11-dekabr kuni Nyu-Yorkdan Toshkentga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti yo‘lovchi zo‘ravonlik qilgani ortidan Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qo‘ndi.
2018-yildan beri Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan Serobiddin Ismoilov ishdan olindi. Uning birinchi o‘rinbosari Hojiakbar Umarov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi.
Toshkent xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlari boshlandi. Qurilish 2025-yilning oxiriga qadar davom etadi. Uzbekistan Airports amalga oshiriladigan ishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
2023-yil oktabr oyida O‘zbekiston 11 tonna oltin sotib, bu bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egalladi.
Noyabr oyi oxirida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin narxi keskin oshganiga qaramay, biroz qisqarib, 32,89 milliard dollarni tashkil etdi. O‘tgan oyda zaxiradagi ushbu qimmatbaho metallning jismoniy hajmi 12,4 tonnaga kamaydi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi, beshinchi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi. Saylovlar 2024-yil 15−17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Navoiy viloyatida o‘tkazilayotgan reyd tadbirlarida jinoyatda gumonlanib “Mexrik” laqabi bilan tanilgan Mexriddin Allayorov va uning 9 nafar sheriklari ushlandi.
Jahon banki O‘zbekistonda rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyani ma’qulladi. Operatsiya doirasida bank hukumatga maxsus imtiyozli shartlar asosida 800 million AQSh dollari miqdorida kreditlar shaklida moliyaviy yordam beradi.
Pechda pishirilgan go‘sht bilan kartoshka, kartoshka pyureli gulyash, gruzincha “Shkmeruli”, go‘shtli kish, mol go‘shtdan mini-vellingtonlar, meksikancha burrito, qozoq taomi “Jayma” va boshqalar — Zira.uz sovuq kunlarda issiq taomlar tayyorlab ko‘rish uchun turli retseptlar bilan bo‘lishadi.
Buyuk Britaniya hukumati “Rossiya harbiy texnikalari”ni qo‘llab-quvvatlashda gumon qilingan shaxslar va tashkilotlarga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasi ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.
Asialuxe Travel milliy turoperatori barcha O‘zbekistonlik fuqarolarni Konstitutsiya kuni bilan tabriklaydi va hozirdanoq ajoyib ta’tilni tanlab, odatiy Yangi yil bayramidan qochishni taklif qiladi.
Aslida bu “Konstitutsiya hayotidan bir kun” nomli reportaj bo‘lishi lozim edi. Afsus, xaritada ko‘ringan hamma narsa ham real hayotda bo‘lavermas ekan. Ammo bu “Gazeta.uz” ijodkorlarini to‘xtata olgani yo‘q: “Konstitutsiya hayotidan bir kun” bo‘lmasa, unda mana — “Konstitutsiya hayotidan bir soat” bor!
Ukraina hukumati O‘zbekistonning “Foton” elektronika zavodi va uning direktoriga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Oldinroq korxonaning davlat ulushi sotuvga qo‘yilgandi.
Bundan 31 yil muqaddam mustaqil O‘zbekiston o‘z Konstitutsiyasini qabul qilgan. O‘tgan yillar davomida Asosiy qonunga ko‘p o‘zgartishlar kiritilgandi, ammo 2023-yilda, aytish mumkinki, u tubdan yangilandi. “Gazeta.uz”ning navbatdagi testi Konstitutsiyaga bag‘ishlanadi.
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi savdo xarajatlarini kamaytiradi va aholi farovonligini oshiradi, dedi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari Obid Xakimov AQShda o‘tkazilgan brifingda. Uning aytishicha, savdoni liberallashtirish orqali qo‘shimcha 0,4−0,5 foizgacha iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin.
Energetika vazirligi “aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida” O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyati soat 6:00 dan 15:00 gacha olib borilishini ma’lum qildi.
Raqobat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Yandex Go taksi agregatorlari bozorida 86,3 foiz ulush bilan O‘zbekistonda ustun mavqeni egallaydi. Endi u ustun mavqeni egallab turgan subyektlar reyestriga kiritilishi va monopol narxlardan foydalanishning oldini olish bo‘yicha harakatlarni nazorat qilishi kerak.
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston Bosh konsulligining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyatida sovuq ob-havo kutilayotgani munosabati bilan 8-dekabrdan gaz quyish shoxobchalarining ish vaqtiga cheklovlar joriy etildi. Bu shoxobchalari cheklangan jadval asosida ishlay boshlaganini e’lon qilgan to‘rtinchi hudud bo‘ldi.
6-dekabrda “Sber” raqamli ekotizimi Investor kunini o‘tkazdi. Uning doirasida kompaniya jamoasi 2026-yilgacha yangi rivojlanish strategiyasi haqida gapirib berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting