyatidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarining yarmi vaqtincha yopildi. 13-dekabrdan ushbu hududlarda 1179 ta shoxobchadan 547 tasi ishlamoqda.
Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishda 2024-yil hosilidan boshlab fermerlar va klasterlar o‘rtasidagi shartnomalar chigit ekishdan avval birjada savdo o‘tkazish orqali tuzilishi ma’lum qilindi. Fermerlar va klasterlarga paxta xomashyosini yetishtirish uchun kreditlar ajratishning yangi tizimi joriy etiladi.
Shavkat Mirziyoyev bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, FVV, IIV, Energetika vazirligi rahbarlari va hokimlar bilan qishni betalafot o‘tkazish haqida gaplashib, gaz va elektr muammolari ko‘payganini qayd etdi. Huquq-tartibot organlari va ijtimoiy infratuzilma xizmatlari uzluksiz ish tartibiga o‘tishi belgilandi.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev “ko‘cha bolalari” qarzdor fuqarolardan qo‘rqitish va do‘pposlash yo‘li orqali pul undirib kelganini aytdi. “Ular davlatning funksiyasini o‘zlariga olishdi, desam noto‘g‘ri bo‘lmaydi”, — dedi u.
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 3−4 balli zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi tutash hududlar, jumladan, Samarqand viloyati tumanlarida ham sezildi.
SSKA klubining o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 2023-yilda jahonning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga nomzod bo‘ldi. Ro‘yxatda, shuningdek, Jud Bellingem, Gavi, Lamin Yamal, Alexandro Garnacho kabi futbolchilar bor.
Toshkent shahar IIBBda jinoiy faoliyatda gumon qilinib, qo‘lga olingan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun yetarli dalillar mavjud, dedi boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev. U qo‘lga olingan shaxslardan jabrlangan fuqarolarni “qo‘rqmaslikka” va ariza berishga chaqirdi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2025-yildan Kanadaga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari fuqaro aviatsiyasi sohasida qator kelishuvlarga erishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting