Mirzo Ulug‘bek tumanida 50-sonli avtobus haydovchisi yo‘lovchilarni to‘liq tushirib-chiqarib bo‘lmay, harakatlanishni boshladi. Oqibatda bir yo‘lovchi yiqilib, peshanasidan jarohat oldi, qo‘li esa sindi.
Jadidlar davrida eski o‘zbek alifbosida chop etilgan va bir asrdan beri tabdilini kutib yotgan sakkiz to‘plam 2023-yil oktabrida “Zabarjad media” nashriyoti tomonidan “Jadid kulliyoti” turkumida lotin yozuvida chop etildi. “Gazeta.uz” nashriyot ruxsati bilan hafta davomida kulliyotdan parchalar e’lon qiladi.
2018-yili Janubiy Koreya universitetlaridan biriga o‘qishga kirgan Shahnoza Burhonova Ulsandagi uch yillik tahsil davomida sayohat qilish bilan birga o‘zi uchun koreys madaniyatini ham kashf etdi. “Xorij diplomi” loyihasida u Janubiy Koreyadagi hayoti va ushbu mamlakat ta’lim tizimi haqida hikoya qildi.
5−6-dekabr kunlari Turkiy davlatlar geografik kengashi, Turkiy davlatlar tashkiloti va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Prezident jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan konferensiya ishtirokchilariga murojaatida har yili avgustni “Qatag‘on qurbonlarini yod etish oyi” sifatida o‘tkazish belgilanayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, mahallalarda xotira burchaklarini tashkil etish, jadidlarga atalgan to‘plamlar tayyorlash reja qilinmoqda.
O‘zbekiston texnikumlarida o‘qishning kredit-modul tizimi joriy etiladi. Bunda o‘quvchi muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun belgilab olingan miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur. Akademik qarzlarni topshirish ta’til vaqtida pulli tashkil etiladi.
Fitch xalqaro reyting agentligi “shahar reyting jarayonida ishtirok etishni to‘xtatishga qaror qilgani” sababli Toshkentning kredit reytinglarini qaytarib oldi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi 700 kilometrlik qishloq yo‘llarini yaxshilash maqsadida 240 mln dollar miqdorida qarz ajratadi. Loyiha orqali ko‘priklar va drenaj tizimlarini kuchaytirish, transport qatnovi sig‘imi, sifati va xavfsizligini hamda iqlimga chidamliligini oshirish ko‘zda tutilgan.
305 kilometrli “Toshkent-Samarqand” pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ishlab chiqildi. Uning dastlabki texnik-iqtisodiy asosi Avstriya kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.
Poytaxt hokimligi “Skazka” bog‘ida rekonstruksiya ishlari yakunlanganini ma’lum qildi. Yoritish tizimi va yo‘laklar, kichik hovuzlar yangilandi, yog‘och haykallarning bir qismi qaytarildi, yangi o‘rindiqlar va bolalar maydonchasi paydo bo‘ldi. Bu ishlarni bajarishga qariyb 3 mlrd so‘m sarflandi.
Visit Dubai dunyoning eng mashhur turistik shaxralaridan birida ta’til o‘tkaziyotganda manfaatli xaridlar uchun qaysi joylarga borish kerakligi haqida so‘zlab berdi.
2023-yil boshidan buyon dunyo bo‘ylab 94 nafar jurnalist va OAV xodimlari halok bo‘ldi, ularning aksariyati G‘azo urushi qurboni sanaladi. 400 ga yaqin jurnalist turli mamlakatlar qamoqxonalarida qolmoqda.
16-dekabrdan “Yerusti halqa yo‘li”ning “Tuzel” (3-bekat) bekatida ham ish rejimi soat 06:00 dan 22:00 ga qadar tashkil etiladi. Avvalroq “Texnopark” va “Yashnobod” bekatlarida ish rejimi qisqargandi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston nomi turli joylarda har xil va noto‘g‘ri yozilishini ta’kidlab, alifbo islohoti bo‘yicha bahslarga qat’iy nuqta qo‘yishni hamda ayrim o‘zgarishlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi. “Gap bizning millatimiz va yurtimiz nomi haqida ketyapti”, — dedi u.
O‘zbekistonda iste’molchilarga gaz to‘liq yetkazib berilyapti, yetishmovchiliklar yo‘q, deya ta’kidladi “Hududgazta’minot”. Kompaniya fuqarolardan gaz jihozlarini faqat zarurat tug‘ilganda ishlatishni, uydan chiqayotganda imkon qadar isitish moslamalarini o‘chirishni so‘radi.
Dushanba va seshanba kunlari respublikaning ko‘plab hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechalari −8…−20 daraja, kunduzi −3…−12 daraja atrofida bo‘ladi. Joylarda tuman tushib, yaxmalak yuzaga keladi. Chorshanbadan jumagacha harorat +7 darajagacha ko‘tarilishi va yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 11-dekabrdan boshlab benzin ishlab chiqarishni ikki baravar — kuniga 1000 tonnagacha oshirishini ma’lum qildi. Qish mavsumida “yoqilg‘iga tobora ortib borayotgan talabga javoban” shunday qaror qabul qilingan.
Andijonda davlatga 2,4 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning ferma aniqlandi. Korxona 33 dona mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.
6,5 yilga qamalgan bloger Otabek Sattoriy umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyaga o‘tkazildi.
Farg‘onada “Dolzarb 40 kunlik” maxsus reydlari davomida qidiruvdagi 50 nafar va guruhbozlikda gumonlangan 25 nafardan ortiq shaxs ushlandi. Ulardan giyohvandlik vositalari, qurol-yarog‘lar, o‘q-dorilar va diniy adabiyotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting